Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
297 Naylayinkim, charx evrulmas mening royim bila. Hajr aro mendurmenu purohu purxam qomatim, G‘am cherigi xasmu men bu nav’ o‘q-yoyim bila. Ahli majlis kuydurur tilin kesib, boshin uzub, Sham’ da’vo qilsa mohi majlis oroyim bila. Ko‘hi dardu teshayi hijronni so‘r Farhoddin, Anglamas Xusravki, Shirin birladur doyim bila. Husnig‘a har lahza hayronroqmen oxir yaxshidur, O‘lmasam nogah bu ishqi hayratafzoyim bila. Bo‘lmayin dayri fano xammori gar qilsam badal, Shohidi xudbin ridosin bodapoloyim bila. Dam-badam miskin Navoiyning degil qon yutmog‘in, Ey qadah, gar hamdam o‘lsang bodapaymoyim bila. 541 Gar sabodek hamdam erman sarvi ozoding bila, Bormen, ey gul, qaydakim bo‘lsam, sening yoding bila, Range yo‘qtur chun qizil guldin sanga, ey andalib, El qulog‘in asru ko‘p yolqitma faryoding bila. Eyki dersen, ko‘zlarim ko‘nglungni ne nav’ etti sayd, Bir kabutar netsun oxir ikki sayyoding bila. Masjid ichra butparast o‘lmoq necha, ey piri ishq, Din uchun kirdim fano dayrig‘a irshoding bila. Sehr erur, ey ishqkim, ko‘nglum bila paykonidin, Xirqayi jism ichra o‘tu suni asroding bila. Gar itobe zohir etsang o‘zgalarning ko‘nglin ol, Negakim men xo‘y etibmen zulmu bedoding bila. Ey Navoiy, telbalik tark etkasen ko‘rgach visol Hur siyratlik, malak xo‘luq pariyzoding bila. 542 Vahki, ul sho‘x borib, jonima o‘t soldi yana, Telmurub ikki ko‘zum yo‘lg‘a boqib qoldi yana. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 298 Nechuk o‘lmay meni bemorki, Iso nafasim Ko‘rdi holimniyu ko‘rmasga o‘zin soldi yana. Yig‘lang, ey sham’u surohiyki, o‘larimni bilib, Mutribi nag‘masaro navha kugin chaldi yana. Zaxme istar edi ko‘nglum qilichidin, go‘yo Ilgiga tiyg‘ mening ko‘nglum uchun oldi yana. Aqlu din naqdi fano dayri aro kirmas egach, May bila mug‘bachalar yo‘lida sayfaldi yana. Sabr elin yig‘mish edim chiqmas egach ul xurshid Voykim, zarra kebi har sari qo‘zg‘oldi yana. Yo‘lda, ey Xizri rahim, xasta Navoiy qo‘lini Kim, bu yo‘l po‘yasidin bag‘ri aning toldi yana. 543 Ko‘nglum og‘zingning xayolidinki to‘lmish g‘am bila, Naqd uza mumedururkim, naqsh erur xotam bila. G‘am tuni anjumni ohim o‘qlari zaxmig‘a charx Ul momuqlar bilki, qo‘ymishdur yasab marham bila. Yig‘lama, ey ko‘zki, bormas zulm naqshi ko‘nglidin, Toshda qozg‘on xat ne imkonkim buzulg‘ay nam bila. Ul alifdurkim ayondur bir tarafdin shamrasi, Qaddi bir yondin osilg‘on mushkbo‘ parcham bila. Shayxi g‘ofil ko‘nglin etti zarq ohidin qora Tifldekkim, ko‘zguni qilg‘ay mukaddar dam bila. Ohkim, ovora bo‘ldum ayta olmay shammae, Yoshurun ko‘nglumdagi dardimni bir hamdam bila. Ey Navoiy, gar desangkim benavolig‘ ko‘rmayin, Oshnolig‘ qilmag‘il jinsi baniy odam bila. 544 Yana ne o‘t edikim tushti xonumonimg‘a, Yana ne sho‘‘la edikim, tutashti jonimg‘a. Yana ne barq edikim, tushkach o‘rtadi xasdek, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling