Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
274
Kavokib demagil, gardun ko‘zi go‘yo yosharmishdur,
Tutundinkim, chiqar gardun sari sham’i mazorimdin. 
Yaramg‘a hech marhamdin yetishmas oncha rohatkim,
Chiqarib til iting qonin yalar jismi figorimdin. 
Men ul oy rashkidinkim, el ko‘rar, tufrog‘ agar bo‘lsam,
Ko‘rar el ko‘zlarin ko‘r ayla, ey gardun, g‘uborimdin. 
Egarmas ko‘k hisori davrig‘a turki falak ko‘rgach,
Evurmak ashhabin bir xisht uza chobuksuvorimdin. 
Erur qonlig‘ ko‘ngulda ko‘zlaring, vah, turfadur asru
Ki, chiqmaslar dame ul ikki jayran lolazorimdin. 
Ichib gar tutmasang erdi qadah, ey no‘shlab soqiy,
Ne imkon erdi qutqarmoq meni muhlik xumorimdin. 
Meni yozg‘urmangiz qilsam sabuhiykim, azal subhi
Chihiptur ixtiyor ilgimdinu ish ixtiyorimdin. 
Inoyat yomg‘uri ollida daf’i sahl erur, garchi
Yog‘ar idbor gardi, ey Navoiy, ro‘zgorimdin. 
496 
Meni zaifni sargashta ayladi gardun,
Shitobu davr ila xoshokni nechukki quyun. 
Tutashti telba ko‘ngul ul pariy uzoridin, 
Bu o‘tni gul sog‘inib, vahki, kuydi ul majnun. 
Hubob onchaki Jayhun uza erur mumkin,
Tasavvur ayla ko‘zumning hubobidin gardun. 
Yuzung shahidlari tufrog‘in sovurmish yel,
Bukim bulut ko‘runur ko‘kta har taraf gulgun. 
Ne ayb, shodlig‘ ashkim ko‘p oqsa vaslingda,
Bahor fasli bo‘lur chashmalar suyi afzun. 
Qadingg‘a sarv bosh indurmamish emas aksi
Ki, dahr adab qilur ani solib su ichra nigun. 
Ushotib o‘qini mahzun ko‘ngulni sindurmang,
Ki, ev shikast topar har qachonki, sindi sutun. 
Yer ostidin kup ila la’lni chiqar, ey mug‘,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
275
Ki, bordi yer quyi, chun so‘z eshitmadi Qorun. 
G‘am o‘lturur meni, qo‘y pandu bir qadah berkim,
Qilur bu zahrni taryok daf’, yo‘q afyun. 
Navoiy, istar esang saltanat, fano bo‘lkim,
Jahon zabunung erur, bo‘lmasang jahong‘a zabun. 
497 
Yelga berdi kuydurub ul gul tanim xokistarin,
Otashin gul hajri sovurg‘an kebi bulbul parin. 
Anglaman bulbul qiziq ko‘nglimudur, yo atr uchun
G‘unchasidin gul murattab qildi o‘tlug‘ mijmarin. 
Bargi guldur, yo‘qsa bulbulning tutashmish har pari,
Baski, yorutdi sabo gul mijmarining axgarin. 
Gul emastur, balki bulbul oshyonin o‘rtagan 
Ishq o‘ti bil, ko‘rsang aning davru lavni ahmarin. 
Qo‘y gulu bulbulni, gulgun may to‘la tut bulbula,
To o‘quy bulbul maqolotin ochib gul daftarin. 
Dahr bog‘ida gulu bulbulg‘a yo‘q bargu navo,
Solmadi bu g‘ussadin nargis iligdin sog‘arin. 
Soqiyo, hayvon suyin mamzuj qilsang ichmagay,
Gar Navoiy topmasa may ichra la’ling javharin. 
498 
Nihon ishqingki ko‘nglum ichra tushti yuz sharor andin,
Nihoniy dog‘lar qolmish ichimda yodgor andin. 
Muqavvas qoshlaringning naqshidin giryon ko‘zum bo‘lmish
Bulutdekkim, bo‘lur qavsi quzahlar oshkor andin. 
Bo‘luptur sarvinozim husn sham’i, boshida aning
Bo‘rk zar rishtasi ulkim, yonar bir necha tor andin, 
Buzug‘ ko‘nglumki atrofida ul yuz shavqidin qondur,
Erur vayronaekim, lolalar butgay bahor andin. 
Ne kirpiklar ekin ulkim, taxayyul aylamak birla
Bo‘lur jism ichra har dam jonim andomi figor andin. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling