Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 280 VOV HARFINING VALLOHIYYaT AFZOLARINING VAQOYII «G‘AROYIB»DIN 506 Vafo ahlig‘a davrondin yetar javru jafo asru, Jafosidin aning ozurdadur ahli vafo asru. Bukim, ahli vafo noyob erurlar andin erkinkim, Bu eski toq alarg‘a yog‘durur gardi balo asru. Falak dardi iloji chiqmay andin kimsa topmaydur, Magar noyob erur ul huqqa ichra bu davo asru. Garonjonlig‘ni qo‘y, jon ber, tilar bo‘lsang duri maqsud Ki, olamda og‘irdur ushbu javharg‘a baho asru. Fido jonimni aylab, olam ahlidin tama’ qildim Vafo, astag‘firulloh, qilg‘an ermishmen xato asru. Rizo ahlin siyosat tig‘idin qo‘rqutmag‘il, ey shah Ki, qatlingdin sening qo‘rqarg‘a o‘lmaydur gado asru. Tabiat chohidin ruhungnn qutqarkim, xush ermastur Qafas qaydi aro bulbulg‘a bo‘lmoq mubtalo asru. Chu kavsar jomi zikri qilmadi raf’ o‘zlugum qaydin, Bu ranjimg‘a hamono naf’ etar jomi fano asru. Havoyi gulshani quds et, Navoiykim, xush ermastur Zag‘anlar birla bu gulshanda bo‘lmoq benavo asru. 507 Yor mustag‘niyu muhlik g‘ami hijron asru, Ohkim, qolmisham o‘z holima hayron asru. Raxnalar soldi o‘qung kasrati ko‘nglum uyiga, Ul yog‘in ayladi bu kulbani vayron asru. Ey rafiq, o‘qini zaxmimdin agar chekting, lek Yetadur jonima ko‘nglumdagi paykon asru. Shayx taklifi namoz etti, vale bilmaskim Ishq tiyg‘i yarasidin boradur qon asru. Noz etib g‘amza o‘qin gar otar, ey jon, asra Kim, otar g‘amza o‘qin noz ila jonon asru. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 281 G‘ussa jomiki bu davr ichra labolabdur, ani Vahki, bot-bot tutadur soqiyi davron asru. Ey Navoiy, dema iqboli baqo mushkil erur, Foniy o‘lg‘ang‘a erur ushbu ish oson asru. 508 Yuzungda may guli yo gul ochilg‘an bo‘stondur bu, Gulungda qatra xo‘y bo‘stondag‘i sudin nishondur bu. Ko‘zumda qatra qonlar bog‘lag‘an ermas hamonokim, Nazar bog‘ida shavqingdin ochilg‘an arg‘uvondur bu. Emas vasling tilab uchqan ko‘zum atrofida kirpik Kim, ul daryoyi qushlarg‘a qamishdin oshyondur bu. Ko‘nguldin chiqqon ohim aylar afzun xalq savdosin Ki, shaydolig‘ diyoridin yetishgan korvondur bu. Qizil ranglar ko‘zumda ko‘rgan anglar ashk saylinkim, Oqarg‘a kelgan ul yo‘llar bila har sari qondur bu. Labindin xastadur ko‘nglum dam ochma, ey Masih, o‘tkim, Ilojin yuz seningdekning beganmas notavondur bu. Quyundek dasht aro ko‘rsang meni, ko‘p qochmakim, har dam Boshingg‘a evrulur sargashtayi bexonumondur bu. Ko‘ngul mayxona romi, xotirim xush may batidinkim, Munga ruh-ul-amindur ul, anga dor-ul-amondur bu. Dema, hijron tuni har dam yetar ul oyg‘a faryodim, Ul oy faryodinga yetmas, Navoiy, ne fig‘ondur bu. 509 Hajrida ko‘nglumga bor ul la’li serob orzu, Ne ajab maxmur qilsa bodayi nob orzu. Ul pariy majnuni o‘ldum bu sababdinkim, erur Zulfining zanjiridin bo‘ynumg‘a qullob orzu. La’lidin behush bo‘lmog‘liq havasdur jonima, Kimga, vahkim, bo‘lmag‘ay mundoq shakarxob orzu?! Ittim og‘zin istabon men, yo‘q tamannolig‘ni voy Kim, adam yo‘lida gum qildi bu noyob orzu. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling