Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


Baltasar Grasian Ispaniyaning Blemonte qishlog‘ida e’tiborli shifokor oilasida tug‘ilib o‘sdi. U bolaligidanoq o‘z iste’dodi bilan boshqalardan ajralib turgan


Download 264.58 Kb.
bet79/115
Sana25.02.2023
Hajmi264.58 Kb.
#1229839
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   115
Bog'liq
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

Baltasar Grasian Ispaniyaning Blemonte qishlog‘ida e’tiborli shifokor oilasida tug‘ilib o‘sdi. U bolaligidanoq o‘z iste’dodi bilan boshqalardan ajralib turgan.
Baltasar 1619 yilda diniy maktabga o‘qishga boradi. 1619-1623 yillarda falsafadan saboq oladi. 1623 yilda esa Saragosda ilohiyot ilmini o‘rganadi.
Faylasufning «Qahramon» (axloqiy-ilmiy asar, 1637 y.), «Siyosatchi» (1640 y.), «Zukkolik yoki O’tkir Aql san’ati» (1642 y.), «Kritikon» (insonning jamiyatdagi yo‘li haqidagi ushbu falsafiy romanning I qismi 1651 yilda, II qismi 1653 yilda, III qismi 1657 yilda yozib tugatilgan) kabi asarlari ma’lum.
Faylasuf 1657 yilda tuhmatga uchrab, vazifasidan chetlashtiriladi (u Saragos kollegiyasida dars bergan) va chekka Graus mavzesiga surgun qilinadi.
Grasian hayotining so‘nggi yillarida surgunning og‘ir mashaqqatlarini boshidan kechiradi, muhtojlikda, tahqir va ta’qiblar ostida yashaydi. Unga hatto kulbasida qog‘oz va qalam saqlashni ham taqiqlab qo‘yadilar. Baltasar qancha urinmasin, o‘zining sevimli muallimlik va va’zgo’ylik faoliyatiga qaytolmaydi... bundan qattiq tushkunlikka tushib, erta qariydi va xastalikka chalinadi.
* * *
Baltasar Grasian donolik ilmidan saboq berib, oqilu dono bo‘lishni istovchi har bir odam uchun quyidagilarni farz deb biladi:
O’zgalar senga muhtojlik sezishsin va bu qoida sening eng birinchi quroling bo‘lsin.
* * *
O’zingdan yuqori mavqedagilar ustidan g‘alaba qozonishdan tiyil. Zafar quchmoqlik adovat tug‘diradi. O’z sohibining ustidan g‘alabaga erishmoqlik ham aqlsizlik, ham xavflidir. Inson o‘z go‘zalligini palapartish kiyinish vositasida ko‘zdan yashira olgani kabi, agar harakat qilsa, o‘z ustunligini ham pardalay olishi mumkin.
* * *
G’banimning diqqatini chalg'itishga urin. Harakatlaringni muntazam o'zgartirib tur. Zero, to'g'ri uchib borayotgan qushni urib tushirish, aylanma harakat bilan charx urayotgan qushni nishonga olishdan ko'ra osonroqdir. Bir xillik - siringni ochadi, rejani fosh etadi.
* * *
Me’yoridan ortiq umidlanma. Odatda haddan ortiq maqtalgan narsa ishonchni oqlamaydi. Voqelik hech qachon xayolot ortidan ergashmaydi. Zero, orzu qilmoq oson, ammo unga erishmoq g‘oyat mushkul.
* * *
O’zidagi nuqsonni fazilatga aylantira olish san’ati, ayniqsa, qadrlidir. Tepakal Sezar boshiga doimo dafna daraxti yaprog‘idan yasalgan toj kiyib yurgan.
* * *
Har bir odamning qalbiga yo‘l topa bil. Odamlarni boshqara bilish san’ati ana shundadir. Buning uchun dovyurak bo‘lish shart emas. Har bir odam tabiatan turli narsalarga mayl qo‘yadi. Kimdir obro‘- e’tiborga o‘ch bo‘lsa, boshqa birovni faqat o‘z manfaati qiziqtiradi. Ko‘pchilik rohat-farog‘atni afzal biladi. Sen avval odamlarning shu narsalardan qay biriga moyilligini bil-da, keyin ularning ko‘ngliga yo‘l topish uchun kerakli vositani qo‘lla.
* 51 *
Zaruriyat tug'ilganda o'zingni chetga olishni ham bil. Olamda behuda mashg'ulotlar ko‘p... Lekin hech ish qilmagandan ko‘ra, behuda ish bilan mashg‘ul bo‘lgan ham yaxshiroq. Aqlli odam hech kimning ko‘ngliga urmaydi. Shuningdek, u o‘zgalardan bezor bo‘lmaslikning g‘amini ham yemog‘i joiz. Hammaga tegishli odamning ixtiyori o‘zida bo‘lmaydi. O’zingni hatto do‘stlardan ham chegaralay bil. Ulardan imkoniyatidan ortiq hech narsa talab qilma. Haddan oshmoqlik, ayniqsa, odamlar bilan muomalada me’yorni saqlay bilmaslik hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi.
* * *
Munosib ravishda chekina bilish mardonavor hujum qilish kabi muhimdir. Maqsadingga erishgandan so‘ng o‘zingni to‘xtata bil. Omad ustiga omad kelaverishi shubhalidir. Omadning ketidan quvish oqibatida avval erishgan hamma narsangni boy berib qo‘yishing hech gap emas. Ba’zan shunday bo‘ladiki, omad senga qisqa fursatli, ammo buyuk marhamat ko‘rsatadi. Lekin baxti chopgan odamni doimo kaftida ko‘tarib yurish bir kun kelib omadning ham joniga tegadi.
* * *
Kutishning hadisini ol. Aqlingga bo‘ysunib, sabr bilan ish tutsang, omad senga peshvoz chiqadi.
* * *
O’zligingni birvarakayiga namoyish etma. Aks holda, ertaga hech kimni hayratga sololmaysan. Shu bois odamlarga har kuni biror yangilik hadya etish uchun nimanidir o‘zingda olib qol. Atrofdagilar bunday odamdan ko‘p narsa kutadilar va hech qachon uning xazinasi tagiga yetolmaydilar.
* * *
Ustunlik — birinchilikda. Ikkinchi bo‘lgan qanchalik ter to‘kmasin, hech qachon taqlidchi degan tamg‘adan qutulolmaydi. Donolar yangilik yaratib, qahramonlar ro‘yxatidan o‘rin oladilar. Ba’zilar birinchi qatorda ikkinchi bo‘lgandan ko‘ra, ikkinchi qatorda birinchi o‘rinni egallashni afzal ko‘rishadi.
* * *
Rad etishni bil. Hech qachon keskin rad javobini berma - bu sadoqat uzvlarini kesmoq bilan barobar. Ozgina umid qilishga imkon qoldir. Bu umid raddiya alamini kamaytiradi. Iltifot kemtik muruvvatning, yaxshi so‘z bajarilmay qolgan ishning o‘rnini to‘ldiradi.
* * *
Qat’iyatli bo‘l. Inson baxt yulduziga ishonib, qat’iyat bilan ishga kirishmog‘i lozim. Bilgilki, ko‘lmak suv tez ayniydi, oqar suv esa doim zilol va beg‘ubordir.
* * *
Chap bermoqni o‘rgan. Yo‘l topa bilish aqlli kishilarning ishidir. Ular o‘rinli va ajoyib bir hazil bilan har qanday qiyin va noqulay vaziyatdan chiqib keta oladilar. Bir tabassum bilan maqsadga yetib, ayovsiz bahsdan omon chiqadilar. Ba’zan esa o‘zini tushunmaganlikka solishdan ko‘ra aqlliroq yo‘l qolmaydi.
namoyon qil.
* 52 *
Ortiqcha qaysarlikdan o‘zingni tiy! Zotan, po‘rtaxolni to‘xtovsiz ezsang, taxiri chiqadi. Iste’dodni behuda sarflamoq esa uning tez so‘nishiga olib keladi.
* * *
Hech qachon o‘z haqingda gapirma! Chunki yo o‘zingni maqtashga, yoxud yomonlashga to‘g‘ri keladi. O’zi haqida so‘zlamoqlik aqlga qarshi ish tutmoqlikdir. Bundan tashqari sen tinglovchini ham zeriktirib qo‘yasan.
* * *
Davr bilan hamnafas yasha. Juda bilimdon bo‘lgan taqdiringda ham zamonga qarab ish tut. Yillar o‘tib borar ekan, qarashlar ham, urflar ham o‘zgaradi. Eskicha fikrlashdan qoch. Zamona zayliga moslash.
* * *
Hayot - o'yin.
* * *
Yakka qolib, dono bo‘lgandan ko‘ra, ko‘pga qo‘shilib ahmoq bo‘lgan afzalroq.
* * *
Dono kishi hammani qadrlaydi. Chunki u har bir odamning yaxshi tomonini ko‘ra oladi.
* * *
Qilmish - fikrlar mevasi. Yaxshi fikr yaxshi amal demakdir.
* * *
Nutq - amalning soyasi.
* * *
Qasos olishning eng yaxshi yo‘li - unutish. Unutishdan dushman o‘zining nochor, arzimas bir kimsa ekanligini anglab, kuyib kul bo‘ladi.
* * *
Ikki narsa insonni tez ado qiladi: biri - ahmoqlik, ikkinchisi - axloqsizlik. Ba’zilar umrni asrashni bilmagani bois, ayrimlar esa buni istamaganlari uchun halokatga yuz tutadilar.
* * *
Yo‘ling oydin bo‘lmasa, dono va ehtiyotkor odamlarning etagidan tut. Ular ertami-kechmi seni to‘g‘ri yo‘lga olib chiqadilar.
* * *
Insonga yigirma yoshida tuyg‘ular, o‘ttizida iste’dod, qirqida aql-zakovat hukmronlik qiladi.

  • * *

G’ayrat bilan omixta o‘rtachalik hafsalasizlik bilan yo‘g‘rilgan iste’doddan ko‘ra ko‘proq naf keltiradi.

  • * *

Ishonch beg‘amlikka aylanmasligi uchun yengil ishga ham og‘ir ish deb qara. Ishonchsizlik qo‘rqoqlikka aylanmasligi uchun esa mushkul ishga yengil ish deb qara.

  • * *

Ehtirosning ko‘zi ko‘r. U nimaga teginmasin, hamma narsani o‘z rangiga bo‘yaydi. Taassurot uyg'otish - uning uchun eng asosiy narsa.

  • * *

Tomoshabin o‘yinchidan ko‘proq narsani ko‘ra oladi.

  • * *

Har qanday davomiylik taraqqiyot bo‘lolmaydi.

Download 264.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling