Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
243
Navoiy, ayla nazar tarkini demang, chunkim
Men ixtiyor etibon, qilmas ixtiyor ko‘zum. 
435 
Sendin ayru to asiri dardi hijron qolmisham,
Buki o‘lmay qolmisham, holimg‘a hayron qolmisham. 
Xonumonimni g‘aming toroji barbod ayladi,
Xonumon borib aloxonu alomon qolmisham. 
Ishq dashtining samumi hullasin aylay panoh,
Xayli g‘am yag‘mosidin mundoqki uryon qolmisham. 
Dardu g‘amdin yoshuna olman kamoli za’fdin,
Xurdabinlarning ko‘zidin garchi pinhon qolmisham
Dashtdin Farhodu Majnunni yig‘ib mushfiqlari,
Men g‘arib ul nav’kim, g‘uli biyobon qolmisham. 
Vasl davri jomidin ahbob sarmast o‘ldilar, 
Dayr aro tek bir man-o‘q maxmuri davron qolmisham. 
Ey Navoiy, uchti bulbullar xazonda bog‘din, 
Men qanotsiz qush masallik aylab afg‘on qolmisham. 
436 
Ne ul quloqqa yetar, arzi hol ado qilsam,
Ne ul ko‘ngulga yoqar, naqdi jon fido qilsam. 
Ko‘ngul shikofig‘a ul ko‘y tufrog‘i qanikim,
Bu xushk doru ila zaxmima davo qilsam. 
Kerak quyosh dirami tanga bo‘lsa bay’ona.
Chu Yusufumni iki dahrg‘a baho qilsam. 
Fig‘onki, ishq chekar bog‘lab ani bo‘ynumg‘a
Nechaki zuhdu vara’ pardasin rido qilsam. 
Ko‘zumga dahrni har lahza tiyraroq aylar,
Savodi xolingga har necha ko‘z qaro qilsam. 
Ishim chu savmaa shayxi bila tuzalmadi, kosh
Ki, emdi maykada pirig‘a iltijo qilsam. 
Navoiyo, chu sabo hamnafasdur ul gulga 
Ne bo‘ldi, sarsari ohimni gar sabo qilsam. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
244
437 
Ko‘ngulni bag‘ir qonidin lola qildim,
Qo‘yub dog‘ pargola-pargola qildim. 
Sovug‘ ohdin qatra paykonlaringni
Yurak g‘unchasi javfida jola qildim. 
Ko‘zumda ul oy mardum o‘rnini tutti,
Savodin aning davrig‘a hola qildim. 
Ne qavmog‘ki, uyg‘onmadi garchi tunlar
Tong otquncha itlar kebi nola qildim. 
Ko‘rub obi hayvon yuzinda xubobin,
Tasavvur labing uzra tabxola qildim. 
Falak zolining makridin bo‘ldum emin,
Nedinkim, taloqi bu muhtola qildim. 
Navoiy sarig‘ yuzida dog‘i idbor 
Chu ko‘rdum, gumon sarig‘ lola qildim. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling