Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
278 Degaymen tangai bay’onadur, ermas bahosidin. Chekay ishqing yukin deb, xasta ko‘nglum qon yutub g‘am yer, Ne quvvat kasb eta olg‘ay bu sharbat, ul g‘izosidin. Jafosi tirguzur elniyu men bu ayshdin mahrum, Musulmonlar bilingkim, o‘lgum ul kofir jafosidin. Erur majnun ko‘ngulda yuz girihkim, ne sababdindur Musalsal qissalar el ichra zulfung mojarosidin. Xumori hajrdindur tiyra ko‘zu ko‘nglum, ey soqiy, Yorutqil ham jamoling sham’idin, ham man safosidin. Gar o‘lsam, dayr piri tong belim zunnor ila mahkam! Manga tobutpo‘sh aylab fano dayri palosidin. Adam farshida to qo‘ydi fano toshi uza boshin, Navoiy or etar yer nat’iyu ko‘k muttakosidin. 503 Man’ qilmas ashk la’lingdin tutashqon jon o‘tin, Past ne nav’ aylagay daryo suyi marjon o‘tin. Ulki aytur hajr taskini uchun dog‘ o‘rtagil, Ko‘rmamish boshtin-oyog‘im o‘rtagan hijron o‘tin. Ishq dashtining samumidin gumon etkay quyun, Vodiyi hijron aro ko‘rgan bu sargardon o‘tin. Bul’ajablig‘ ishq aro ko‘rgilki, ko‘nglum cheksa oh Zaxmi og‘zidin musha’biddek sochar har yon o‘tin. Otashin guldin qizarmish bog‘ yoxud andalib, Urdi gulbunlarg‘a gul hijronidin afg‘on o‘tin. Charx uza ermas shafaqkim, o‘rtanurga ahli dard Tez etar har tun qazo otashgahi davron o‘tin. Ey Navoiy, har nasim ul gul harimi tavfidin Kim, yetar ravshan qilur ko‘nglumdagi hirmon o‘ti 504 Sirishk qonin oyog‘ing uchun xino qilayin, Qabul tushsa qarog‘im ezib qaro qilayin. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 279 Aqiqi la’linga jon javharin nisor aylay, Savodi xolingg‘a ko‘z mardumin fido qilayin. Qora menging bila qadding xayoli kelsa, vatan Munga ko‘z ichra yasay, anga jon aro qilayin. Qadingki soya soliptur, ulay anga, ya’ni Ki, ishq ilmin alifbedin ibtido qilayin. Labini qasdima tishlar, yuziga telmursam, Boqib turub necha o‘z jonima jafo qilayin. Ko‘ngul qushikim erur jilvagohi gulshani quds, Bu domgohda nedin ani mubtalo qilayin. Navoiyo, g‘amim ahli vara’din o‘lmadi kam, Qo‘y emdi maykada piriga iltijo qilayin. 505 Chekkanda naqqoshi qazo ul sarvi gulrux suvratin, Go‘yo beganmay tashlamish tarh aylab oy, kun hay’atin To jilva qildi ul sanam, Laylo so‘zi bo‘ldi adam Savdom o‘ti chekkach alam, past etti Majnun shuhratin. Ruxsor ochib ul siymbar, qomatni aylab jilvagar, Uzdiyu kesdi sarbasar gul rag‘batin, sarv ulfatin. Ko‘nglum yuzung bechorasi, jonim labing xunxorasi, So‘r, ey jahon ayyorasi, gohe alarning holatin. Taqvo evi hamvor erur, subham ipi zunnor erur, Uy kulbayi xammor erur, to ko‘rdum ul Chin lu’batin Jannatqa qilmasmen nuzul, ul ko‘y aro topsam vusul, Do‘zaxni aylarmen qabul, ammo yo‘q aning furqatin. Aylab salosil orzu, ortar jununum mo‘-bamo‘, Nogah nasimi mushkbo‘ yetkursa zulfung nakhatin. Ish sirrin oyo kim bilur, kimdin bu mushkil ochilur, Zahkim, bu g‘am muhlik qilur, har lahza ko‘nglum holatin. Bo‘lg‘il, Navoiy, ro‘barah, qilg‘il fano ko‘yin panah, Tark ayla zuhdu xonaqah, qil dayr piri xidmatin. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling