Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
248
Ul quyosh hajrida ohim o‘qidin vahm etmasa,
Ko‘k temur ichra nihon nechun bo‘luptur osmon. 
Vaqtdin ol naqdi ayshingniki, mundoqkim erur
Dam-badam ko‘zdin nihon bo‘lmas anga bo‘lmoq zamon. 
Ey Navoiy, telba ko‘nglum dardini anglay desam
Oncha aytur yovakim, bir lafz andin anglaman. 
444 
Yuzu zulfungni sog‘inib kelmisham, ey mahjabin,
Kechani kecha demay, kunduzni kunduz demayin. 
Ohu afg‘on chekma deb, og‘zimg‘a, jono, muhr qo‘y,
Chunki la’ling xotamu yoquti nobingdur nigin. 
La’lining har bir hadisi shahddek shirin erur
Ore-ore doyimo gul bargidindur angabin. 
La’l uza xat ichra xolingdur nihon yo hindue,
Sabzada yoshundi shakkar qasdig‘a aylab kamin. 
Yangi oy xurshid aro bo‘lmoq ayon ma’hud emas,
Vah, nedur aylab g‘azab solmoq jabining uzra chin. 
Sham’ni parvona kuydurmakdin, ey gul, qilma ayb,
Bulbul ermasturmu kul, yo sen emassen otashin. 
Ey Navoiy, ochmag‘ay qonimdin o‘zga lolae, 
Har giyah bu yo‘ldakim, qatlimg‘a chekmish tiyg‘i kin. 
445 
Shikeb uyin buzadur benavo ko‘ngul, netayin,
Xaroblig‘ qiladur mubtalo ko‘ngul, netayin. 
Dedinki, asra ko‘ngulni o‘zungdavu sabr et, 
Chu menda turmasu borur sanga ko‘ngul, netayin. 
Ko‘ngulni qaydi junundin chiqar deding, ey aql, 
Ketursa boshingga yuz ming balo ko‘ngul, netayin 
Ko‘ngulni o‘tqa solib, ko‘zni istaram o‘ysam, 
Baloni ko‘z ketirur jong‘a, yo ko‘ngul, netayin. 
Men ul ko‘zi qora ishqin qo‘yub edim billah,
Tahammul etmadi, yuzi qora ko‘ngul, netayin. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
249
Tag‘oful etsam itarsen, o‘larsen etsam qayd, 
Sening bila, degil, ey bevafo ko‘ngul, netayin. 
Navoiyo deb eding: Zuhd tarhi bunyod et,
Shikeb uyin buzadur benavo ko‘ngul, netayin. 
446 
Ne tong, sarig‘ yuzumda ashki rangin
Ki, kiymish sabzi talx ul sabzi shirin. 
O‘zi gavhar, to‘ni daryoyi ofat,
Bo‘lub mavji balo ul to‘n uza chin. 
Sanga hamrang to‘nluq sho‘xlar bor,
Nechukkim sarv oyog‘inda rayohin. 
Erur jismingda axzar xil’at ul nav’
Ki, gulbun bargidin to‘n qilsa nasrin. 
Degaylar sarv qaddu xil’atingni
Va lekin sarv kim ko‘rmish gulogin. 
Xating shavqida ko‘nglum to‘tiyodur
Ki, yo‘q zikringdin o‘zga anga talqin. 
Navoiy, charxi axzardur siyahkor,
Tama’ sarsabz bo‘lmoq qilma andin. 
447 
Arg‘uvoniy to‘nmudurkim kiymish ul sarvi ravon.
Yo magar sarv ravon qilmish libosin arg‘uvon. 
Sarvning har bargi bag‘rim qonidin serob erur,
Yo‘qsa bo‘lmas arg‘uvoniy barglik sarvi ravon. 
Sarvdin to topti ziynat arg‘uvon yuz shavq ila,
Boshqa sanchar arg‘uvon har zod sarvi navjavon. 
Arg‘uvonu sarv istarmen chamanda, to meni
Arg‘uvoniy to‘n bila ul sarv qildi notavon. 
Ko‘rguzur qaddu libosing shavqidin qonlig‘ mija,
Ko‘zda har dam arg‘uvonu sarvdin bir korvon. 
Arg‘uvoniy to‘n bila qatl aylamas ul sarvkim,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling