Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
246 Ki, gardun jola toshidin qonatmish dog‘i hijronin, Chaman bahri latofat bo‘ldi nayson durlari birla, Qizil toldin muhayyo qildi har yon shoxi marjonin. Bu fasl ichra malomat toshidin solim birov qolg‘ay Ki, chekkay may sumurmakda yuziga jomi qalqonin. Mayekim, otashin, chiqg‘ay sarig‘ gullar, agar dehqon Tomizsa qatrae andin suvarur chog‘da bo‘stonin. Birovkim, dahr bog‘ining firebin bildi, nargisdek Qadahdin bosh ko‘tarmay surdi ishrat birla davronin. Guli maqsud ul qondur, Navoiykim, ayog‘ingdin Chiqar chekkanda maqsad Ka’basi xori mug‘iylonin. 441 Muhabbat rishtasin uzdiki, o‘lturgay bu g‘amnokin, Magar ul rishta birla tikmish erdi ko‘kragim chokin. Emas giryon ko‘zum kirpiklarikim, sarsari ohim Solib mavj ul tengizga bir qiroqqa soldi xoshokin. Munajjim ko‘nglum o‘ti daf’ig‘a dedi topay soat, Damim dudi aro ne anjumin topti, ne aflokin. Boshim chopqanda ul chobuk yoshingni asrag‘il, ey ko‘z Kim, ul sudin yug‘aysen, qon yuqardek bo‘lsa, fitrokin. Nazar yo‘lin sirishkim pok yub, ko‘z pardasin ochti Ki, chiqqach pardadin ko‘rgaymen aning chehrai pokin. Ko‘zin uyquda ko‘rgach o‘ldum, oyo o‘lmayin netkay Kishi gulshanda bexud ko‘rsa turki masti bebokin. Yuzung ko‘p ochma, gohe so‘z degilkim, aql dehqoni Ne gul isrofini yaxshi demish, ne g‘uncha imsokin. O‘gub jannat gulin voiz tilarkim, aylasam savdo Necha eski diramg‘a Yusufum, vah, ko‘rgil idrokin. Desam ul oy, borib chiqmas g‘ami ko‘nglumdin ayturkim: Navoiy, ne ajab, bo‘lmoq qamar soyir, hajar sokin. 442 Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 247 Baski qaddi g‘unchadek el ko‘nglin olib qildi qon, Gulbuni noz o‘lmish el ko‘nglidin ul sarvi ravon. Ko‘zlaring xunxorlig‘din doyimo bemor erur, Boda ko‘p ichkandin andohkim, bo‘lur el notavon. Yoshurun husnungda bir onedururkim, jon aro Ham alif, ham na’l uza dog‘im erur andin nishon. Yuzidin biynomen archi yuz chiqarmas pardadin, Nurdin ko‘rmakdur, ammo nur erur ko‘zdin nihon. Ishq komil bo‘lsa, mehnat o‘qlaridin bok emas, Ne zarar bulbulg‘akim, bo‘lg‘ay tikandin oshyon. Ishq bog‘ining suyi qondur, ne tong gar ohu ashk Anda yoxud otashin gul ochsalar yo arg‘uvon. Subhning har tong erur el g‘aflatidin kulgusi, Mehr xonidin gumon qilmaki, yebdur za’faron. Topmadim bu dayr holidin xabar, ey mug‘bacha, Bexabar qil meni o‘z holimdin emdi bir zamon. Dard agar budur, Navoiy chiqsa olamdin ne tong, Mastu uryon ko‘kragiga tosh urub, tortib fig‘on. 443 Ishqida yaxshi-yomon bedodidin topman amon Yaxshi to qilsam nazar yo‘qtur kishi mendin yomon. Lahza-lahza bosh chekar ishqim sharori, ey rafik, Al’amon shavqu muhabbat shu’lasidin, al’amon. Yuz adam mulkiga qo‘ydum, kelki, istaydur ko‘ngul Bu uzun yo‘l zodi ko‘z tikmak yuzungga bir zamon. O‘rtabon ushshoq jismin, g‘ofil o‘lma ohidin Kim, zararlig‘ dud zohir aylar o‘t tushgan somon. Kuymagimga novaking paykoni bas, hijronni qo‘y, Xasqa o‘t solmoq uchun uchqun hamon, do‘zax hamon. Sen magar tug‘qanda kun tug‘qandururkim, zarrae Farq fahm o‘lmas orangizda nechukkim, tav’amon. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling