Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
256
Ne uchunkim, to may ichmish bosh ko‘tarmas bodadin. 
Boqmasa tasbihu mushaf xattig‘a yo‘q aybkim,
Forig‘ ermas dona nuqliyu harifi sodadin. 
Ro‘zasin siro‘za may qilsa ne tongkim, sa’b erur,
Nasya ummidig‘a kechmak ishrati omodadin. 
Tokim ul gulsiz bulut yanglig‘ havoyiy bo‘lmisham,
Bazmi ayshi yodidin ashkim qolinmas bodadin. 
Mayg‘a jonim rahn etay maxmur esamkim, farz erur
Sarvi ozodeg‘a qulluq oshiqi ozodadin. 
Kim qizitti ishq o‘ti birla ko‘ngul, maydin dimog‘, 
Ne g‘ami bor nosihi beaqlu shayxi lodadin. 
Za’fdin maxmurlug‘ yiqti Navoiy jismini,
Yor ayshi bazmida yod aylang ul uftodadin. 
461  
Chiqarg‘ach ul mahi mahmilnishin oraz niqobidin,
Jarasdek nola aylarmen ko‘ngulning iztirobidin. 
Emas ko‘ksumda eski dog‘lar, bal suqbalardurkim,
Suvabmen to xayoling chiqmag‘ay ko‘nglum xarobidin. 
Havoyi ishqing asrarg‘a erur har yon kumush gunbad
Ki, qilmishmen imorat bahri ashkimning hubobidin. 
Bag‘irda nishi g‘am o‘lturdiyu ko‘nglumda yuz g‘amkim, 
Iting qut etmagay nogah quyuk bag‘rim kabobidin. 
Tanu jon zavraqin g‘arq etkali girdobi ofatdur
Quyunlarkim, yugurur ishq dashtining sarobidin. 
Qoshi mehrobidin yuz qiblag‘a qo‘y dersen, ey nosih,
Muvajjah deb ekinsen, vahki, ojizmen javobidin 
Xirad mulkini sabrim kishvaridek buzdung, ey soqiy,
Bu selikim ravon qilding qadahpolo sahobidin. 
Bu bazm ahlini bot yiqmoqdin o‘zga soqiyi davron
Ne qildi qasd bu nilin qadah davri shitobidin. 
Navoiy rishtayi fikri chekar ma’no sumanbo‘yin,
Xush ul tojirki, Yusuf chehra ko‘rguzgay tanobidin. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
257
462 
Subh yetkurdi sabo gulbargi xandon mujdasin,
Yo ko‘ngul topti Masih anfosidin jon mujdasin. 
Yo falak berdi yig‘i ko‘r aylagan Yoqubning
Ko‘zlari ochilmoq uchun Mohi Kan’on mujdasin. 
Ne guli xandon, ne Isodur, ne Yusuf mujdasi,
Topti bir mahjur o‘lar holatda jonon mujdasin. 
G‘uncha erdim g‘am yelidin to‘ng‘a sig‘man g‘unchadek,
To sabo yetkurdi ul sarvi xiromon mujdasin. 
Hajr aro, ey payk, agar sen noma yetkursang ne tong.
Tong yeli har kun berur xurshidi tobon mujdasin. 
Naqdi jon berdim, musulmonlar, uyatlig‘men hanuz
To eshittim paykdin ul nomusulmon mujdasin. 
Ey Navoiy, shomi hijron yig‘larim daf’ o‘ldikim,
Subh yetkurdi sabo gulbargi xandon mujdasin.
463 
Yonida bo‘lmasam nafase dardnokmen,
Ko‘rsam yonida g‘ayrni ul dam halokmen. 
Jonimg‘a yuz g‘am ignasini tikti ul
Masiho bildikim, quyosh kebi ishqida pokmen. 
Vasling tahayyuliyu men, insofdin emas
Kim, ruhi poksen senu men tiyra xokmen. 
Vahm ayla, ey sipehr, bukun ohim o‘qidin
Ki, hajr dardidin yana bevahmu bokmen. 
Juz vasl sharbati manga sud etmas, ey tabib
Kim, men firoq mehnatidin dardnokmen. 
Zotimda chun mayi azaliy choshniysi bor,
Har sori mast qo‘l solib andoqki tokmen. 
Ohim, Navoiyo, nechuk asray ko‘ngul aro,
Chun men firoq tiyg‘i bila siynachokmen. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling