Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
464
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 258 Ko‘nglum ochilmas dame bu badani zordin, Uylaki, mahkam tugun inichkarak tordin. Hajr aro dardimg‘a rahm qilmasa ul ko‘z ne tong, Kimsa marazg‘a iloj topmadi bemordin. Orazida toblig‘ zulfni ko‘rgilki, bor Mushafi sherozasi rishtayi zunnordin. Gar yorutur el ko‘zin ko‘yi aro ul quyosh, Baski meni so‘rmasa soyayi devordin. Savmaag‘a bormasam ayb yo‘q, ey shayxkim, Hech gilam yo‘qturur kulbayi xammordin. Olam aro yorlig‘ qolmadi, go‘yoki bor Yorg‘a yuz nav’ alam har nafase yordin. Bas manga vayron maqar, sen quvon, ey charxi dun, Toqi muqarnas bila shamsayi zarkordin. Necha jafovu sitam tortqay ahli vafo, Dahri jafopeshadin, charxi sitamkordin. Tan yalangu bosh ochuq, telba Navoiyg‘a boq Kim, ne bo‘lubtur xalos jubbavu dastordin. 465 Ko‘nglum uyin har nechakim, istasang g‘am topqasen, Dog‘i hajru g‘ussayi besabrlig‘ ham topqasen. Kam emas oshiq sanga, solsang meni ko‘zdin, vale Oshiqekim, sodiq o‘lg‘ay men kebi kam topqasen. No‘shi vasl, eykim tilarsen, nishi hijron ko‘rmayin, Chun emas bag‘ring jarohatlig‘ ne marham topqasen. Ne g‘aming yuz zarra sargardonlig‘idin, ey quyosh, Senki rif’atdin Masiho kebi hamdam topqasen. Kulma xam qaddimg‘akim, yuklansa ishqing Qof aro, Ishq ostida yozilg‘an «qof»dek ham topqasen. Muncha furqat ashki birla bo‘lsa do‘zax maskanim, Ko‘zlasang yuz qari o‘tub, xirqam tengin nam topqasen. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 259 Ey nasihatgo‘, Navoiy yaxshidur deb istading, Bilmadingkim, buyla bir rasvoyi olam topqasen. 466 Yuz balo hijron topar har dam bu mahzun jon uchun, Tengri go‘yokim yaratmishtur meni hijron uchun. Hajr uyida man’i ashkimga malomat toshlari Farsh erur, go‘yo yiqilg‘ur kulbayi vayron uchun. Qomating hajrinda ko‘nglum so‘rg‘uchi nosih tili. Nishtaredurkim, yorar o‘q zaxmini paykon uchun. Hajr aro holimni yozdim yod tut, ey navhagar Kim, base loyiqdurursen soz etar daston uchun. Ishq g‘am bazmida egri qaddima jon rishtasin Tor etib, soz ayladi ko‘nglum chekar afg‘on uchun. Ajdaho og‘zi bil o‘tlug‘kim, ochiptur qasdinga Munchakim volihsen, ey bulbul, guli xandon uchun. Chun Navoiy nomayi shavqin yetursang, ey rasul, Tengri haqqi ruq’ae bu zori sargardon uchun. 467 Furqatingdin kechalar o‘rtar meni baxti zabun, Go‘yiyo men bir yonar o‘tmen, qorong‘uluq tutun. Ashk etib g‘ammozlig‘ ko‘nglum buzulsa ne ajab Kim, topar ozor yoshlardin mudom ahli junun. Men tilarmen vaslu aning ko‘ngli har ag‘yor ila, Manga ikki tosh arosinda kerak albatta un. Qaddingu ernning havosi jondadur, ayb etmagil, Bo‘lsa afg‘onim biyik, sayli sirishkim la’lgun. Kim kafanni yod etar, andin o‘lug ogohroq, Gar libosin bilsakim, erur katon yoxud katun. Sayli ashkimdin falak g‘amxonasi vayron edi, Qilmasa erdi jafosi dudi ohimdin sutun. Ko‘rmasam qoshing bo‘lurmen turg‘anim birla fig‘on, Voyi erur, bas chu bo‘lmasa «Navoiy» birla «nun». |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling