Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
284
Tufrog‘ agar bo‘lsa tanim dayrda qilma,
Ey charx, ani sog‘aru paymonadin ayru. 
Masjidda Navoiy gar emas, nukta budurkim,
Nuqson qilur o‘lmoq anga mayxonadin ayru. 
514 
Tutqali lam’ayi ruxsorig‘a jonon ko‘zgu,
Sudurur baski qoliptur anga hayron ko‘zgu. 
Charx zoli sanga mashshotadururkim, bo‘lmish
Anga gulguna shafaq, mehri daraxshon ko‘zgu. 
Ne qatiq ko‘ngli bor oyoki o‘shul mahvashning,
Ro‘baro‘yig‘a kelur har nafas oson ko‘zgu. 
Jon evi ichra xayolingni bezar bo‘lsa ko‘ngul,
Pari o‘lur tarog‘ o‘qungnungu paykon ko‘zgu. 
Ul pariy yuziga devona gar ermas, ne uchun
Bo‘ldi bozorda sargashtavu uryon ko‘zgu. 
Sof qil safhaym xotirni tilar bo‘lsang fayz,
Aks topmoq, gar erur tiyra ne imkon ko‘zgu. 
Ko‘zgudek borsa Navoiy o‘zidin ne tongkim,
Ayladi may quyoshin soqiyi davron ko‘zgu. 
515 
Sochti gerdin gul uza ul sarvi gulruxsor su,
Kuymagim daf’ig‘a qildi o‘t uza izhor su. 
Yuzda xay tug‘yonidin gar kulsa og‘zi yo‘q ajab,
G‘unchag‘a bo‘lmas ochilmoq, ichmayin gulzor su. 
Tiyg‘i bot-bot zaxm urardin zor jismim qildi za’
Zamzam o‘lsunkim, ko‘p ichsa yetkurur ozor su. 
Yor ayog‘i tufrog‘idin o‘zga ko‘rman dorue, 
Ey muolij, ko‘zlarimdinkim kelur bisyor su. 
Mehrkim, ul chehra aksidur nedur, gar bo‘lmamish
O‘tlug‘ ohim shu’lasidin gunbadi davvor su. 
G‘am o‘tidin, ey hakim, o‘lmak tilarmen, jomima
Zahr qo‘shsang qo‘sh valekin qotmag‘il zinhor su. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
285
Xasta ko‘nglum og‘zi zaxmi paxtalig‘ paykonidin,
Bor aningdekkim, momuq birla ichar bemor su. 
Shar’din ayru riyozatdin safo kasb aylagan,
Uyladurkim sof o‘lur taskin bila murdor su. 
To‘rt yondin o‘qi yo‘l qilmish Navoiy ko‘nglini,
Ishq savdosi uchun go‘yo yasaptur chorsu. 
516 
Solsa zuhdung tuniga jomi hiloli partav,
Subha anjumlarin et boda quyoshig‘a garav. 
Tiyra xilvatni netay, xilvat ani bilki solur, 
Anda soqiy yuziyu boda quyoshi partav. 
Ul pariy ishqida qochmoqdur o‘zumdin g‘arazim
Buki, g‘am dashtida Majnundek etarmen taku dav. 
Zulfi hajrida damim dudi jahonni tutti,
Meni savdoyiy o‘shul zulmat aromen shabrav. 
Dahr xusravlig‘in ulkim tiladi, charx aning
Boshig‘a qo‘ydi tugankim, der o‘lus Kayxusrav. 
Fayz ko‘z tutma riyozatda teshilmay yuraging,
Ochmayin ravzana uy ichra quyosh solmadi zav. 
Ey Navoiy, xush erur xilvat, agar bo‘lsa kishi
Dilbari birla ikov, bo‘lmasa lek anda birav. 
517 
Jonda jonparvar so‘zidurmu labi xandonimu, 
Ruhum oromi deyinmu ani jonim jonimu? 
Ko‘nglum ichra nishlarkim, sanchilibdur anglaman,
Nishtari mujgonidurmu novaki paykonimu? 
Ey ko‘ngul, olam buzarda qay biri ortug‘ ekin
Nuh to‘fonimu ashkim saylining tug‘yonimu? 
Jon olurda qaysining sa’b erkanin sharh aylayin,
Ishqining bedodimu, yo shiddati hijronimu? 
Nesi ul gulning Eram gulzoridin ortug‘ emas,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling