Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
268
Navha tortib motamim tutmoqda ma’zur o‘lmasun. 
Pand ila ko‘nglum uyin qilma imorat, ey rafiq,
Bizni buzdi hargiz ul, yo rabki, ma’mur o‘lmasun. 
Kechalar ul gul chekar ermish qadah, ey tong yeli,
Voqif o‘l holimni aytur chog‘da maxmur o‘lmasun. 
Yor vaslig‘a quvondim, qovdi ko‘yidin meni,
Ey Navoiy, hech kishi davlatqa mag‘rur o‘lmasun. 
485 
Noumide men kebi bormu ekin jononidin,
Jong‘a yetkan ko‘nglidin, ko‘ngli tutulg‘an jonidin. 
Fard hushu sabridin, mahjur zuhdu ilmidin,
Ayru shahru mulkidin, ovora xonumonidin. 
Tang‘a mehnat ravzanin ochqan yoqaning chokidin,
Jong‘a rihlat navhasin tuzgan ko‘ngul afg‘onidin. 
Ham saloh uyin qora aylab tuganlar dudidin,
Ham balo yuzin qizil qilg‘an aliflar qonidin. 
Men dag‘i bir kun saloh ahli edim, ey porso,
Bu uqubatlar aro qoldim birov hijronidin. 
Jomima har davr huy, soqiy, halohil zahrikim,
Tah-batah qondur ichim tosi nigun davronidin. 
Ey mug‘anniy, tuz maqomi navhakim, chiqmoqtadur
Xasta jon jism uyi otlig‘ kulbayi ahzonidin. 
Jon berur har dam Navoiy, ne ajab gar bersa jon
Qulki, ayrilg‘ay begidin, beg nekim, sultonidin. 
Rostlig‘da sarvi ozode yigitlik bog‘idin,
Poklikda la’li raxshone eranlik konidin. 
486 
Yor payg‘omi ne osig‘ o‘zgalar tahriridin, 
Jon qachon bergay Masih alfozi el taqriridin. 
Ruq’asi gar barcha qatlim hukmidur xushdurki, bor
Qatl hukmi hirzi jon Isodamim tahriridin. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
269
Kimki, ko‘rsa, vahki, maxfiy ishqim o‘tin fahm etar,
Ruq’asin ochib o‘qurda holatim tag‘yiridin. 
Nomasin ochqanda yuz devonalig‘ qilding dema 
Kim, xabar yo‘qtur manga, billah, alarning biridin. 
Ne fusun qilmish edi bilmanki, yo‘qtur aqlu hush,
Notavon ko‘nglum aro alfozining ta’siridin. 
Ruq’aedur charx chirmashliqki, mazmun suratin
Hech kim fahm etmadi unvonining tasviridin. 
Har ne yozmish ollingga qilki qazo ko‘rmak kerak,
Ey Navoiy, qochmoq o‘lmas tengrining taqdiridin. 
487 
Kelki, vaslingdin hazin jonimni xursand aylayin,
Sen jigar pargolasin bag‘rimg‘a payvand aylayin. 
Chok etib ko‘ksumni mahv aylay seni bag‘rim aro, 
Necha bu ummid ila ko‘nglumni xursand aylayin. 
Ko‘zda mardum bo‘l, ko‘ngulda jon yerin tut, vah necha,
Ko‘zni mushtoqu ko‘ngulni orzumand aylayin. 
Oz balo soldi ko‘ngul boshimg‘a one, ey rafiq,
Qo‘yki, tishlab-tishlabon, parkand-parkand aylayin. 
Ne achig‘lanmoqdur andin, ne chuchuk so‘z, ey ko‘ngul
Xoh achchig‘ yig‘layin, xohiy shakarxand aylayin. 
Gulshani vaslin tilar jon, yer quyi, jismi zaif,
Necha qudsiy qushqa mundoq torni band aylayin. 
Der Navoiy, Vomiqu Majnundek o‘lg‘il, vah, ne nav’
Kuch bila hush ahlig‘a o‘zumni monand aylayin. 
488 
Masihodin labing afsah, quyoshtin orazing ahsan, 
Quyoshingg‘a falak hayron, Masihingg‘a quyosh maskan. 
Ko‘zumda gardi maydoning, tanimda naqdi paykoning, 
Anga ko‘z mardumi xozin, munga jon kulbasi maxzan. 
Yasarmen yuz maqolat, vah, bo‘lur ko‘rgach ani nogah,
Ko‘zum hayron, tanim larzon, esim volih, tilim alkan. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling