Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
295 536 Qil uchi ko‘rmay og‘zingdin nishona, Anga oshiq bo‘lubmen g‘oyibona. Xating bosh chekkali xoling ko‘runmas. Ko‘kardi chun ekin, gum bo‘ldi dona. Bahona qilmay el qonin to‘karsen, Manga yetkach qilursen bir bahona. Bulut ermaski, gardun yuz yashurmish Ki, tortar shu’layi ohim zabona. Bu javlonkim qilursen, vah, zamone, Inon chekkilki, qo‘zg‘aldi zamona. Fano ahli so‘zin ko‘p ayla mazkur Ki, uyqu daf’ etar ushbu fasona. O‘tar yoring, Navoiy, arz qilkim, Qadam qo‘ysang yaqindur bandaxona. 537 To ko‘rubon yuzin quyosh qolg‘ali ishtiyoqig‘a Goh boshig‘a evrulur, goh tushar ayoqig‘a. Qoshida xoli hinduyi kofir erurki ahli din Qatli uchun chiqibdurur ko‘z sola dayr toqig‘a. Dardu balovu g‘ussani ko‘nglum aro keturdi ishq, Do‘stlarin birav kebi kim tilagay visoqig‘a. Vasl meni chu o‘lturur, bor sanga o‘lmagim g‘araz, Rahm etib, ey ajal, meni solma aning firoqig‘a. Po‘ya qilurda chobukum uchti rikobida pariy, Naqsh sog‘inma zeb uchun sizg‘an aning janoqig‘a. Tolibi faqr bor esang barcha bila muvofiq o‘l, Sen kimu e’tiroz kim ahli zamon nifoqig‘a. No‘shi labing zulolidin xasta Navoiy ichkali Cheksa hayot sharbatin, zahr kelur mazoqig‘a. 538 Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 296 Tushti o‘t ko‘nglum uyiga ohi dardolud ila, Ko‘zda kirpik dema bu ravzan, qorarmish dud ila. Telba it deb har taraf yo‘ldin qocharlar ahli hush, O‘t sochib og‘zim, yugursam jismi gardolud ila. Charx sayr etmas, nechuk subh istagaymen g‘am tuni, Javfi chun madrus erur bu shomi qiyrandud ila. Yusufum hajrida Ya’qub g‘am ichra, mutribo, Uylamenkim, xushlug‘um yo‘q nag‘mayi Dovud ila. Dema har dardingg‘a aylay bir davo, qo‘ykim o‘lay Kim, malul o‘lg‘ungdurur bu dardi noma’dud ila. Shah tilar davlat baqosin, men gado yor og‘zini, Ranjadur shohu gado bir komi nomavjud ila. Ey Navoiy, qildilar dunyoni rad ahli qabul, Gar desang maqbul o‘lay, yor o‘lma bu mardud ila. 539 Lablaringkim, hayf erur teng tutmoq ani qand ila, Sindurur yuz qand bozorini shakkarxand ila. Toki hayronmen sanga nomus ila itmish ko‘ngul Telba yanglig‘kim, qochar el g‘ofil o‘lg‘ach band ila. Odam ul soatki jannat ichra avlodin ko‘rar, Ne quvang‘ay, dam-badam sen nozanin farzand ila. Qo‘y nasihat, zohidu o‘tlug‘ damimdin vahm qil, Telba it imkoni yo‘qturkim sog‘alg‘ay, pand ila. Hojatingni elga arz etmakka hojat bo‘lmasun, Xush chiqishsang lahzae bu zori hojatmand ila. Lablaring hajrinda yuz parkandkim bo‘lmish ko‘ngul, La’l erur mahlul qon o‘rnig‘a har parkand ila. Chun Navoiy ko‘ngli sindi emdi lutfung ne osig‘ Kim, ushatsa shishani butmas yana payvand ila 540 Mehrdin dermenki, bo‘lsam doyim ul oyim bila, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling