Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Download 264.58 Kb.
bet95/115
Sana25.02.2023
Hajmi264.58 Kb.
#1229839
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   115
Bog'liq
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

VOVENARG LYUK DE KLAPYE
(1715-1747)
Farangistonlik faylasuf Lyuk de Klape Vovenarg Eks shahrida dvoryan oilasida tug‘ilgan.
U frantsuz armiyasida kapitan unvonida xizmat qilgan. 1741 yilgi harbiy harakatlarning birida oyog‘ini sovuqqa oldirib qo‘ygan. 1744 yilda esa chechak bilan og‘rib, ko‘zlari deyarli ko‘rmay qolgan.
Vovenarg yozuvchi Volter bilan xat yozishib turgan... Uning quyidagi asarlari ma’lum: «Ozodlik haqida mulohazalar» (1737 yil), «Boyliklarning tengsizligi haqida mulohazalar», «Mantiqqa zid fikrlar: yangi mulohazalar va maksimalar»1 (1746yil).
Faylasuf zukko va bir-birini inkor qiladigan, yangi, xilma-xil fikrlarga juda o‘ch bo‘lgan. U e’tiborga loyiq quyidagi voqeani hikoya qiladi: «Mening yoshgina xizmatkorim bor edi. Bir kuni sayohat chog‘ida notanish odam bilan tushlik qildim. Xizmatkor hamsuhbatim juda aqlli odam ekanligini aytdi. Men bu odamning aqlli ekanligini qaerdan bilgani bilan qiziqdim.
Aqlli odam har doim to‘g‘ri gapiradi.
Ya’ni, hech kimni aldamaydimi?
Yo‘q, janob, o‘zini o‘zi aldamaydi.
Bu javobni eshitganimdan keyin hech bir zukko odam bundan yaxshiroq javob topib bera olmasdi, degan xulosaga keldim».
* * *
Insonda kuchli, ammo bir-biriga qarama-qarshi ehtiroslar qanchalik ko‘p bo‘lsa, u qay sohada bo‘lmasin, birinchilikka erishishga shunchalar noqobillik qiladi.
* * *
Illatlar tufayli qo‘lga kiritilgan foyda doimo ulkan zarar bilan qorishiq bo‘ladi.
* * *
Odamlar ba’zan o‘zlari ishonmaydigan maqtovlarni ham yoqtiradilar.
* * *
Timsollar tafakkurni bezaydi, tuyg‘ular esa uni ishontiradi.
* * *
Ahmoqlar biz o‘ylaganchalik ko‘p emas. Odamlar bir-birlarini tushunmaydilar, xolos.
* * *
Shuhratparast odamlar yomon diplomatlardir: ular sukut saqlashni bilishmaydi.
* * *
Qo‘rqoq odam izzattalab odamga nisbatan kamroq haqorat alamini tortadi.
* * *
Kelgusi avlodlar balki bizdan ko‘ra ko‘proq bilishar va o‘zlarini aqlliroq hisoblashar. Ammo ular bizdan-da baxtliroq va donoroq bo‘la oladilarmi? O’zimiz ham otalarimizdan ko‘p bilsak-da, ulardan yaxshiroq emasmiz-ku!

  • * *

To‘g‘risini aytishga jur’at etaman: insonni aql faylasufga, shuhratsevarlik qahramonga, ezgulik esa donishmandga aylantiradi.

  • * *

Aql bizni kayfiyat ta’sirida qo‘l uriladigan ahmoqona ishlardan xalos etolmaydi.

  • * *

Ojiz odamlarning do‘stligi ularning nafratidan ko‘ra xavfliroqdir.

  • * *

Inson qanchalar aqlli bo‘lsa, tushunarsiz mulohazasizlikka shunchalar moyillashib boradi.

  • * *

Umid hayotiy ne’matlarning eng foydalisi hamda eng halokatlisidir.

  • * *

Sevgi izzattalablikni ham yengadi. Zero, ayolni u hatto sizdan nafratlanganda ham sevish mumkin.

  • * *

Agar hikmatli so‘zda izohga muhtojlik sezilsa, demak bu so‘z tobiga yetmagan.

  • * *

Biror yangilikning yashab ketishida mushkullik tug‘ilishi unga zaruriyat yo‘qligidan dalolatdir.

  • * *

Inson ustidan hokimlik qiladigan har qanday ehtiros atrofdagilarga u tomon yo‘l ochadi.

Download 264.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling