Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
260
468 
Sensizin, ey umr, bir soat manga jon bo‘lmasun,
Sen bo‘lu bas, tubiyu firdavsu rizvon bo‘lmasun. 
Deb emishsen: kuyduray bir dog‘ ila ko‘nglin aning
Har nechuk dog‘ o‘lsa o‘lsun, dog‘i hijron bo‘lmasun. 
Qoshig‘a qilg‘ach sujud, o‘lturdi ul kofir meni,
Hech musulmon yori, yo rab, nomusulmon bo‘lmasun. 
Ishqida jonim uqubatlar bila ol, ey ajal,
To aning oshiqlig‘i hech kimga oson bo‘lmasun. 
Ul pariy ko‘nglumda mehmon o‘lmish, ey jon voqif o‘l,
Oh o‘ti dud etmasun, zaxm ichra paykon bo‘lmasun. 
Ey ko‘ngul, maste chiqib shahr ichra solmish rustahez, 
Vah, xabar tutkim, bizing beboki nodon bo‘lmasun. 
Dedikim: jon ber dog‘i o‘pgil ayog‘im tufrog‘in,
Ey Navoiy, tezrak bo‘lkim, pushaymon bo‘lmasun. 
469 
Vaslingg‘a yetibon sog‘inurmen xayol ekin,
Holimni anglaman, manga, yo rab, ne hol ekin. 
Ushshoq ashkidin su ichib bar jafo berur,
Yo rabki, qomating ne ajoyib nihol ekin. 
Zulfungda xol «jim» arosindag‘i nuqtadek,
Yuzungda zulf vard yonindag‘i «dol» ekin. 
Har nechakim kuyarmen, aning zarra mehri yo‘q,
Oyoki, toliim kuni koni zavol ekin. 
Dersenki: seni qaysi pariy telba aylamish?
Ey bag‘ri tosh, bilib yana bu ne savol ekin. 
Zanburning evi kebi ko‘nglum teshuk-teshuk,
La’ling xayoli har teshuk ichinda bol ekin. 
Miskin Navoiy jonig‘a ko‘yungda qilma qasd,
Sayd aylamak haram qushin oxir vubol ekin. 
470 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
261
Ishqing etagin jon iligi birla tutubmen,
Sen kirgali yodimg‘a o‘zumni unutubmen. 
Ko‘nglumga kelur har sari o‘q otsa nedinkim,
Jon shirasidin og‘zini aning chuchutubmen. 
Yoring, dedilar, g‘ayr bila boda ichibdur,
Tahqiqini bilguncha ne qonlarki yutubmen. 
Garm o‘lmangiz, ahbob tilab vasl charog‘in, 
Menkim, yuragim kuydi, ne chog‘lig‘ yorutubmen. 
Hajring tuni ollimg‘a ne mehnatki yetibdur,
Vasling kuni yodidin o‘zumni ovutubmen. 
Xilvat asari ujb ekanin angladim, ey shayx,
Ayb etma, fano dayrida gar kulba tutubmen. 
Ashk ila Navoiy su berur, sabr niholin
Bilmaski, ani ohim o‘tidin qurutubmen. 
471 
O‘lgumdurur chu furqat ila ishtiyoqdin, 
Kel qutqar, ey ajal, meni ushbu firoqdin. 
Tong yo‘q qizarsa lola kebi ko‘z, chu mardumi
Har dam g‘amingda qon yutadur ul ayoqdin. 
Sen may icharsen el bila, ul g‘amza qon qilur,
Men qon yutub nazora qilurmen yiroqdin. 
Atfol sang arbadasi vahmidin dame,
Devonalar kebi chiqa olman visoqdin. 
Ichtim iting safolida may, vah, qachon yug‘ay,
Hayvon zuloli zavqini aning mazoqdin. 
Maydin hayot tutki, beganmas Masihni 
Har shappareki, uchsa bu eski ravoqdin. 
Mutrib bila ne ko‘ngli ochilsun Navoiyning
Kim, men firoqdin desam, ul der Iroqdin. 
472 
Eykim, tanimg‘a jon berasen har tariqdin,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling