Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
262 O‘lsam ne, ayru tushqucha sendek rafiqdin. Beling mudurki, anga qizil fo‘ta bog‘lading, Yo rishtaeki o‘tkarilibdur aqiqdin. Savdovu rishta zaxmatig‘a uchradi ko‘ngul, Zulfu beling xayolida fikri daqiqdin. Har dam demaki ko‘z yoshidin sarguzashte ayt, Daryo fasonasin ne so‘rarsen g‘ariqdin. Ohim ko‘ngulni ko‘yung aro solsa ne ajab, Gulzor aro Xalil tushar manjaniqdin. Zuhd ahli ujb tafriqasidin xalos emas Sharti fano firohdurur ul fariqdin. Tolpinma ashking ichra Navoiyki, chiqmadi Sech kimsa g‘o‘ta birla bu bahri amiqdin. 473 G‘amingda har kecha, ey gul’uzor, yig‘larmen, Saharg‘a tegru chekib intizor yig‘larmen. Menu qora kecha, yo‘q nisbatim sanga, ey subh Ki, sen kularsenu men sham’vor yig‘larmen. Burung‘i mehru vafo, so‘ngg‘i javru zulmingni Birin-birin sog‘inib zor-zor yig‘larmen. Kularlar el manga beixtiyorkim, har dam Eshitsam otini beixtiyor yig‘larmen. Mungaydi ko‘nglum aningdekki, hazl nag‘masidin Ki, elga kulgu etar oshkor, yig‘larmen. Kular sipehri daniy iztirobig‘a ko‘nglum, Vale o‘zumda ko‘rub iztirob yig‘larmen. Navoiy, ashkim oqizg‘ay g‘amim tunin mundoq Ki, charxdek kecha tutmay qaror, yig‘larmen. 474 Lolaning g‘unchasidek ko‘nglum o‘luptur to‘la qon, Vahki, el g‘ofilu kuydurdi meni dog‘i nihon. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 263 Zahri hajr ichkali dermenki, qilay ishqin tark, Aytqandek kishi muhlik maraz ichra hazayon. Ro‘zgorimki qora bo‘ldi, erur ishq asari, Qayda o‘t tushsa, qoralig‘i qolur yerda nishon. Ishqing o‘tinki, yoshurdum, el aro yoydi raqib, Kim isitmani nihon tutsa qilur marg ayon. Xating ichinda labingning iki xoli ne ajab Ikidur nuqta, yozilur esa xat ichinda jon. Hajr uchun qonim ichar har sari qonlig‘ tuganim, Xon erur ollida, to ko‘ngluma bo‘lmish mehmon. Charxdin mehr isi topqang‘a takabbur ne ajab, El dimog‘ig‘a chu ko‘kurd o‘ti aylar nuqson. Xalq ta’n etsa, Navoiy egilib nola qilur Igri yanglig‘ki, qilur yel asari birla fig‘on. 475 Safhayi husnungda jonbaxsh irining, ey siyminbadan, O‘xshashurkim, aylagay Iso quyosh ichra vatan. Yo‘q ajab, ey gul, ko‘ngul zaxmi aro novaklaring, Rasm erur: chun raxna bo‘lg‘an yerga qo‘ymog‘lig‘ tikan. Hasratingdin, bilki, o‘lmishmen, agar ko‘yung aro Bir gado nogah g‘arib uchun tilar bo‘lsa kafan. Ko‘zungu zulfu qoshingdin injudek bo‘ldi yoshim, Xalq ushbu vajhdin derlar, ani durri Adan. Voqif o‘l, ey bog‘bonkim, har taraf gul shaklidin, Sendek elning qabridurkim zohir etmish bu chaman. Ko‘nglakining atri jonsiz jismima berdi hayot, Go‘yiyo el jonidin maxluq o‘luptur ul badan. Chun Navoiy nazmining har harfidur sharhi g‘aming, Desa bo‘lurkim erur har bayti bir baytul-hazan. 476 Falak sitezasidin bo‘lma, soqiyo, mahzun, Qadah keturki, erur besabot olami dun. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling