Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
www.ziyouz.com kutubxonasi
313
Yor
har bazm ichra, men xorij mushavvashlig‘ bila,
Vahki doxil ham bo‘la olman sabukashlig‘ bila.
Kirmayin bazmida topsam itlari xaylig‘a yo‘l,
Shod o‘lay naylay ish ochilmas mushavvashlig‘ bila.
Jonni xushlug‘ birla ul kofirg‘a berdim, negakim,
Ul xud olur, qolsa ish olmaqqa noxushlig‘ bila.
Ey fusungar, qo‘p, magar ul vasldin qilg‘ay iloj
Kim, meni devona aylaptur pariyvashlig‘ bila.
Kim falakning shashdaridin emin o‘lg‘ay buylakim,
Eltadur
jon naqdini, lekin bori g‘ashlig‘ bila.
Der esangkim soya yanglig‘ bo‘lmayin tufroqqa past,
Ul quyoshqa boqmag‘il, ey sarv, sarkashlig‘ bila.
Ey Navoiy, shayxqa
shayton gar afsor urmadi,
Bas nega doim qilur hazl ul uzun fashlig‘ bila.
572
Bahorni netayin, o‘t meniig bahorimg‘a
Ki, tushmagay nazarim sarvi gul’uzorimg‘a
Yuzi o‘tig‘aki ter shabnami qo‘yar yuz xol,
Xazondin o‘lmasun ofat bu lolazorimg‘a.
Dedingki, dayrg‘a kirsang may ixtiyor etma,
Qo‘yarmu mug‘bachayi mast o‘z ixtiyorimg‘a.
Ul oy jafo toshi yog‘durmog‘i bila o‘lsam,
Borin yig‘ib to‘kunguz, do‘stlar, mazorimg‘a.
Yopishti ko‘nglakima
yara qonidin xirqam,
Nechukki ul yopishibdur tani figorimg‘a.
May o‘ti chun guli ruxsorin otashin qildi,
Aning sharoridin o‘t tushti ro‘zgorimg‘a.
May intizorida qo‘ydum tuganlar,
ey soqiy,
Kelib qadah suyin ur dog‘i intizorimg‘a.
Qo‘yub behishtni mayxona sari bordimkim,
Iloj emas edi kavsar mayi xumorimg‘a.
Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar
www.ziyouz.com kutubxonasi
314
Navoiy aylasa bulbul kebi fig‘on ne osig‘,
Chu rahm qilmadi ul gul fig‘onu zorimg‘a.
Do'stlaringiz bilan baham: