Microsoft Word navoiy farhod va shirin nazm lotin ziyouz com doc
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.FarhodvaShirin
www.ziyouz.com kutubxonasi
189 Yonib o‘rdularig‘a zoru g‘amgin. Olib egniga mahdin nozaninlar, Yurub ollida giryon mahjabinlar. Solib bir borgah kunjida taxte, To‘shab ul taxt uza shohona raxte. Ani taxt uzra qo‘ydilar chekib oh, Ne ul eldin, ne o‘z holidin ogoh. Ketur, soqiy, sharobi bexudona Ki, bexudluq bila bo‘ldum fasona. Ajab behush o‘lubmen ishq aro bil, Meni bir jom ila behushroq qil. XXXII Farhodning madhush dimog‘iga hush bog‘idin nasim yetmak va nasimdek tebranib tog‘ sori azimat etmak va tesha bila tog‘ bag‘rin yormoq, balki tog‘ roralarni havog‘a uchurmoq bila qiyomat qo‘rarmoq va Shorur ani raydo qilib Shirinni aning g‘ami ishqi shaydo qilmoq va Shirinning ko‘ngli xorasini aning teshasi fikri xarosh qilg‘onin Mihinbonu ma’lum qilib, teshadek tafakkur boshin quyi solmoq va gohi diljo‘yluq bila ul bedilg‘a ko‘ngul bermak, balki ko‘eglin olmoq Bu mahd alvohig‘a qilg‘on nigorish, Bu yanglig‘ qissag‘a berdi guzorish Ki, chun zoyil bo‘lub Farhoddin hush, Ani yotquzdilar taxt uzra madhush. Ne ul ogah tiriklik olamidin, Ne jismida asar raydo damidin. Qolib bu nav’ ikki kecha-kunduz, Olib gah-gah nafas, lek ochmayin ko‘z. Hayoti qaydidin Shirin qilib sho‘r, Yangi jon topibon bechora Shorur. Uchinchi kecha uyqu el ko‘ziga Kim, ul ochib ko‘zin, keldi o‘ziga. Ko‘rub shohona taxtu borgohe, Yotib taxt uzra ul andoqki shohe. Necha ul hol aro qildi tafakkur, Tafakkurdin fuzun bo‘ldi tahayyur. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin www.ziyouz.com kutubxonasi 190 Vale yodig‘a bu keldikim ul oy, Dema oy, oftobi olamoroy Aning sarvaqtig‘a solib edi nur, Bo‘lub erdi necha so‘z dog‘i mazkur. Yaqin bildiki borg‘ondur o‘zidin, Parining yo yuzidin, yo so‘zidin. Hayodin terga bo‘ldi abrdek g‘arq, Ul uydin chiqti sekrib o‘ylakim barq. Tafarrus qildikim mehri diloro, Aning holig‘a qilg‘ondur madoro 1 . O‘zi chun qatlin og‘oz aylagandur, Azo birla sarafroz aylagandur. Sevunub tog‘ sari bo‘ldi shitobon, Xijolat birla qat’ aylab biyobon. Yetib oriqqa ko‘p aylab takuru, Hayo teridin andoq oqizib suv. Topib metini birla teshasini, Ayon aylab ravon o‘z reshasini. O‘zi birla debonkim: «Ul Parichehr, Meni majnunga muncha ko‘rguzub mehr. Yesim ketkonda e’zoz aylamishdur, Tarahhumdin sarafroz aylamishdur. Aning rodoshi ne kelgay ilimdin, Va yoxud shukri ne o‘tkay tilimdin. Hamono bu arig‘dur borcha komi Ki, itmomig‘a ko‘rtur ihtimomi. Umidim ulki umri tezrihlat Meni mahzung‘a bergay oncha muhlat Ki, bu komin ravo qilg‘oymen oning, Bu dardig‘a davo qilg‘oymen oning». Chu bu fikr etti ko‘ngli yangi boshdin, Chiqordi gard gardun uzra toshdin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling