Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
270 Shikebu sabr uyin buzdiki, ruxsorinda ko‘rguzdi Xatidin nur uza zulmat, yuzidin o‘t aro gulshan. To‘karsen qon ko‘zung birla, berursen jon so‘zung birla, Ajoyib zufununisenki, har fan ichra sen yakfan. Malomat toshi dog‘idin yorudi ishratim sham’i, Ajab ko‘kurd o‘tidin ayladim bu sham’ni ravshan. Yasarda sun’ me’mori falak g‘amxonasin go‘yo Ki, qildi dardu g‘am kirmakka har kavkabni bir ravzan. Sen istab Xizr umri, turfa bukim, gunbadi xazro Yuziga tun qorasin surtubon aylar sanga shevan. Navoiy, asrabon tamkin, kishidin istama tahsin, Chu shah ko‘rguzdi istihson, ko‘rub nazmingni mustahsan. 489 Azal naqqoshi tarh aylarda gul bargi namudorin, Magar pargor qildi bulbuli sargashta minqorin. Qazo mashshotasi parvonalar jismi kuli birla Hamonokim, yorutdi sham’ning mir’oti ruxsorin. Degin, Majnun qora jonining uzgan rishtasidindur Ki, sun’ ilgi mutarro qildi Laylo zulfi zunnorin. Magar Farhod jonidin sizib qonidin etti rang Qadar suvratgari Shirin labi la’li shakarborin. Tarozu bargi gul, ip rishtayi jon, tosh la’l etti Chekarda xozini hikmat labing yoquti miqdorin. Qarog‘larim emastur, balki topqach ko‘zga qoqmishmen, Itardin vahm etib, raxshing sitomin, balki mismorin. Ayog‘ing kirpigimdin og‘rig‘an bo‘lsa, yorib ko‘ksum Isiq qonimg‘a qo‘ykim, ul hino-o‘q, cheksun ozorin. Xarobot ahli uru dog‘, derkim, kuydurung, soqiy, Davo yo‘q sirmabon qochmoqdin o‘zga shayx dastorin. Magar bo‘ldi quyun tufrog‘ ila yel, may, su birla o‘t, Yasarda masti sargardon Navoiy xilqati zorin. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 271 490 Rashkdin dermenki mehr itsun sipehr ayvonidin, Bori itqay soya ayvon ichra aning yonidin. Ko‘ksuma urmoqqa olg‘an toshqa o‘qi tegdi, lek Qildi kul jismimni o‘tkim, sekridi paykonidin. Otashin ochildi ichkach bog‘ning oq gullari Ashk ila har qatraekim, bordi bag‘rim qonidin. Anjum ermaskim, falak mir’oti ichra tushti aks, Baski, dur sochildi yer uzra ko‘zum ummonidin. Dema nolangdin yumulmas ko‘zlarimkim, tong emas, Kelmasa bemorlarg‘a uyqu it afg‘onidin. Mehrning ermas shafaq ichra shuoiy xatlari, Hajr zulmi qon to‘kar har shom aning mujgonidin. Jon olur la’lim hadisi, deb meni qo‘rqutmag‘il, Kim, bu bir so‘zdurki, aytursen Navoiy jonidin. 491 Ko‘rubmen kirpiging boshitin-ayog‘ teshkan ko‘ngul holin, Qushedurkim, tiriglay yulmish o‘lg‘aylar paru bolin. Ekib tuxmini andoqkim ochilg‘ay bo‘stonafro‘z, Ochar xunoba ko‘z bog‘ida eksam donayi xolin. Jamolin va’d agar debmen, ko‘p etma, ey arab, hayrat Yuzi aynin ko‘rub har yon nazar qil zulfdin dolin. Tanimnikim, quruptur xomadek nol o‘qlaringdindur, Qalam qilsang qil, ammo tashlama har yon chekib nolin. Bu majnun qatlin ul tifli pariyvash istamas bo‘lsa, Nedin toshlar bila qasdimg‘a soldi shahr atfolin. G‘amin ko‘rmang balo tog‘ida la’li shavqidin jonni Ki, har bir toshidin sotmas abad umrig‘a misqolin. Chu bo‘lmas sham’siz parvonavu gul birladur bulbul, Firoq o‘rtar ko‘ngulni chun ko‘rar vasl ichra amsolin. Sabuhiy jom ila xushmen, nechuk xush bo‘lmag‘ay ulkim, Munungdek axtari farxunda qilg‘ay subh aning folin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling