Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
266
Men tiyra uyda bexudu yuz nav’ guftugo‘
Har ko‘ boshinda telbaligim mojarosidin. 
Ko‘nglumda toza dog‘laring shaklin istasang,
Fahm ayla o‘tlug‘ ikki ko‘zungning horasidin. 
Quvvat tutar labing g‘amini yeb hazin ko‘ngul,
Go‘yoki qon tavallud etar bu g‘izosidin. 
Davlat libosi shahg‘aki, yo‘qtur shikoyatim,
Mug‘ dayri tegrasida gadolig‘ palosidin. 
G‘am shomidin Navoiyni netkay xalos etib,
Yorutsang uyini sham’i jamoling ziyosidin. 
481 
Do‘stlar, bir chora men devonayi shaydo uchun
Kim, o‘larmen ul pariypaykar malaksiymo uchun. 
Otashin gul tegrasida la’lgun yuz barg emas,
Balki yuz na’l o‘tqa solmish bulbuli shaydo uchun. 
Xom ko‘nglumkim, dudog‘ingni tilab afg‘on qilur,
Bor durur ul tifldekkim, yig‘lag‘ay halvo uchun. 
Ashk ichinda g‘arqamen, zulfungni tutqaymenmu deb,
Uylakim tojir tengiz ranjin chekar savdo uchun. 
Turki mastedur ko‘zung uyquda, ko‘z kunjida xol
O‘g‘rikim, qilmish kamin yonida qo‘yg‘an yo uchun. 
Gulxaniydekdurki istar gulxanu olotini,
Siflakim mehnat chekar dunyovu mofiho uchun. 
Bu Navoiy bandani, ey sarvi ozod, asrakim,
Buyla bir bulbul kerak sendek guli ra’no uchun. 
482 
Ko‘ngul olurda ajab dilrabo emishtuksen,
Ne dilraboki, baloyi xudo emishtuksen. 
Ko‘ngul berurda sanga bilmas erdim, ey badmehr
Ki, xasta ko‘ngluma mundoq balo emishtuksen. 
Tabib ojiz o‘lub oqibat dedi bildim 
Ki, ishq dardi bila mubtalo emishtuksen. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
267
Gadolig‘ ettim esa bo‘sae, achig‘lanibon
Dediki: asru uyatsiz gado emishtuksen. 
Ko‘ngulni kuydurubon jon olursen, ey yangi dog‘,
Fig‘onki, bir yo‘li ko‘ngli qaro emishtuksen. 
Cherig vuhushu senga taxt qulla, ey Majnun,
Fano mamolikida podsho emishtuksen. 
Dedim: kamina itingmen, kulub manga aytur:
Navoiy, ne balo xudnamo emishtuksen? 
483 
La’lu g‘amzang birla baskim nuktadon ustodsen,
Bir nafas borsen Masiho, bir zamon jallodsen. 
La’li shavqidinki g‘am tog‘in qozarsen, ey ko‘ngul,
Ne balo Shirin havaslik notavon Farhodsen. 
Ahli dillar chehrasi oltun, sirishki siym erur,
Toki siymi nob aro qilding nihon po‘lod sen. 
Nargisingdin bir nazar qilg‘ilki asru bir yo‘li
Qullaring holidin, ey sarvi ravon, ozodsen. 
Nayshakardek qaddinga, vah, bargni to‘n demakim,
Ishqpechon bargida bo‘lg‘an nihon shamshodsen. 
Xurram o‘lmassen sumurmay bir qadah, eykim, mudom
Charxdin ko‘nglung bo‘lub yuz laxt qon noshodsen. 
Ey Navoiy, jisminga paykonlaridin langar et, 
Yo‘qsa bu ohing yelidin nogahon barbodsen. 
484 
Yoridin hech kim meningdek zoru mahjur o‘lmasun,
Jumlayi olamda rasvoliqqa mashhur o‘lmasun. 
Men bo‘lay ovora to ishqimdin aylab guftugo‘y,
Oti aning har kishi og‘zig‘a mazkur o‘lmasun. 
Jonima bedodu zulmin, yo rab, ul miqdor qil
Kim, aning oshiqlig‘i har kimga maqdur o‘lmasun. 
Men xud o‘ldum, lek har oshiqki, bordur pokboz,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling