Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
286
Jilva aylar sarvimu, yo g‘unchayi xandonimu? 
Eyki, berding dahr sho‘xig‘a ko‘ngul, qatling uchun
Ishvayi paydosimu yo‘q, ofati pinhonimu? 
Qatl qildilar Navoiyni valekin bilmadim,
Ko‘nglin oldurmoqmu erdi, yo ko‘ngul olg‘animu? 
518 
Shomi hajr o‘lturdi bu noshodni, sen shod uyu,
Qayg‘um etti qasdi jon, sen qayg‘udin ozod uyu! 
Kecha gar to subh moni’ erdi nolam uyqunga,
Chunki bo‘ldi daf’ ul afg‘on bila faryod, uyu. 
Bizni hijroningda so‘ngg‘i uyqu bosti, bori sen
Ko‘z ochib noz uyqusidin bizni qilsang yod, uyu. 
Sen bag‘oyat mastu usruk, nargising uyqu to‘la,
Chunki g‘unchang dag‘i qildi esnamak bunyod, uyu. 
Tun erur kech tongla topqung uyqusizlig‘din xumor,
Bir zamon boshing qo‘yub, ey sarvi huriyzod, uyu. 
O‘tti yarim kechayu yaxshi emas masti xarob,
Ko‘z yumub ochquncha suhbatni qilib barbod uyu. 
Ey Navoiy, mast bir tun ko‘z oyog‘ig‘a qo‘yub,
Uyg‘anurg‘a hashr subhin aylabon miod, uyu. 
519 
G‘amimnimu deyin yo beg‘am elning mojarosinmu?
Ko‘ngul holinmu yoxud ko‘nglum olg‘anning jafosinmu? 
Qatiq ishqim balovu shiddatinmu aylayin taqrir
Yo‘q ersa benihoyat ishtiyoqim ibtilosinmu? 
Adadsiz dardu ranjim sa’b ekannimu qilayin sharh,
Sifatqa rost kelmas shavqum oshubi balosinmu? 
Ko‘ngulda vasl bog‘i orzusinmu bayon aylay,
Bag‘irda xori hijron no‘gining muhlik yarosinmu? 
Vafosiz yor beparvolig‘iningmu so‘zin aytay,
Manga javru jafo tiyg‘in urub, elga vafosinmu? 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
287
Falak zulmi, ulus bedodi yo bir sarvi ra’noning
Mening holimni aylab behavo har yon havosinmu? 
Navoiy, iltifot og‘oz qildi yor, bilmankim,
Firoqidin shikoyatmu qilay, vasl iltimosinmu? 
520 
Nazarg‘a kelgali ul ikki nargisi jodu,
Ko‘ngulda yo‘qturur oromu ko‘zda ham uyqu. 
Ko‘ngulki qayg‘u sipohi bila nizo’ etti,
Ne shod o‘layki, ko‘ngulni bosipturur qayg‘u. 
Ko‘zung Xo‘tan kiyigidur, yuz uzra xollaring
Magarki nofasidin mushk sochti ul ohu. 
Ko‘ngulni tuz, tilasang foyiz o‘lsa tuz ma’no,
Nedinki, egri esa egri ko‘rguzur ko‘zgu. 
Xush ulki, dayrg‘a borg‘ach qadahni mug‘bacha mast
Yukunub ilgima berdi chiqib kelib o‘tru. 
Chu kofir urdi bu yanglig‘ yo‘lumni, din lafzin
Yana tilimga kechursam uyat erur asru. 
Navoiy, o‘ynadi jon xalqdin burun, rahm et,
Chu qildi jaldliq, emdi kerak anga jo‘ldu. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling