Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
307 Ki, sayd aylagay eldin ko‘ngulni xoli bila. Ko‘ngulda qaddu uzoring xayolin ettim naqsh, Bu bog‘ni bezadim sarvu gul niholi bila. Ulusni javr ila husn ahli o‘lturur, lekin Xalok etar meni ul sarv e’tidoli bila. Emas yasang‘ali gar solmas ilgidin ko‘zgu Ki, bo‘ldi ko‘rgali darmonda o‘z jamoli bila. Xirad ko‘ngul sipahin to‘qtatay dedi, vahkim Buzuldi kirpigi xaylin ko‘rub yasoli bila. Quyosh seni ko‘rub andoq uyaldi o‘z yuzidin Ki, yerga kirdi tura olmay infioli bila. Xazon kamindadur, ey bulbul, o‘lmag‘il g‘ofil, Dameki dast berur aysh gul visoli bila. Mukaddar etsa ko‘ngul shishasini zuhd, ne g‘am, Navoiyo, kelu yug‘il qadah zuloli bila. 561 Ishq aro dushvordur bo‘lmoq kishi hamdardi shoh, Chun de olmas dardini bir yil yugursa dodxoh. Shox dodimg‘a netib yetsunki mulki ishq aro, Qadri oliy shoh ila tengdur gadoyi xoki roh. Shoh mendin ishq aro ojizroq o‘lsa tong emas Kim, balokashlik mening xo‘yimdur, aning-izzu joh. Shohliqning daxli yo‘q ishqu muhabbat ko‘yida Kim, kerak anda sarig‘ yuz, la’lgun ashk, o‘tlug‘ oh. Shohkim, matlubig‘a qulluq buyurg‘ay ishq emas Kimki, oshiqdur anga zoru zabunlug‘dur guvoh. Sarv ila xoshok agar gul oshiqidur farqi bor, Sarvg‘a to o‘t tutashqay, kul bo‘lur yuz ming giyoh. Ey Navoiy, sidq ila bo‘lg‘il gado ishq ichrakim, Taxtu tojin bersa, bu davlatni topmas podshoh. 562 Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 308 Qayu yoreki bir yori bila jomi vafo cheksa, Vafosinda aning yillar bo‘lur, dardu balo cheksa. Musallam yorlig‘ ul yorg‘akim, qo‘ymag‘ay minnat, Gar o‘z yori uchun ag‘yordin ming mojaro cheksa. Vafo ahli tong ermas ko‘zlariga to‘tiyo qilmoq, Vujudum tufrog‘in gard aylabon bodi fano cheksa. Qayonkim, ul sarig‘ to‘nluq borur men zor erishkanni Sog‘ing‘aylar qachon kahbargni bir kahrabo cheksa. Musavvirkim, qoshing chekti, ushatti xoma naqsh ahli, Kishi da’vo ne nav’ etgay birav bu nav’ yo cheksa. Yetishkay begumon ayn-ul-yaqin asrorig‘a har kim Ayog‘ing tufrog‘idin ko‘zlariga to‘tiyo cheksa. Borur ko‘yungga g‘am yeb o‘lgali ko‘nglum, ne imkon man’, Kishini bir taraf ham rizq cheksa, ham qazo cheksa. Zamona ahlidin ko‘z tutmasun mehru vafo podosh, Kishi yuz yil alarg‘a gar vafo aylab, jafo cheksa. Bu gulshan qushlarig‘a benavolig‘ kelturur lahni, Navoiy har qachon o‘z gulruxin istab navo cheksa. 563 Ne edi, ey ishq, yuz tiyg‘i balo bir zorg‘a, Hajrdin ming zahri qotil bir hazin bemorg‘a. Yorlig‘din ermas erdi qatl qilmoq yorni, Ul g‘azabni xossakim qilmoq ruju’ ag‘yorg‘a. Ko‘nglum oldi gar ko‘ngulsizlikdin o‘lsa yuz g‘amim, Uyla bedilmenki, dey olman ani dildorg‘a. Oncha paykoning tanimdin chekti haryon boshkim, Sa’bdur marham dag‘i yoqmoq tani afgorg‘a. Ko‘zlari qonim to‘karlar, ey musulmonlar, ne tong, Kechsa jonidin asir o‘lg‘an kishi kufforg‘a. Nosiho, gar pand eshitmon bilasen ma’zurmen. Men kebi devona bo‘lsang bir pariy ruxsorg‘a. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling