Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
309
Ujb ila taqvodin ortuq uzr ila qilmoq gunah,
May qanikim, o‘t solay bu pardayi pindorg‘a. 
Rahm qil, yo rabki, isyon kasratidin yo‘qturur,
Oncha fursatkim tilim evrulgay istig‘forg‘a. 
Ey Navoiy, ham zamondin, ham zamona ahlidin
Har zamon g‘am yetsa yuzlan kulbayi xammorg‘a. 
564 
Ko‘yida yig‘lar edim men zor har bemorg‘a,
Emdi yig‘larlar bari bemorlar men zorg‘a. 
Hajri bepoyon yo‘lin qat’ aylamak dushvor erur,
Za’fdin menkim yururmen qo‘l tayab devorg‘a. 
Telba ko‘nglumning qushidin qonu yuzdin za’faron,
Qilsalar daf’i jununum basdurur tumorg‘a. 
Ishq paydovu nihon o‘lturdi, lekin yo‘qturur
Zahra bu holimni ham ixfog‘a, ham izhorg‘a. 
Zulfida men foniyu tasbih ila mag‘rur shayx,
Subha torin bas, ne yanglig‘ o‘xshatay zunnorg‘a. 
Yo‘q ajab o‘lsam dag‘i kavsar suyi bo‘lg‘ay nasib
Naz’ vaqti solsam o‘zni kulbayi xammorg‘a. 
Zor o‘lub miskin Navoiy nechakim chekti fig‘on,
Qilmadi ul oy tarahhum bu fig‘onu zorg‘a. 
565 
Chun kuyar parvona ul sham’i shabiston o‘tig‘a,
Anglag‘ay kuymakni bir tun kuysa hijron o‘tig‘a. 
Har dam o‘rtarlar meni o‘tlug‘ iki kofir ko‘zung,
Necha kuygaymen ul ikki nomusulmon o‘tig‘a. 
Ko‘nglum o‘tidin ne tong gar topsa ruxsoring furug‘.
Sho‘x tarso mushaf o‘rtar shayx San’on o‘tig‘a. 
Otashin la’ling gar ashkimdin kular ermas ajab,
Kim kudurat bahrdin fahm etti marjon o‘tig‘a?! 
Gar ko‘ngulning oshkor o‘tig‘a taskin bersa ashk,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
310
Kim qila olg‘ay iloj aning bu pinhon o‘tig‘a?! 
Shu’la ul yanglig‘ki o‘rtar shoxni aylab nihon,
Satr keldi ish bu jismi zori uryon o‘tig‘a. 
G‘am tuni ermas shafaqdin shu’lakim mahrumlar,
Kuydururlar ohdin gardunni xirmon o‘tig‘a. 
La’li ko‘nglum ichradur qilma tutun, ey tiyra oh,
Rasm emas chun uyda dud etmak ayon kon o‘tig‘a. 
Ey Navoiy, davr ayog‘in solma qo‘ldin lahzae,
Gar desang taskin beray har lahza davron o‘tig‘a. 
566 
Bo‘lmag‘ay erdi falakning kiynasi davronida,
Bo‘lmasa yaldo tuni oshiqlig‘im tug‘yonida. 
Tun balosidin qatiqroq yo‘qturur oshiqqa hol,
Xossakim bemor ham bo‘lg‘ay muhabbat onida. 
Tiyra shomi hajr yo‘qkim, do‘zax o‘ti dudidur,
Ne qiyomat zormen ul hurvash hijronida. 
Biym erurkim shu’lasi jannatni dag‘i o‘rtagay,
Bo‘lsa bir ahgar o‘tumdin do‘zax otashdonida. 
Garchi ul oy ko‘yi ichra itlarining soni yo‘q,
Mendururmenkim, eman ko‘yida itlar sonida. 
Soyil andoqkim diram uzra diram qo‘yg‘ay, erur
Dog‘ uza dog‘i gadoyingning tani uryonida. 
May bila ma’shuqdin o‘zga jahonda har ne bor,
Topmasang xushroq nechakim, zor esang armonida. 
Bo‘lma bo‘stonu saro qaydida olam ichrakim,
Yo‘q vafo qilsang nazar olamsaro bo‘stonida. 
Sham’siz tun bo‘lsa, ya’ni soya dag‘i bo‘lmasa,
Gar Navoiy bo‘lsa bir dam dilsitoni yonida. 
567 
Ishq aro ishlar tushar ermish kishining boshig‘a
Kim, qo‘shar ermish bag‘ir pargolasin qon yoshig‘a 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling