Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


NUN HARFINING NOZANINLARINING NOZI «G‘AROYIB»DIN


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

NUN HARFINING NOZANINLARINING NOZI «G‘AROYIB»DIN 
438 
Istaram yuz manzil o‘tkaymen Adam sahrosidin,
To zamone ting‘amen olam eli g‘avg‘osidin. 
Umr naqdin sarf etay dermen fano bozorida,
To qutulg‘ay xotirim sudu ziyon savdosidin. 
Xushturur vayronae taskin uchun, lekin yiroq 
Yuz ming illiq yo‘l falakning gunbadi miynosidin. 
Chiqmayin bu dayrdin mumkin emas bo‘lmoq xalos
Har kecha yuz ming buti siymin badan yag‘mosidin. 
Har so‘ngak yonimda qasdi umr etar, vah, xo‘shae
Bormu imkonkim, qutulg‘ay muncha mehnat dosidin 
Za’faroniy yuzda gulgun ashk to‘kmak ne osig‘,
Ishva ko‘rgan dahr bog‘ining guli ra’nosidin. 
G‘arqa el dafni uchun sardobaedur har hubob,
Ishq vodiysinda ashkim saylining daryosidin. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
245
Ishvagarlar dog‘idin jon pardasin ko‘r, ohkim,
Bu harir eskirdi zolim shohlar tamg‘osidin. 
Ey Navoiy, dahr bog‘idin qutulmoq istakim,
Bulbul uchqan yaxshiroq zog‘u zag‘an ma’vosidin. 
439 
Ko‘ngulni ayladim yuz chok ishqingdin, meni mahzun
Ki, husnung vasfi yozg‘aymen kitobe kog‘azi gulgun. 
Ko‘ngulning mazraikim novakingdin bo‘ldi yuz xirman,
Boshoq termak uchun kelgay magar Farhod ila Majnun. 
Qabab har tun chekib yuz ming sinon anjum shuoidin,
Magar sabrim sipohig‘a shabixun kelturur gardun. 
Labing shavqida ko‘nglum har ne borin boshidin qo‘ydi,
May istab rindi muflis ayladi dastorini marhun. 
Ko‘ngulda sho‘xlar nozidin ortar har nafas ohim,
Yonar o‘tqa chu atfol evrushurlar, dud o‘lur afzun. 
Mayi la’ling uchun bexudlug‘um andoqdur, ey soqiy
Ki, qotsang tong emas, jomimg‘a kasbi hush uchun afyun. 
Ilig zulfungg‘a eltur orzudin yova ayturmen
Birovdekkim yilon tutmoq uchun og‘zidadur afsun. 
To‘kub feruzagun ko‘k motamingg‘a gavhari anjum,
Seni feruzavu gavhar xayoli aylabon maftun. 
Navoiy, nazm lofin qo‘yki, ko‘z bir kunlugi ermas,
Agar yuz yil socharsen tab’ bahridin duri maknun. 
440 
Bulut hayvon zuloli birla tirguzdi havo jonin,
Sevunmak ashkidin shodob qildi sabza mujgonin. 
Emastur sabzavu lolaki, jola toshidin gardun
Ko‘kartib yer yuzin har sari zohir ayladi qonin. 
Irik nevchundurur shox uzra gulbun bargi suhondek,
Ititmas bo‘lsa bulbul joni uchun g‘uncha paykonin. 
Chaman Laylosidin ayru degaysen lola Majnundur


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling