Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
291 Navoiy garchi o‘ldi lola yanglig‘ G‘urur dog‘ing bila qonlig‘ kafanda. Nechakim shoh beparvolig‘ etsa, Kerak o‘ksutmasa qullug‘ni banda. 528 Ko‘nglumning ohi qatrai xuni jigar bila Dudedururki, ayrilur o‘tdin sharar bila. La’l uzra xolu xatki, yuzung ko‘zgusidadur, To‘tiyg‘a hindu o‘rgatadur so‘z shakar bila. Ul sho‘x ko‘nglum oldi solib jismima shikast Bir tifldekki, shoxin ushatqay samar bila. Nozuklugidin erkin, yo men hasudmen, Bukim aning belin ko‘ra olmon kamar bila. Dardoki, olam ahlida bir yor topmadim, Tun-kun niyozi shomu duoyi sahar bila. Bu g‘ussadin dedimki, bo‘lay umrum oxiri Shohi sipehrqadr Muhammad Umar bila. El moni’ o‘lsa, tushti Navoiy kebi ishim Majnun bo‘lub adam yo‘li sari safar bila. 529 Zihe hayvon suyidek lablaringning hasrati jonda, Xating Xizriki, pinhondur va lekin obi hayvonda. Yuzung haq nuri, jisming ruhi pok, ey ruhdek g‘oyib, Seningdek bir malak siymo pariyvash yo‘qtur insonda. Iki ko‘zkim, arosindin chiqib yosh o‘tti boshimdin, Biaynih g‘arq bo‘lg‘an kemalardur bahri ummonda. Degaysen bahr davrida qamishlig‘ ichra o‘t tushmish, Ko‘zum girdida qon yoshkim, yugurur xori mujgonda. Emas paykonining ravshanlig‘idin bu ko‘ngul aksi Har o‘qkim, ul otar ko‘nglum erur, albatta paykonda. O‘tub yillar, ul oy bir kunki kulbam sari yo‘l ozg‘ay, Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 292 Yomon toli’din ul kun bo‘lmag‘aymen baytul-ahzonda. Navoiy qon yosh ichra g‘arqu yori may ichib doyim, Der ermish: zarq aylaydur, ko‘rung men qanda, ul qanda? 530 Pardag‘a kirgan kebi xurshidi raxshon har kecha, Azmi xilvat aylar ul sham’i shabiston har kecha. Ul kulub ahbob birla subhdek, men sham’vor O‘rtanib ko‘nglum to‘karmen durri g‘alton har kecha. Bir quyosh hijronida uryon tanim gardun kebi Mehr o‘tidin ko‘rguzur ming dog‘i pinhon har kecha. Gah-gah, ey maxmuri xobolud, so‘r ul xastani Kim, yetar og‘zig‘a la’ling yodidin jon har kecha. Nosiho, ne nav’ pinhon toat aylakim, olur Dinu donish naqdini bir nomusulmon har kecha. Bir kecha so‘rg‘il meni andin burunkim, so‘rg‘asen, Qani ul bedilki, aylar erdi afg‘on har kecha. Chek, Navoiy, nola, ko‘z may bersunu bag‘rim kabob, Chun bo‘lur ul oy xayoli bizga mehmon har kecha. 531 Ul musofirkim, erur barcha sipoh ahlig‘a shoh, Jismu ruhi xoksorimdur anga gardi sipoh. Dedilar, ul shah qilur yo‘l azmi, bu ummid ila Ko‘ksuma tirnog‘lar birla chekibmen shohroh. Raxshining javlonini ko‘rgach yer o‘psam men zaif Yo‘q ajab, chun xam bo‘lur ermish itik yeldin giyoh. Novaki birla to‘shuk bo‘lg‘an ko‘ngul ahvolini Necha sharh aylay desam, og‘zimg‘a kelmas g‘ayri oh. Ko‘zda ashkimdin qochib, kirdi xayoli ko‘ngluma, Ko‘p yog‘indin yo‘lda el vayrona qilg‘andek panoh. Buki hajringdin o‘lubmen bo‘lmasa bovar sanga, Jonu ko‘nglumkim sening birladurur, basdur guvoh. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling