Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
262
O‘lsam ne, ayru tushqucha sendek rafiqdin. 
Beling mudurki, anga qizil fo‘ta bog‘lading,
Yo rishtaeki o‘tkarilibdur aqiqdin. 
Savdovu rishta zaxmatig‘a uchradi ko‘ngul,
Zulfu beling xayolida fikri daqiqdin. 
Har dam demaki ko‘z yoshidin sarguzashte ayt,
Daryo fasonasin ne so‘rarsen g‘ariqdin. 
Ohim ko‘ngulni ko‘yung aro solsa ne ajab,
Gulzor aro Xalil tushar manjaniqdin. 
Zuhd ahli ujb tafriqasidin xalos emas
Sharti fano firohdurur ul fariqdin. 
Tolpinma ashking ichra Navoiyki, chiqmadi
Sech kimsa g‘o‘ta birla bu bahri amiqdin. 
473 
G‘amingda har kecha, ey gul’uzor, yig‘larmen,
Saharg‘a tegru chekib intizor yig‘larmen. 
Menu qora kecha, yo‘q nisbatim sanga, ey subh
Ki, sen kularsenu men sham’vor yig‘larmen. 
Burung‘i mehru vafo, so‘ngg‘i javru zulmingni
Birin-birin sog‘inib zor-zor yig‘larmen. 
Kularlar el manga beixtiyorkim, har dam
Eshitsam otini beixtiyor yig‘larmen. 
Mungaydi ko‘nglum aningdekki, hazl nag‘masidin
Ki, elga kulgu etar oshkor, yig‘larmen. 
Kular sipehri daniy iztirobig‘a ko‘nglum,
Vale o‘zumda ko‘rub iztirob yig‘larmen. 
Navoiy, ashkim oqizg‘ay g‘amim tunin mundoq
Ki, charxdek kecha tutmay qaror, yig‘larmen. 
474 
Lolaning g‘unchasidek ko‘nglum o‘luptur to‘la qon,
Vahki, el g‘ofilu kuydurdi meni dog‘i nihon. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
263
Zahri hajr ichkali dermenki, qilay ishqin tark,
Aytqandek kishi muhlik maraz ichra hazayon. 
Ro‘zgorimki qora bo‘ldi, erur ishq asari,
Qayda o‘t tushsa, qoralig‘i qolur yerda nishon. 
Ishqing o‘tinki, yoshurdum, el aro yoydi raqib,
Kim isitmani nihon tutsa qilur marg ayon. 
Xating ichinda labingning iki xoli ne ajab
Ikidur nuqta, yozilur esa xat ichinda jon. 
Hajr uchun qonim ichar har sari qonlig‘ tuganim,
Xon erur ollida, to ko‘ngluma bo‘lmish mehmon. 
Charxdin mehr isi topqang‘a takabbur ne ajab,
El dimog‘ig‘a chu ko‘kurd o‘ti aylar nuqson. 
Xalq ta’n etsa, Navoiy egilib nola qilur
Igri yanglig‘ki, qilur yel asari birla fig‘on. 
475 
Safhayi husnungda jonbaxsh irining, ey siyminbadan,
O‘xshashurkim, aylagay Iso quyosh ichra vatan. 
Yo‘q ajab, ey gul, ko‘ngul zaxmi aro novaklaring,
Rasm erur: chun raxna bo‘lg‘an yerga qo‘ymog‘lig‘ tikan. 
Hasratingdin, bilki, o‘lmishmen, agar ko‘yung aro
Bir gado nogah g‘arib uchun tilar bo‘lsa kafan. 
Ko‘zungu zulfu qoshingdin injudek bo‘ldi yoshim,
Xalq ushbu vajhdin derlar, ani durri Adan. 
Voqif o‘l, ey bog‘bonkim, har taraf gul shaklidin,
Sendek elning qabridurkim zohir etmish bu chaman. 
Ko‘nglakining atri jonsiz jismima berdi hayot,
Go‘yiyo el jonidin maxluq o‘luptur ul badan. 
Chun Navoiy nazmining har harfidur sharhi g‘aming,
Desa bo‘lurkim erur har bayti bir baytul-hazan. 
476 
Falak sitezasidin bo‘lma, soqiyo, mahzun,
Qadah keturki, erur besabot olami dun. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling