Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
227
Qatra xaylar ichra ul orazni ko‘rdum, ey rafiq,
O‘lmagim ermas ajabkim, sug‘a tushmish axtarim. 
Dema, la’lim shavqidin sipqarmading qon bir qadah,
Men icharmen, ko‘z to‘kar, netib tugansun sog‘arim. 
Gulshani faqr ichra to kirdim, erur balkim emas
Gunbadi nilufariy gulshanda bir nilufarim. 
Hajr tig‘i ko‘p uchun jismimda har yon chekti bosh
Ey Navoiy, men mazallat toyiri, budur parim. 
403 
Tun oqshom bo‘ldiyu kelmas mening sham’i shabistonim,
Bu anduh o‘tidin har dam kuyar parvonadek jonim. 
Ne g‘am ko‘rguzsa ko‘ksum porasin choki giribonim,
Ko‘runmas bo‘lsa ko‘ksum yarasidin dog‘i pinhonim. 
G‘amidin durri maknundek, sirishkim oqti Jayxundek,
Muzayyan qildi gardundek jahonni ashki g‘altonim. 
Falak ham to‘ldi kavkabdin, quyosh ham tushti ashhabdin,
Kelib tushmas bu markabdin mening xurshidi raxshonim. 
Jahonni zulmat etti chah, bu zulmat ichra o‘lgum, vah,
Manga bo‘lsang ne Xizri rah, yetib, ey obi hayvonim. 
Dema ko‘ktin quyosh ketmish, falakka tiyralik yetmish,
Ul oy hajrida tor etmish falakni dudi afg‘onim. 
Navoiy kebi hijrondin, bu oqshom o‘ldum afg‘ondin,
G‘amim yo‘q buyla yuz jondin, yetib gar kelsa jononim. 
404 
Ishq ila bo‘ldum masal, savdo bila afsona ham,
Shukrlillohkim, yana oshiqmenu devona ham. 
To unutdi oshnolig‘ rasmin ul begonavash,
Oshno yig‘lar mening holim ko‘rub, begona ham. 
G‘am tuni mendurmen ohu ashkdin sham’im o‘chub,
Boshima yemrulgali turmish buzug‘ koshona ham. 
Elga mehring bor, buzuq ko‘nglumga ham bir zarra boq
Kim, quyoshning tobidin mahrum emas vayrona ham. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
228
Ey malohat sham’i har soat meni kuydurmakim,
Ko‘p yorumas sham’ agarchi o‘rtanur parvona ham. 
Yo‘q, bu dayr ichra berur jomi ajal ta’mini may
Kim, erur paymona to‘lmoqdin nishon paymona ham. 
Ey Navoiy, gar desang, ul turfa qushni sayd etay,
Rishtayi jismingni dom et, ko‘z yoshingni dona ham. 
405 
Kecha ul mahvashni yod aylab farovon yig‘ladim,
Mehrim oshti subhdek har nechakim qon yig‘ladim. 
Sham’ avval ohshom-o‘q kuydi fig‘onim o‘tidin 
Kim, men o‘t sochqon bulutdek tortib afg‘on yig‘ladim, 
Tun qorong‘u, kulba xilvat, hajrdin ko‘nglum to‘la,
Tosh urub ko‘ksumga to bor erdi imkon yig‘ladim. 
Yor hajridin kishiga ayta olmas g‘ussani, 
Ko‘nglum etti sharhu men mahjuru pajmon yig‘ladim. 
Charx ham to‘kti quyoshning hajridin kavkab, vale
Yig‘lamoq ul erdikim, men zor giryon yig‘ladim. 
Subhdek xurshid vaslidin agar kulsam ne tong
Menki, subhi vasl uchun ko‘p shomi hijron yig‘ladim. 
Ey Navoiy, tosh eshitsa navha qilg‘ay oshkor, 
Yo‘q ajab gar bir tun o‘z holimg‘a pinhon yig‘ladim. 
406 
Soqiyo, kechagi may nash’asidin jon toptim,
Zulmat ichra masala chashmai hayvoi toptim. 
Og‘zinga olma olibkim manga tishlab berding,
Ham o‘shul og‘iz ila go‘yi zanaxdon toptim. 
Boda tobiyu yuzung partavidin tiyra kecha
To‘lun oy ko‘rdumu xurshidi daraxshon toptim. 
Mehrdin ko‘p nafas urma der edim tongg‘a boqib
Kim, men ushbu kecha xurshidni mehmon toptim. 
Men to‘kub ashk falakdek vale bexudlug‘uma


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling