Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
212
Lafz yo‘q, har harfi jon hirzi, dag‘i har nuqtasi
Mardumak yanglig‘ biaynih ko‘zga matlub, ey ko‘ngul. 
Ayladim tumor agar tumor etar daf’i junun
Bu meni qilmish junun ilgida mag‘lub, ey ko‘ngul. 
Safhada ermas muhabbat sharhikim kelmish kiyib,
Hullayi kofurgun bir turfa mahbub, ey ko‘ngul. 
Asru ko‘p takror etardin ul pariyvash nomasin,
Bo‘lmisham el ichra majnunluqqa mansub, ey ko‘ngul. 
G‘ayrdin safhangni qilg‘il pok, ya’ni aylama
Xotiring lavhini har xat birla ma’yub, ey ko‘ngul. 
G‘amdin ozod o‘ldi xattidin Navoiy, bermasa
Begiga qulluqqa xat bo‘lg‘aymu mahsub, ey ko‘ngul. 
374 
Ul pariykim, bandi zulfig‘a majonindur uqul,
Men kebi devonalar qaydin qachon qilsun qabul. 
Zarra ermaskim quyosh ajzosi nur aylarga kasb
Ul pariy qasrig‘a ravzandin qilur har dam nuzul. 
Olamoro husn ila jonbaxsh nutqungmu ekin,
Yo Masiho ruhi Yusuf jismida qilmish hulul. 
Eyki dersen, keldingu shod o‘lg‘usi vaslingg‘a yor,
Shod bo‘lg‘ay erdi bo‘lg‘an bo‘lsa hajrimdin malul. 
Mushafi avsofingda ermish, Olloh-Olloh, mujmale,
Sura-sura har karashmang sharhida iynak fusul. 
Yerga soching sudralur kulbamga kirsang xam bo‘lub,
Mehr past o‘lg‘an zamon andoqki topqay soya tul. 
Ikki zulfung to‘lg‘anur har dam sabo tahrikidin,
Ikki hindu nag‘ma birla zohir etkandek usul. 
Rostliqdin dayr toqig‘a mador o‘lmoq ne ayb, 
Solikekim bo‘lsa xidmatda sutun yanglig‘ hamul. 
Bo‘lmasa erdi Navoiy sirri ishqingg‘a amin,
Ne zalum etkay eding aning xitobin, ne jahul. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
213
375 
Qon to‘kar ko‘z orazing gulgunaliq ko‘rgan mahal,
Ne uchunkim suyi aning qon ila bo‘lmish badal. 
Toqi axzar qotti barcha fitnavu bedodini
Qoshingga mashshota go‘yo vusma aylar chog‘da hal. 
Nildin gulgun uzoring bog‘ida har sari xol,
Nilufar gulshan aro har yon ochilmish filmasal. 
Kechrak ochmoq burqa’ ermas el o‘lar deb rahm uchun,
Balki aylarsen ulus ko‘prak yig‘ilsun deb hiyal. 
Bog‘ aro har rang to‘n egnida chiqmish uylakim,
Hur jannat sayrig‘a chiqqay kiyib turlug hulal. 
To yudung zunnori zulfungni, sochilg‘an suyidin,
Kishvari islom aro yuz ming bino topmish xalal. 
Dahr sho‘xidin, Navoiy, tut qiroqkim, bog‘lasang
Bir ayoq su birla aqdin, uldurur jomi ajal. 
376 
Ko‘zumda hajr o‘tining humratin ko‘r, dema qondur ul,
Qora sog‘inma, paykoning suyi tomg‘on nishondur ul. 
Labing xoliki xat yashurdi jonni yashurun o‘rtar,
Hamono ishqdin jonimdag‘i dog‘i nihondur ul. 
Ko‘ngul bog‘i aro har yon o‘qung zaxmi emas, go‘yo
Niholi mehring ekmaklik uchun qozg‘an makondur ul. 
Ko‘zumning mardumikim, to sahar kavkab sanar har tun
Ul uydin uyqu ayyorin qovarg‘a posbondur ul. 
Ko‘nguldin kelgan ohim xaylini man’ etmasam avlo
Ki mehnat kishvaridin azm qilg‘an korvondur ul. 
Qading sarvidadur ko‘nglum qushi, vah, sunbulung erma!
Kim, ul sarv uzra qush qasdig‘a chirmashqan yilondur ul 
Surohiy og‘zida qil shaklidin xushdilmen, ey soqiy,
Magar ayshu farog‘at toyirig‘a oshyondur ul. 
Emas bo‘lsang taayyun xonaqohi shug‘lidin emin,
Fano dayrig‘a kir filholkim dor-ul-amondur ul. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling