Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
270
Shikebu sabr uyin buzdiki, ruxsorinda ko‘rguzdi
Xatidin nur uza zulmat, yuzidin o‘t aro gulshan. 
To‘karsen qon ko‘zung birla, berursen jon so‘zung birla,
Ajoyib zufununisenki, har fan ichra sen yakfan. 
Malomat toshi dog‘idin yorudi ishratim sham’i,
Ajab ko‘kurd o‘tidin ayladim bu sham’ni ravshan. 
Yasarda sun’ me’mori falak g‘amxonasin go‘yo 
Ki, qildi dardu g‘am kirmakka har kavkabni bir ravzan. 
Sen istab Xizr umri, turfa bukim, gunbadi xazro
Yuziga tun qorasin surtubon aylar sanga shevan. 
Navoiy, asrabon tamkin, kishidin istama tahsin,
Chu shah ko‘rguzdi istihson, ko‘rub nazmingni mustahsan. 
489 
Azal naqqoshi tarh aylarda gul bargi namudorin,
Magar pargor qildi bulbuli sargashta minqorin. 
Qazo mashshotasi parvonalar jismi kuli birla
Hamonokim, yorutdi sham’ning mir’oti ruxsorin. 
Degin, Majnun qora jonining uzgan rishtasidindur
Ki, sun’ ilgi mutarro qildi Laylo zulfi zunnorin. 
Magar Farhod jonidin sizib qonidin etti rang
Qadar suvratgari Shirin labi la’li shakarborin. 
Tarozu bargi gul, ip rishtayi jon, tosh la’l etti
Chekarda xozini hikmat labing yoquti miqdorin. 
Qarog‘larim emastur, balki topqach ko‘zga qoqmishmen,
Itardin vahm etib, raxshing sitomin, balki mismorin. 
Ayog‘ing kirpigimdin og‘rig‘an bo‘lsa, yorib ko‘ksum
Isiq qonimg‘a qo‘ykim, ul hino-o‘q, cheksun ozorin. 
Xarobot ahli uru dog‘, derkim, kuydurung, soqiy,
Davo yo‘q sirmabon qochmoqdin o‘zga shayx dastorin. 
Magar bo‘ldi quyun tufrog‘ ila yel, may, su birla o‘t,
Yasarda masti sargardon Navoiy xilqati zorin. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
271
490 
Rashkdin dermenki mehr itsun sipehr ayvonidin,
Bori itqay soya ayvon ichra aning yonidin. 
Ko‘ksuma urmoqqa olg‘an toshqa o‘qi tegdi, lek
Qildi kul jismimni o‘tkim, sekridi paykonidin. 
Otashin ochildi ichkach bog‘ning oq gullari 
Ashk ila har qatraekim, bordi bag‘rim qonidin. 
Anjum ermaskim, falak mir’oti ichra tushti aks,
Baski, dur sochildi yer uzra ko‘zum ummonidin. 
Dema nolangdin yumulmas ko‘zlarimkim, tong emas,
Kelmasa bemorlarg‘a uyqu it afg‘onidin. 
Mehrning ermas shafaq ichra shuoiy xatlari,
Hajr zulmi qon to‘kar har shom aning mujgonidin. 
Jon olur la’lim hadisi, deb meni qo‘rqutmag‘il, 
Kim, bu bir so‘zdurki, aytursen Navoiy jonidin. 
491 
Ko‘rubmen kirpiging boshitin-ayog‘ teshkan ko‘ngul holin,
Qushedurkim, tiriglay yulmish o‘lg‘aylar paru bolin. 
Ekib tuxmini andoqkim ochilg‘ay bo‘stonafro‘z,
Ochar xunoba ko‘z bog‘ida eksam donayi xolin. 
Jamolin va’d agar debmen, ko‘p etma, ey arab, hayrat
Yuzi aynin ko‘rub har yon nazar qil zulfdin dolin. 
Tanimnikim, quruptur xomadek nol o‘qlaringdindur,
Qalam qilsang qil, ammo tashlama har yon chekib nolin. 
Bu majnun qatlin ul tifli pariyvash istamas bo‘lsa,
Nedin toshlar bila qasdimg‘a soldi shahr atfolin. 
G‘amin ko‘rmang balo tog‘ida la’li shavqidin jonni
Ki, har bir toshidin sotmas abad umrig‘a misqolin. 
Chu bo‘lmas sham’siz parvonavu gul birladur bulbul,
Firoq o‘rtar ko‘ngulni chun ko‘rar vasl ichra amsolin. 
Sabuhiy jom ila xushmen, nechuk xush bo‘lmag‘ay ulkim,
Munungdek axtari farxunda qilg‘ay subh aning folin. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling