Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
250 Qon ila qilmish libosin arg‘uvoniy bir avon. Arg‘uvonu sarvdin to dahr bog‘i zebdur, Bo‘lsun ulkim dahr aro ham shoh erur, ham pahlavon. 448 Ishq aro menmen dame bemehnatu g‘am bo‘lmag‘an, Jonidin mahrum o‘lub, jonong‘a mahram bo‘lmag‘an. Yuz vafo aylab, jafodin o‘zga naf’e ko‘rmagan, Ming jafo ko‘rub, vafosi zarrae kam bo‘lmag‘an. Ming quyoshcha ko‘rgan o‘z yorin, vale yor ollida Ming ulushidin biricha zarraning ham bo‘lmag‘an. Olam ahli ishq aro rasvolig‘im ta’n etmangiz, Kimdurur oshiq bo‘lub, rasvoyi olam bo‘lmag‘an? Anjum ermas terdur ohim o‘tidin ko‘k saqfida, Vahki, bu terdin binoe qolmadi nam bo‘lmag‘an. Dastgire istakim g‘amdin xalos imkon emas, Ilki bir zarrin kamar beliga muhkam bo‘lmag‘an. Ey Navoiy, bilki topmas la’lidin quti hayot, Jonni taslim aylamaklikda musallam bo‘lmag‘an. 449 Xurshid tulu’ etsa, quyoshing sog‘inurmen, Ko‘rgach yangi oy maylini qoshing sog‘inurmen. Har gulki jahon gulshanidin jismima, ey sho‘x, Yetkach, meni savdozada toshing sog‘inurmen. Ey ko‘z, qurudung, lek qayu sayli balokim, Bir uyni xarob ayladi yoshing sog‘inurmen. Ey jism, ajal chobuki har go‘ykim o‘ynar, Maydoni fano ichida boshing sog‘inurmen. Nay sharhin eshitkach qilib, ey nola, seni yod, Ko‘z sharhalarin ko‘rsa, xaroshing sog‘inurmen. Ey xasta ko‘ngul, bo‘lg‘ali sen ishqda majnun, Ko‘rgach seni sargashta, adashing sog‘inurmen. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 251 O‘lgan itin, ey xasta Navoiyu raqibin Chun ko‘rsam iti ollida loshing sog‘inurmen. 450 Har xazon bargi erur zoreki dahr ozoridin Sarg‘arib mendek tushar ayru sihiyqad yoridin. Har qurug‘an shox majnundurki tufrog‘ uyiga Topshirur har dam ilig yub nozanin bemoridin. Bog‘ aro, demang, xazonkim oshiq o‘lmish men kebi, Bilgurur sovug‘ nafas birla sarig‘ ruxsoridin. Har oqar suni xazon tiyg‘i qilibdur zarfishon, Keskali mehru vafo naxlin jahon gulzoridin. Bu sarig‘ yuz birla o‘lsam ko‘yida, tobutima Shoxlar bog‘lang xazoniy ishqpechon toridin. Ko‘yida kuymish ko‘ngul bukim, xazondur bog‘ aro Esti bir yel, go‘yiyo kuygan g‘aribim soridin. Kohi yuz birla o‘larmen, Isaviydam soqiyo, Boda tut xurshidi jomi kahrabokirdoridin. Bodaekim jur’asi tomg‘ach, xazon yafrog‘lari Tok bargidek qizarg‘ay sarbasar ashjoridin. 451 Shavqdin ashk ichra g‘arq o‘lub, dey olmasmen g‘amin Kim tengizda gavhar istar, asramoq kerak damin. Ayshu suhbat xaylig‘a tushkay nasimidin vabo, Qayda solsam zaxmi islang‘an yurakning marhamin. Paykarim gardin sovurg‘udek esar hijron yeli, Lutf etib, ey gul, sahobi vaslning yetkur namin. Qolib etti yangi oyni toq uchun me’mori sun’ Qudrat ilgi bog‘lag‘an soat qoshing toqi xamin. Ko‘nglakidur choku kiz bo‘ynida fonus, ey ajab, Tutti ul ham sham’dek, g‘am shomi ko‘nglum motamin. Sham’ chobukluk aro lo‘liyvashimg‘a yetmadi, Dudidin har nechakim qildi mutarro parchamin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling