Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
199
Orazingning naqshidin butxonadur ko‘nglum uyi,
Ishq bo‘lmish barhaman ichinda ul butxonaning. 
Shomi hajrim sharhi elni bexud etsa ne ajab
Uyqu kelturmakdurur xosiyyati afsonaning. 
Sudurur bag‘rimki, paykoni ko‘nguldin chekti bosh
Nam havoda sabza chiqqandek uchidin donaning. 
Yiqmadi ko‘k gunbadin yog‘ib havodis yomg‘uri
Kim, suvar erkin chiqib tomini bu koshonaning. 
O‘qlaring chok ettilar har yon Navoiy ko‘nglini,
Yo‘llar etgandek yog‘in devorini vayronaning. 
349 
Tong nasimin soyir etkan gul uzorimdur mening,
Sekritib maydong‘a kirgan shahsuvorimdur mening. 
Gard emas, gardinda balkim ko‘rmasun deb el ko‘zi,
Volihu sargashta joni xoksorimdur mening. 
Markabining na’lidin har dam choqilg‘an o‘t emas
Kim, ko‘ngul otlig‘ zaifi beqarorimdur mening. 
Baski, telmurdi ko‘zum kirgaymu deb maydon aro,
Ko‘z qarosi yo‘qki, dog‘i intizorimdur mening. 
Ul bahori husn mingan qatraafshon bodpoy 
Gulshani aysh ochqali abri bahorimdur mening. 
Chobuki mehr o‘ldi bemehru harun ko‘k tavsani,
Tutmang otinkim, eshitmak ani orimdur mening.
Yo‘lida aylay fido ko‘z gavharin, jon javharin,
Ey Navoiy, yetsa ul chobuk, nisorimdur mening. 
350 
Kog‘az uza qalamni fusunsoz qilmading, 
Bir ruq’a birla bizni sarafroz qilmading. 
Jonsiz tanim hayoti uchun noma yozmading,
Kilking uchini mo‘‘jizapardoz qilmading. 
Vasling kuniyu shomi firoqing bayonida


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
200
Kofur birla mushkni hamroz qilmading. 
Bir mehr nomasi bila sargashta zarrani
Kundek jahonda mujibi e’zoz qilmading. 
To ro‘zgorim aylamading duddek qora,
Bir nomaning savodini og‘oz qilmading. 
Ey ko‘k dabiri, kimsaga bir noma yozmading
Kim, xoma yanglig‘ ani sarandoz qilmading. 
Rahmat, Navoiyo, sangakim yor har necha
Zulmin ko‘p etti, mehru vafo oz qilmading. 
351 
G‘am xazonin zohir etmish chehrayi zardim mening,
Borg‘ali yeldek bahori nozparvardim mening. 
Telbalardek so‘zlashurmen o‘z-o‘zum birla mudom,
Chun o‘zumdin o‘zga yo‘q olamda hamdardim mening. 
Tufrog‘ o‘lsam ko‘yida, ey abri rahmat yomg‘uri, 
Qil madad onchakim, andin chiqmag‘ay gardim mening. 
Chiqti jon bilmay maqomin mujdae ber, ey Masih
Kim, qayu manzildadur mehri jahon gardim mening. 
Har necha ko‘nglum sovug‘ ohidin antur, ohkim,
Yorg‘a yoqmas nekim, aytur bu damsardim mening. 
Rizq chun maqsum erur, bir qurs uchun har kun nedur
Charxdek sargashtalik ko‘yida novardim mening. 
Ey Navoiy, toki urdi mehr naqshin tosi charx,
Bu bisot ichra ajab shashdardadur nardim mening. 
352 
Har ko‘ngul oromi chun bo‘lmish diloromim mening,
Ul sababdin yo‘qturur ko‘nglumda oromim mening. 
Dudi ohim sarvdek chiqtiyu gulgun bo‘ldi ashk,
Qilg‘ali tarki vafo sarvi gulandomim mening. 
Nega ko‘rguzdi shafaqdin shu’la, kavkabdin sharor,
Gar emas g‘am do‘zaxi bu subhi yo‘q shomim mening. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling