Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Rus faylasufi Mixail Lomonosov o‘ziga to‘q xonadonda dunyoga keldi. Lomonosov kelib chiqishiga ko‘ra mayda savdogarlardan bo‘lgan


Download 264.58 Kb.
bet93/115
Sana25.02.2023
Hajmi264.58 Kb.
#1229839
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   115
Bog'liq
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

Rus faylasufi Mixail Lomonosov o‘ziga to‘q xonadonda dunyoga keldi. Lomonosov kelib chiqishiga ko‘ra mayda savdogarlardan bo‘lgan.
U Moskva shahridagi slavyan-yunon-lotin akademiyasida, keyin Kievdagi diniy akademiyada tahsil oldi. Shundan so‘ng Peterburg Fanlar akademiyasi qoshidagi universitetda o‘qidi. 1736-1741 yillarda esa Germaniyada bilim oldi. Uch yil olmon faylasufi Xristian Volf qo‘lida falsafa ilmini o‘rgandi.
Mixail Lomonosov tabiatan mag‘rur, mustaqil fikrlovchi shaxs edi. U har doim vataniga biror foyda keltirishga intilib yashagan.
Lomonosov modda va harakatning saqlanish qonunini kashf etgan.
Faylasufning quyidagi asarlari ma’lum: «Issiq va sovuqning sabablari haqida mulohazalar» (1749), «Jurnalistlarning falsafa erkinligini qo‘llab-quvvatlovchi maqolalarni yozish chog‘idagi vazifalari to‘g‘risida mulohaza» (1755), «Yerning qatlamlari haqida» (1763).
1753 yilning 1 martida Lomonosovga imperator Yelizavetaning farmoyishi bilan dvoryanlik martabasi beriladi. Shuningdek, Koporsk uezdidan 9 ming botmon yer va 212 nafar krepostnoy dehqon ajratildi.
Lomonosov 1765 yilning 4 aprelida vafot etdi. Oradan bir yil o‘tgach, rafiqasi Yelizaveta Andreevna ham hayotdan ko‘z yumdi. Faylasufning yolg‘iz farzandi Yelena esa kievlik ruhoniy bilan turmush qurdi va 22 yoshida olamdan o‘tdi.

  • * *

Rivoyatlarga qaraganda, M.Lomonosov Rossiya hukmdori Pyotr I ning (1672-1725 yillari) nikohsiz farzandi bo‘lgan. Ma’lumki, Pyotr I ning nimjon, bemehr shahzoda Alekseydan bo‘lak merosxo‘ri yo‘q edi. Shu sababli bir kuni Pyotr I mastlikda: «Qaysi sohibjamol menga o‘g‘il tug‘ib bersa, kim bo‘lishidan qat’i nazar, uni malika deb e’lon qilaman» deb yuboradi. Bundan foydalangan Arxangelskdagi ruhoniy boyvachchalar 1711 yilning 17 yanvarida Ust Tosnoga dam olgani kelgan Pyotr I ga xolmogorlik sohibjamol yetim qiz Yelenani «tuhfa» etadilar. Oradan ko‘p o‘tmay, Yelena shaxsan Pyotr I ning farmoyishi bilan Dvinsk qishloq oqsoqoli Luka Lomonosovning jiyani Vasiliy Dorofeevga unashtiriladi. Pyotr I qo‘shmachi boyvachchalarga: «Agar o‘g‘il farzand tug‘ilsa, unga buvasining xotirasi uchun Mixaylo deb ism qo‘ying. O’g‘lim hamda unga otalik qilmish kimsa Lomonosov familiyasini qabul etsinlar. Bu oila Luka Lomonosov qaramog‘ida, uning nazorati ostida yashasin. Bu sir nihoyatda maxfiy saqlanishi zarurligini unutmang. Bolaning moddiy, moliyaviy ta’minotini o‘z zimmamga olaman», deya amr etgan.

  • * *

Haqiqat va ishonch mohiyatan ikki tug‘ishgan opa-singil, ilohiy ota-ona farzandlaridir; ular hech qachon o‘zaro sen-menga bormaydilar, faqat ba’zi birovlar shuhratparastlik orqasidan o‘zbilarmonliklarini ko‘z-ko‘z qilish maqsadida ularning o‘rtasiga nizo soladilar.

  • * *

Xudoning irodasini pargar (tsirkul) yordamida o‘lchashga jazm etgan riyoziyotchi xato qiladi. Ammo Injil orqali falakiyot yoki kimyo ilmini o‘rganish mumkin deb o‘ylovchi ilohiyotchi ham nohaqdir.

  • * *

Amaliyot qonunini falsafiy bilimlar bilan to‘ldirmoq kerak.

  • * *

Tabiat tahlili qiyin, ammo yoqimli, foydali va olijanob ish.

  • * *

Jismlarning xususiy sifatlarini mexanika qonunlari bilan tushuntirish mumkin.

  • * *

Jismlarning mohiyati tortishish va inertsiya kuchida mujassamdir.

  • * *

Ko‘pchilikda atomlarga tayanuvchi falsafiy metod yo narsalarning kelib chiqishini tushuntirib berolmaydi, yoki Yaratuvchini inkor etadi, degan qat’iy ishonch mavjud. Bu xulosalarning har ikkisi ham xato. Zero, hech bir tabiiy asos materiya va umumiy harakatning mohiyatini aniq-ravshan hamda to‘liq izohlab berolmaydi, qolaversa, biror-bir tabiiy asos yo‘qki, u qudratli harakatlantiruvchi kuchning mavjudligini zo‘r berib taqozo etsa.

Download 264.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling