Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
282 Ko‘rdim um ul but qoshlari, kofirmen, ar islomi bor, Qa’ba ahli qilmasa bu nav’ mehrob orzu. Faqr ko‘yining qora sholi bila gulxan kulin Topqali, billahki, qilman kishu sinjob orzu. Gar Navoiy tarki ishq etti havas o‘lturmakim, Chin emastur aylamish bu ishni o‘ynab orzu, 510 Har yon ul yuzda ter oqizdingmu, Yo oqar mehr chashmasidin su? Qoldi xoling ter ostida, yoxud Damnn asrar sug‘a cho‘mub hindu. Terdin ul yuzga bo‘lmish o‘zga safo, Qatradin garchi tiyradur ko‘zgu. Gulda shabnam ajab xud ermas, lek Oyda anjum g‘arib erur asru. Senda ter, menda ashkdur yuz uza, Yig‘lasam men, sanga kelur kulgu. Uyolib ter oqizdi anjum emas, Shomi hajrida torami miynu. Der Navoiyki g‘ayr emas mavjud, Turfa so‘z «lo iloha illo hu». 511 Sayli ashkim birla tutmish jumlayi olamni su, Jumlai olam nekim, bu nilgun toramni su. Aylagandek mardumi obiy burun ko‘z mardumin, Emdi ul nav’ aylamish xayli bani Odamni su. Bahri ashkim yetkurur har dam quyoshqa bir hubob, Uylakim, yetkurdi Kayxusravg‘a jomi Jamni su. Zaxmim ichra qoldi paykoning, ne yanglig‘ butkay ul, Chunki qo‘ymas yorag‘a yopushqali marhamni su. Istangiz ko‘nglumnikim, sahroda ashkim saylidin Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 283 Qayda soldi erkin ul bemori devonamni su. Davrdin g‘amginmen, ey soqiy, qadah saylini quy, Bo‘g‘zuma to eltkay ko‘nglum uyidin g‘amni su. Ey Navoiy, uyla nazm etting bu durri obdor Kim, ajab yo‘q rashhasidin gar tutar olamni su. 512 Belingu zulfung xayolin sharh etarmen mo‘-bamo‘, Tashnadurmen la’linga to bordurur jonimda su. Orzu aylar labing ollinda jon bermakni Xizr, Xizr suyidin o‘lug umr aylagandek orzu. Sharbati la’ling qo‘yub no‘sh aylagan hayvon suyi Bo‘lg‘ay andoqkim, qo‘yub hayvon suyin ichkay og‘u. Sunbulungni qilg‘ali oshufta yo‘l topmas nasim, Baski atrofidadur shaydo ko‘ngullardin g‘ulu. Terlagan yuz qatrasidinkim, yuzum qonin yudung, Vah, ne deykim, ishq aro toptim ne yanglig‘ obro‘. Ko‘nglaking lavnidin o‘ldum, atridin toptim hayot, Qaysi gul barginda bor erkin bu yanglig‘ rangu bo‘. Ey Navoiy, yor sarvaqtingg‘a yetmak istasang, Ohu ashkingdin supur vaqting harimin, balki yu. 513 Ul oyg‘a ne g‘am, tushsa bu devonadin ayru, Bo‘lmas zarare sham’g‘a parvonadin ayru. Xolingni tilab ruhum agar uchsa emas ayb, Bu qushqa tahammul qani ul donadin ayru. Mehnat qushi ko‘nglum uyidin chiqmasa tong yo‘q, Kim ko‘rgan bor chug‘zni vayronadin ayru. Anduhu xirad qasdim etar, voyki, mehnat O‘zdin manga ayruduru begonadin ayru. Qissamni eshitkan o‘ladur, ishq aro, vahkim, Ermas ul og‘ir uyqu bu afsonadin ayru. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling