Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Download 264.58 Kb.
bet30/115
Sana25.02.2023
Hajmi264.58 Kb.
#1229839
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   115
Bog'liq
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

PIRRON
(Miloddan avvalgi 365 (taxminan) -275 yillar)
Qadimgi yunon faylasufi Pirron Pelopnnesedagi Elida shahrida tug‘ilib o‘sgan. Pirron dastlab musavvirlik bilan shug‘ullangan. Keyinchalik abderalik faylasuf Anaksarxning mulohazalarini tinglagan Pirronda falsafaga qiziqish uyg‘onadi.
U Iskandar Maqduniyning Osiyo yurishlarida ishtirok etib, gimnosofistlar bilan uchrashdi. Pirron hatto Iskandarning jang chog‘ida asir olingan gimnosofistlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatida ham ishtirok etgan. Gimnosofistlarni yunonlar «yalang‘och donishmandlar» deb atashgan. Bu hind zohidlari juda oriq va yashovchan bo‘lib, qop- qora badanlarida belbog‘dan o‘zga hech qanday kiyimlari bo‘lmagan. Iskandar shoh ularni o‘ldirishga qaror qiladi. Biroq avval ularning donoligini sinab ko‘rish uchun har biriga savollar bilan murojaat etadi. Iskandarning: «Tiriklar ko‘pmi, o‘liklarmi?» degan savoliga birinchi zohid shunday javob qaytaradi:
«Tiriklar ham, o‘liklar ham mavjud emas». «Jonivorlarni ko‘proq yer boqadimi yoki dengizmi?» degan savolga ikkinchi gimnosofist: «Jonivorlarni asosan yer boqadi. Dengiz esa yerning bir qismi, xolos», deb javob berdi.
Birin-ketin berilayotgan tagdor ma’noli savollar har qancha murakkab bo‘lishiga qaramay, gimnosofistlar bo‘sh kelmaydilar.
Iskandar shoh dedi:
Jonivorlarning eng ayyori qaysi?
Insonga notanish bo‘lgan jonivor eng ayyoridir.
Savol:
Kun avval paydo bo‘lganmi yo tun?
Javob:
Kun bir kun avval paydo bo‘lgan.
Savol:
Eng suyukli inson bo‘lish uchun nima qilmoq kerak?

Download 264.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling