Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
241
Poklik da’bi gar ermastur suluk ichra, ne sud,
Bahru barda gar tahorat, gar tayammum aylaram. 
Ey Navoiy, to muqarrar qildim ohangi Hijoz,
Gah Iroqu gah Ajam sari tarannum aylaram. 
431 
Sensiz ashkim yomg‘uri saylini to‘fon ayladim
Kim, aning tug‘yonidin olamni vayron ayladim. 
Buyla to‘fong‘a ko‘zumni abr etib, nolamni ra’d,
Oh o‘ti uchqunlarin barqi daraxshon ayladim. 
Yo‘qki, ko‘nglum shu’lasidin dahr aro soldim bir o‘t
Kim, tomug‘ni el ko‘ziga bog‘i rizvon ayladim. 
Muncha, bal yuz muncha ham ermas ekin mingdin biri,
Ulcha men ul oydin ayru shomi hijron ayladim. 
Sa’b erur hajr o‘lmang, ey ahbob, oshiq zinhor
Kim, bu ish tahqiqini men ulcha imkon ayladim. 
Sevganim bu ahd aro maydur, qani paymonae
Kim, kishi sevmakdin emdi ahdu paymon ayladim. 
Ey Navoiy, ishq tarkinkim, dedim, ma’zur tut
Kim, muhiqdurmen bu ishda garchi tug‘yon ayladim. 
432 
Husnungga hayratdin o‘ldi barcha besomonlig‘im,
Men kimu somon, chu ortar har nafas hayronlig‘im. 
Ko‘yida tun-kun kezay dermen nihon qolmas, valek
Oh o‘tiyu ashk qoni rangidin pinhonlig‘im. 
G‘ayr xoshokin agar sovurmas ersam bas nedur,
Ko‘yi davrida quyundek muncha sargardonlig‘im. 
Ul etak qonim bila ko‘rguzdi gulgun hoshiya,
Ne ajab, tutsam ani bu dam chu uldur qonlig‘im. 
Tifllar toshi terimni eltibon, qoldi so‘ngak,
Ul pariy savdosida bordur ajab uryonlig‘im. 
Dinu dunyo naqdini sochtim, chu kirdim dayr aro,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
242
Bu edi avval qadah ichkanda dastafshonlig‘im. 
Dedi zohid: ul pariydin hur umidi birla kech,
Ey Navoiy, bo‘lmag‘ay bu hadqacha nodonlig‘im. 
433 
Jonima dog‘e qo‘yuptur la’ling uzra xolkim,
Ko‘ngluma o‘t tushmish andin yuzga burqa’ solkim. 
Tushmagay el ko‘ngliga o‘t hamki, aning rashkidin
Biym erur, bo‘lg‘aymen andoq ojizu beholkim. 
Ashk sayli aylagay ko‘yungdin ovora meni,
Bu sifat ovoralig‘din ayla forig‘bolkim. 
Garchi majnunmen sening ko‘yungni-o‘q aylab vatan,
Anda-o‘q bo‘lsam bo‘lay bozichayi atfolkim. 
Yog‘sa uryon jismima o‘t anda aylarmen qabul,
O‘zga yerda gar yog‘ar gul, aylaram ehmolkim. 
Anda yog‘qan tosh erur jannat gulidin yaxshiroq,
Bu jihatdin anda bo‘lmoq istaram pomolkim. 
Qatl qilg‘aysen meni bir kun vale aytur ko‘ngul:
Ey Navoiy, kech bu so‘zdin, sen kim, ul iqbol kim? 
434 
Yuzung g‘amidin erur abri navbahor ko‘zum,
Ne ayb, yer yuzini qilsa lolazor ko‘zum.
Savodu qoni bila bir g‘arib lola erur
Ki, lolazor base qildi oshkor ko‘zum. 
Ne qoni lola erur, ne savodi dog‘i aning
Ki, qo‘ydi hajr o‘tidin dog‘i intizor ko‘zum. 
Agarchi qildi meni xoru zor ko‘nglumu bas
Valek ayladi ko‘nglumni xoru zor ko‘zum. 
Ne konu bahr ekinkim, labu tishing g‘amidin
Gulu sumang‘a qilur la’lu dur nisor ko‘zum. 
Bukim qorardi chu tardoman erdiyu g‘ammoz
Firoq shomidadur tiyraro‘zgor ko‘zum. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling