Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
299 Bir o‘t sharorasidin jismi notavonimg‘a. Yana ne novaki mujgon ediki, qatlim uchun Tiqildi ko‘ngluma, ya’niki kirdi qonimg‘a. Yana ichimga magar ishq soldi o‘tki, chiqar Shararlari qotilib oh ila fig‘onimg‘a. Balo o‘ti yonadur to‘sh-to‘shimdin, ey nosih, Eshit nasihatu zinhor kelma yonimg‘a. Sarig‘ yuzumni qizil qilmadi visol mayi, Bu gulshan ichra bahor o‘lmadi xazonimg‘a. Navoiy itti qo‘yub yodgor xasta ko‘ngul. Dediki, yetkurung albatta dilsitonimg‘a. 545 Meni gadoy qachon yettim ersa shohimg‘a, Yuzumni yerga qo‘yub shukr dey ilohimg‘a. Ko‘rushmagimga agar bo‘lsa multafit, bo‘lg‘ay Visol tubiyi jannat bila giyohimg‘a. Gunah yiroqlig‘im erdi, chu lutf mazharisen, Inoyat aylagilu boqmag‘il gunohimg‘a. Dedi safarda sutun birla borgohimdur Kishiki, boqti falak birla dudi ohimg‘a. Baho tuganlarim o‘lmish visol uchun, hayhot, Kishi bu tuhfani sotqaymu ul darohimg‘a. Buzuldi ko‘zu ko‘nguldin ishim, magar tushqay Bir ahli dil ko‘zi bu holati tabohimg‘a. Navoiyo, yana gar yor yuzini ko‘rsam, Mutiu qul bo‘layin baxti nekxohimg‘a. 546 Ko‘ngluma anduh yelidin g‘uboredur yana, Go‘yiy ani qo‘zg‘ag‘an chobuksuvoredur yana. To ne gullar ochqay oxir ishq aylab chok-chok, G‘unchadek ko‘nglumda bukim xorxoredur yana. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 300 Oh dudin sahl tuttum, ohkim ul dud aro Sabr uyin kuydurgali har yon sharoredur yana. To labing ushshoqdin jon olmoq etti ixtiyor, Jon berurga har taraf beixtiyoredur yana. Tong yelidin bo‘ldi go‘yo sunbulung oshuftakim, Har qayon boqsam parishonro‘zgoredur yana. Yerga sochqan ter fano dashtida solik jabhasi, Gavhari maqsudidin har dam nisoredur yana. Raf’ o‘lub erdi Navoyining jununi, ey pariy, To sanga tushmish ko‘zi majnun shioredur yana. 547 Ko‘radurmenki borur yoru qolurmen meni gumrah, Bora olman, tura olman, ne qatiq holat erur, vah. Hajridin jonima yuz biym qolayin desa andin, Xo‘yidin ko‘ngluma ming vahm bo‘layin desa hamrah. Ko‘yung ummidi, yuzung hasrati birla, agar o‘lsam Yovumay ravzag‘a vollah, tilamay hurni billah. Mayg‘a mashg‘ul o‘lubon hajrni umdan unuturmen, Buzulur zor ko‘ngul, kirdi esa yodima nogah. Aql taklif qilur ko‘nglumakim, tarki junun qil, Telbadin kim bu tama’ tutqay, agar bo‘lmasa ablah. Shohu soyilg‘a nasib ar ko‘pu ozdur, ne tafovut, Teng nasib o‘ldi, chu tufroqqa agar soyil, agar shah. Yor g‘ofillig‘idin zulfida jon berdi Navoiy, Sayd o‘lar domda, sayyod agar bo‘lmasa ogah. 548 Vahki, bir badmehr o‘qi jonimg‘a parrondur yana, Tiira ko‘nglum kulbasining sham’i paykondur yana. Bir pariy ishqida jonning nuqta birla «nun»idek, Notavon jonimda na’lu dog‘ pinhondur yana. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling