Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
252
Motami hijronda sozedur Navoiy jismikim,
Nolasidin zerini toqmish o‘kurmakdin bamin. 
452 
Meni bedil sanga jon o‘ynamoq birla yaraydurmen,
Bale sen tiflni bu tuhfa birla arg‘adaydurmen. 
Labing ko‘rgach, iligim tishlaram har dam tahayyurdin,
Ajab holatki, bolni tutmay«in barmog‘ yalaydurmen. 
Dedim: ko‘nglumga har yondin xadanging nedurur yora?
Muhabbat o‘tig‘a, dedi, o‘tundurkim, qalaydurmen. 
Chu ahli dard uchun payvasta qosh yosini tortibsen,
Manga o‘q novakingni xush kushod etkim, qulaydurmen. 
Anga yetkur so‘zum, ey ohkim, ul husn mir’oti 
Chu qildi jilva, ko‘zgu aksi yanglig‘ aldaraydurmen. 
Magar eltur pariylar, ey fusungar, telba ko‘nglumni
Ki, turmaydur nechakim jismim uyinda qabaydurmen. 
Navoiy telbarab to ul pariy ko‘yiga yuzlanmish,
Eshiturmen fig‘on, lekin hadisin anglamaydurmen. 
453 
Tikmisham majruh ko‘nglum zaxmini g‘am nishidin,
Chiqmasun deb xanjaring zavqi ko‘ngulning reshidin. 
La’ldin mahrur edi ko‘nglum, chu fassod ochti qon,
Qatra qonlar yo‘qki, jonlar tomdi ul dam nishidin. 
Qoshi maylin olmasa qurbon ko‘nguldin bas manga,
Yo‘qsa ne g‘am cheksa yo qatlimg‘a har dam kishidin. 
Ko‘nglum andog‘kim, itib Majnun otadin tutti tog‘,
Dardi ishq istar qochib aqli saloh andishidin. 
Soqiyo, chun davr ishi ma’lum emas, bir may bila
Forig‘ et jonimni aqli xurdadon tashvishidin. 
Ul maekim to‘lg‘ucha paymona ozod aylagay 
Bu daniy xumxona durdu sofiyining taftishidin. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
253
Asradi munglug‘ Navoiy rishtayi jonin chekib,
Asrag‘andek shohlar sarrishtae darveshidin. 
454 
Anglaman sudek yuzungmudur ko‘rungan ko‘zgudin,
Yo yuzungdin ko‘zgu su bo‘ldi, yuzung zohir sudin. 
Ro‘-baro‘ bo‘lg‘ach yuzung g‘am shomi ollimdin ketar,
Soya tushkandek keyin xurshid bo‘lg‘ach o‘trudin. 
Yig‘lamoq chun ayladi da’vo ko‘zum birla bulut,
Barq go‘yo muni fahm aylab yiqildi kulgudin. 
Tushta ul mahvash yuziga to ko‘z ochtim har kecha,
Istamasmen turfat-ul-ayne ko‘z ochmoq uyqudin. 
Xoli ul yuz vajhi topqan vajhdin bir go‘shada
Zulfi yanglig‘ to‘lg‘anib boshim quyidur qayg‘udin. 
Kom soqiy lablaridin toptim ammo oldi jon, 
Eyki davrondin qo‘sh ichting, g‘ofil o‘lma qorudin. 
Borg‘an ermushmen o‘zumdin jilva qilg‘an chog‘da yor,
So‘rmay o‘tmish, ey Navoiy, xudnamoyim bexudin. 
455 
Yana ne qad jilva qildikim, demakdin lolmen,
Yona qaysi zulf ochildikim, parishonholmen. 
Za’fdin qaddim alif bo‘ldi, ul ikki lomi — zulf
Har yonimdin fitnagar, vah ne ajab, gar lolmen. 
Itlaringning izidin yuz gul ko‘zum bog‘idadur,
Shukr erur bu hamki, ishqing yo‘lida pomolmen. 
Jismim anduh ichra dard ostida qolmish, ne ajab
Egma qad birla agar zulfung g‘amidin dolmen. 
Itti ul ko‘nglumki, vasl uchun tilar erdi hayot,
Shukr emdi o‘lgali ishqingda forig‘bolmen. 
Ishq o‘ti bu nav’kim uryon tanimni churkadi,
Ahli dard uchun fano yuziga mushkin xolmen. 
Ey Navoiy, ne ajab yuzum uza yugursa yosh,
Chunki Majnun bo‘lg‘ali bozichayi atfolmen. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling