Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
197 Nega tushmish orazing yonida meng. Bo‘ldi ilgim dog‘u ko‘ksum zaxmi fosh Kim, tanimda to‘n yo‘qu ilgimda yeng. Solg‘ucha olamg‘a o‘t orazni och Kim, jahonni kuydurur ul o‘tlug‘ eng. Husn da’vosig‘a qo‘l yengdin chiqar, Yuz yadi bayzo chiqargandekni yeng. Dang qilmishtur Navoiyni xumor, Anga tutsun bir qadah, soqiyg‘a deng. 345 Shoh bo‘ldi ishq ichinda sohibasrorim mening, Ishq manshurida tug‘rodur bu shahkorim mening La’li yodidin tirigmen, yo‘qsa o‘lgum za’fdin, Qonki har yondin to‘kar bu jismi afgorim mening. Men junun sahrosida yittim, gar anda har kishi Ko‘rsa Majnunni erur, bildeg, namudorim mening. Og‘zidin andoq adam ko‘yida foniy bo‘lmisham Kim, vujud iqlimida topmaslar osorim mening. Bulajab holim junun ichra gar elni kuldurur, Vahki, yig‘latur yuz oncha nolayu zorim mening. Ko‘nglum o‘z holida yo‘q, voqif bo‘lung, ahbobkim, Hajr dardidin erur hol uzra bemorim mening. Kofiri ishq o‘ldum ul but ollida, vah, yaxshidur Dayr aro bog‘lanmasa bo‘ynumg‘a zunnorim mening. Sen dag‘i ko‘rguzma makru sho‘xluq, ey zoli charx Kim, bilur sendin ko‘p ortuq sho‘xi makkorim mening. Xotirim, ham davru ham davr ahlidin ozurdadur, Ey Navoiy, istama pand aytib ozorim mening. 346 Mutribo, g‘am bazmida to navha ohang aylading, Za’flig‘ jismimni toru qomatim chang aylading. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 198 Bo‘ldi bo‘stoni uzoring bodadin afruxta, Mayni go‘yo bo‘stonafro‘z ila rang aylading. Chok etib el ko‘nglin etting g‘unchadek ko‘nglum girih Ochting el ko‘nglin agarchi bizni diltang aylading. Buki tashbih etting, ey ko‘z, xoki poyin surmag‘a, Bilki javharni qaro tufroqqa hamsang aylading. Ishq sirri mahmilin ko‘k pili chekmas, ey qazo, Gar hilolidin gajak, xurshididin rang aylading. Ne qatiq vodiy ekin, yo rab, sanga ey ishqkim, Aql sarkash tavsanin qo‘yg‘ach qadam lang aylading. Qil Navoiyni vujudi nangidin, yo rab, xalos, Chun vujudin barcha olam ahlig‘a nang aylading. 347 Orazing subhidin el ayshini jovid aylading, Subhi vaslingdin mening shomimni navmid aylading, La’li serobin tila qo‘y Isoyu hayvon suyin, Ey ko‘ngulkim, orzuyi umri jovid aylading. Qoshu yuzi aksi ko‘k jomig‘a tushgach, ey qazo, Bu birin qilding hilol ul birni xurshid aylading. Ey mug‘anniy, zuhrasidin ko‘kni qilg‘ung munfail, Senki har ter qatrasin bir turfa nohid aylading. Ey ko‘ngul, oxir qilichi hattig‘a qo‘ydum bo‘yun, Vahki, sayfi hirzini bo‘ynumg‘a ta’vid aylading. Vasl sarkash qaddidin qilding tamanno, ey ko‘ngul, Ul alifkim, ya’s arodur naxli ummid aylading. Itlari sing‘an safoli ichra chekting durdi shavq, Ey Navoiy, ani jom, o‘zungni Jamshid aylading. 348 Ishqim ortar xatti zohir bo‘lg‘ali jononaning, Sham’ dudi shu’lasin afzun qilur parvonaning. Har dam ashkim kelturur yuz ta’n majnun ko‘ngluma, Qismi yoshlardin hamesha tosh erur devonaning. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling