Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
264
Manga tama’ karam ahlidin o‘ldi may vajhi,
Yo‘q ersa yer quyi ul ganjim, yig‘ar qorun. 
Muraqqa’ uzra diram kebi vuslalar ne osig‘
Ki, bir diramg‘a chog‘ir uchun o‘lmag‘ay marhun. 
Bu shukr uchun gahe, ey sho‘x, ber nazrki, xudoy
Seni azizu sharif etti, bizni xoru zabun. 
Yema bu lujjayi miyno rumuzi hallig‘a g‘am,
May ichki, topmadi hech kim bu safhag‘a mazmun. 
Xumor jonima qasd etti, soqiyo, may ber 
Ki, jong‘a solsa bir o‘tkim, boshimg‘a chiqsa tutun. 
Navoiy nazmidurur yaxshi, gar quloq solsang,
Tarannumeki qilur o‘zi birla ahli junun. 
477 
G‘am yelidin, yo rab, ul gulga g‘ubore bo‘lmasun,
Balki onsiz dahr bog‘ida bahore bo‘lmasun. 
Qaddining sarvig‘akim, bog‘i latofat naxlidur,
Chashmayi hayvondin o‘zga jo‘ybore bo‘lmasun. 
Ayshu ishrat jomidin bo‘lsun yuzi gul-gul, valek
Ko‘ngliga g‘am gulbunidin xor-xore bo‘lmasun. 
Jilvasoz o‘lg‘anda maydon ichra chobuk sho‘xlar
Shohu sarxayl andin o‘zga shahsuvore bo‘lmasun. 
Gar buyursang sadqa boshig‘a evurmak, ey rafiq,
Budur ummidimki, mendin o‘zga bore bo‘lmasun. 
Dahr bog‘ining nasimi sovurur gul xirmanin,
Anga ul gul gulshani sari guzore bo‘lmasun. 
Ey Navoiy, qil duo jonig‘avu jahd aylakim,
Mayling aning qullug‘idin o‘zga sori bo‘lmasun. 
478 
Eykim nafase g‘oyib emassen nazarimdin,
Vahkim, g‘ami hajring oqizur qon jigarimdin. 
Rasvolig‘ o‘ti birla tutashib keladurmen


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
265
Ey ahli salomat, qo‘punguz rahguzarimdin. 
Sen g‘ofilu men vahm qilurmen kecha-kunduz,
Bu nolayi shabgir ila ohi saharimdin. 
G‘am yelidin ul nav’ o‘tum urdi alamkim,
Yuz barq yasar abri balo har shararimdin. 
Beling g‘amidin mo‘ya bila yig‘ladim oncha
Kim, ashk duru gavhari o‘tti kamarimdin. 
Ey zuhd, yo‘lum urmaki, bu marhala ichra
Maqsadg‘acha sensen biri yuz ming xatarimdin. 
Ey ishq, fano yo‘li sari boshlaki, tinman
Gar topsa Navoiy xabar ushbu safarimdin. 
479 
Ne tirigmen, ne ulug, ne sog‘, ne bemormen,
Ayta olmankim, firoqingdin ne yanglig‘ zormen. 
Nuqtayi og‘zing g‘amidin tortibon jadvaldek oh,
Ashk saylin oqizib sargashta chun pargormen. 
Do‘stlar, ko‘nglum hadisin demangiz tengri uchun
Kim, men ul devonayi sargashtadin bezormen. 
Ko‘nglagingdinkim topar jon dam-badam Yusuf isi,
Ey azizim, men ham ul ko‘nglak aro bir tormen. 
Bir quyosh hajrinda tundek ro‘zgorim tiyradur,
Tong emas gar tun kebi motam tutub yig‘larmen. 
Mayda afyun ezgil, ey mug‘kim, bu eski dayr aro,
Telbararmen g‘ussadin gar bir nafas hushyormen. 
Nevchun el dushnomu ta’nidin bo‘lay oshuftahol,
Ey Navoiy, chun nekim derlar yuz oncha bormen. 
480 
Sarveki nolishim biyik o‘ldi havosidin,
Yuz ming fig‘onki, ogah emas mubtalosidin. 
Ko‘nglumni ko‘zlaridin ayirmangki, chiqmag‘ay
Majnun nasihat ila kiyiklar arosidin. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling