Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
276
Qadi naxlidin o‘lsam, do‘stlar, budur vasiyatkim,
Boshim uzra ekib sarve qiling mili mazor andin. 
Jafodin yumsa ko‘z, taskin topar ko‘nglum o‘ti, go‘yo
Qarori yo‘q ko‘zi har dam olur sabru qaror andin. 
Jahon bahri emish muhlik, tuman ming shukrkim, garchi
Ko‘p urdum dastupo, tuttum valek oxir kanor andin
Navoiy yanglig‘ o‘lmish xonaqah ahli surug‘ majnun,
Magarkim sarxush o‘tmish ul pariy devonavor andin. 
499 
Dema mehnat tog‘ining Farhodi sargardonimen,
Toza yuz ming dog‘ ila ul qullaning qaplonimen. 
Lam’ai ruxsoridin parvonadek kuysam ne tong
Menki, yillar ul malohat sham’i sargardonimen. 
Husnungga hayron esam, kelmas ulus hayronlig‘i,
Kimki hayroning emastur, men aning hayronimen. 
Men o‘lar holatdavu jon qasdi aylar ul pari,
Odamiylig‘ ko‘rg‘uzurkim, bir nafas mehmonimen. 
Gar ko‘ngul buzdi meni, yor erdi bois shukrkim,
Chug‘zning yo‘q bir malohat ganjining vayronimen. 
Dayr piri tutsa may, no‘sh etsam ermas aybkim,
Zahr agar ich derkim, aning bandayi farmonimen. 
Telbalikdin aql sari istamish zohid meni, 
Ey Navoiy, muncha nodon bilmas erdim ani men. 
500 
Subhi vaslin elga ko‘rgandin parishonmen bugun,
Shomi hajrin ulki nafi ettim, pushaymonmen bugun. 
Subhi vasl ul, shomi hijron bu, meni sargashta, vah,
Naylagaymen deb, o‘z ahvolimg‘a hayronmen bugun. 
Qayda bilgaymen visol ahli nishotu ayshini
Menki, zoru mubtaloyi dardi hijronmen bugun. 
Doyimo mehmonim erdi yor ko‘yi itlari, 
Jam’ o‘lupturlarki, men borig‘a mehmonmen bugun. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
277
Parlar o‘rnig‘a baliyyat o‘qlarining zaxmidur,
Menki parsiz qush kebi hajringda uryonmen bugun. 
Soqiyo, bir may bila vahmimni kamroq aylakim,
Shomi hajr osibidin behad harosonmen bugun. 
Chun xayoli mehmonimdur Navoiy, ne ajab, 
Gar taxayyul shaxsidek ko‘zlarga pinhonmen bugun. 
501 
Firoqinda ko‘zumdin yig‘lamoq bo‘lg‘aymu kam bir kun,
Kulub kirgaymu vayron kulbam ichra ul sanam bir kun? 
Maloyik, tarqashingkim, ul quyosh hajrinda qo‘rqarmen,
Teshib o‘tgay falakni ohim o‘tidin alam bir kun. 
Harimi vaslig‘a mahramlar oxir shukr eting, kulmang, 
Meni mahrum debkim, men ham erdim muhtaram bir kun. 
Fasonam yozg‘uchi, bilkim, bitik uzra sochar kuldek,
Kuyub sochilg‘usi kog‘azga ilgingdin qalam bir kun. 
Emas g‘am shomi anjum, qatralar ohim tafidin bil,
Ne tong kun ko‘zgusin gar tiyra qilsa ushbu nam bir kun. 
Eshittim, telba it ko‘yida qatl aylar emish, ayting
Kim, ul ko‘y itlaridin erdi bu devona ham bir kun. 
Talab dashtida yillar po‘ya aylab, vahki, to yettim
Harimi vaslig‘a derkim, bo‘lur tavfi haram bir kun. 
Ko‘nguldin tavba qaydin raf’ qilmas xonaqah shayxi,
Magarkim, dayr piri zohir etkay bu karam bir kun. 
Navoiy, ruhparvar nuktavu muhlik tajarruddin
Ajab, gar qo‘ymag‘ay ko‘kka Masihodek qadam bir kun. 
502 
Jamoling shavqidin g‘am shomi kuymak ibtilosidin,
Ko‘zum sham’i kul aylaptur ayon qonlig‘ qarosidin. 
Firoqingda tugan uzra tugon qo‘ydum ne hosilkim,
Manga un bo‘lmadi hosil, bu ikki tosh arosidin. 
Quyoshni Yusufum bay’ig‘a bermak bor esa mumkin,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling