Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
289 Ki, payvand aylamishsen ul so‘ngaklarni baqam birla. Tugan birla alifdin, ey munajjim, holatim ko‘rgil, Ki, ko‘ksum taxtayi raml o‘ldi har yon bu raqam birla. Ko‘ngul mashhudig‘a chun bo‘ldi vosil bo‘lsa bo‘lsun til Agar qoyil samad birla vagar zokir sanam birla. Taayyun xirmanin kuydurgay ammo barqraftore Ki, ko‘kdin yercha manzil qat’ qilg‘ay bir qadam birla. Dema ko‘ksumda eskirgay tuganlarkim, ko‘zum har yon Chu to‘kti qatra dog‘ o‘ldi bu sarig‘ safha nam birla. Qadu zulfung bila og‘zing tilab ko‘z yumdi olamdin, Navoiyg‘a tarahhum aylakim, bordi alam birla. 524 Kuydi ko‘nglumkim, nedin manzil emas jononag‘a Tushti o‘t ganj orzusidin bizing vayronag‘a. Ul pariy usruk ko‘zin istab biyobon tutmisham Kim, kiyik birla mudom ulfat bo‘lur devonag‘a. Keldimu ko‘rdum yuzin qayturmen emdi o‘rtanib, Sham’ni ko‘rgan nafas yonmoq kerak parvonag‘a. To manga begona bo‘ldung ko‘nglum o‘ldi shodkim, Oshnodin ulfating ko‘prakdurur begonag‘a. Charxdin yig‘larsen, ey ko‘z, bilki bo‘lmish yetkudek Sayli ashkingdin xalal bu ertagi g‘amxonag‘a. Eyki, istarsen berib jon, vasl topqanlar so‘zin, Safhag‘a o‘t sol qachon yetsang bizing afsonag‘a. Ey Navoiy, necha bag‘ring su bo‘lub to‘kkung sirishk, Toyiri davlat chu boqmas bo‘yla obu donag‘a. 525 Yonida el ko‘rsam o‘q sanchilmasunmu jonima, Menki g‘ayratdin ravo ko‘rman ani o‘z yonima. Zaxmliq jonimki, ishqi o‘tidin xursand erur, O‘t emas ul marhamedurkim, yoqibdur jonima. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 290 Vaslig‘a ko‘z mahram ermastur, netib mahram bo‘lu Ikki tar domanki, tanug‘lug‘ berurlar qonima. Chun yetar ul oyg‘a afg‘onim, erur bu dam-badam Kim, chiqib jon dog‘i hamrah bo‘lg‘usi afg‘onima. Aqlu jondin ishqida begona bo‘ldung, ey ko‘ngul, Ket xudoy uchun, bugundin so‘ng meni ham tonima. Tan uyin dard o‘qi ko‘p zaxm etti, ammo shukrkim, Kirmadi noshukrlug‘ saylobi bu vayronima. Ey Navoiy, kuldi ul gul ashkima, bo‘lmay xalos Yig‘lamoqdin, kom agar budur guli xandonima. 526 Anbari tar istaman yuz uzra xoling borida, Kam ko‘runur yangi oy mushkin hiloling borida. Siymi ashkim itlaringning yo‘lida sarf aylaram, Chun demishturlarki qozg‘on do‘st moling borida! Chashmayi hayvondin, ey jonim, su ichmaydur ko‘ngux Xizrvash xatting aro shirin zuloling borida. Chun vafo qilmas kishiga oqibat davroni husn, Bas g‘animat bil vafo qilmoq jamoling borida. Degasen, miskin Navoiy nolasin bulbul kebi Ey sabo, ul gul harimig‘a majoling borida. 527 G‘amidin garchi jon yo‘q erdi tanda, Tirildim la’lidin o‘ldum deganda. Kecha bog‘ ichra borsam bo‘e topman, Qadingdin sarv birla norvanda. Yashurun necha ko‘z solsam adamning Vujudi yo‘qtur og‘zing bor ekanda. Tilar kirpiklaringni zor ko‘nglum, Bo‘lur bulbul yeri doyim tikanda. Dema gul umrin oz, ey bog‘bonkim, Seningdek ko‘pni ko‘rmish bu chamanda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling