Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
303 Tavqlar bo‘lmish jaliy tortarg‘a imon ahlini Halqalar zanjiri zulfung rishtasi zunnorida. Telbalik tog‘i tanimdur, bosh uza jo‘lida soch Har biri bir notavon Majnun junun ko‘hsorida. Tushsa yuz dastor boshdin, bosh egindin, vah, ne tong Kim, erur gulrang may boshida, gul dastorida. Ey Navoiy, zor jisming nola qilmas za’fdin Uylakim, sust o‘lsa, un bo‘lmas mug‘anniy torida. 553 Ko‘ngul qushidur aning zulfi tobdori bila, Chibinki, bog‘lig‘ erur ankabut tori bila. Sipand ofat emas, lolazor ofat erur, Yuzinda har sari xol otashin uzori bila. Magarki zulfida ishq ahlining ko‘ngullaridur, Ne dudkim, nafasimdin chiqar sharori bila. Niholi vasl aningdek quruptururki ani Ko‘karta olmadi ko‘z ikki jo‘ybori bila. Sipehr emin emas manjaniqi ohimdin, O‘n ikki burjlug‘ ushbu biyik hisori bila. Muvaffaq o‘lmasa tavfiq ila, emas mumkin O‘z ixtiyorini qo‘ymoq o‘z ixtiyori bila. Churuk so‘ngaklarim o‘lmish quyun aro xoshok, Boshingg‘a evurladurgan tanim g‘ubori bila. 554 Dardini jismim aro asray debon tadbir ila, Toza dog‘ ermas o‘qi zaxmin tutubmen qiyr ila. Toki sham’i anjumandur mohi shabgardim mening, Ko‘k shabistonidin oy har tun qochar shabgir ila. Zulfi ichra zor jismim holatin qilsang raqam, Ey muharrir, zarhal etqaysen qora tahrir ila. Hadding ermastur debon ishqim meni yozg‘urmakim, Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 304 Men ham anglarmen, vale ne choradur taqdir ila. Ul pariy zulfi savodin yozg‘ali bo‘lmish davot Uyla savdoyiyki, asrarlar ani zanjir ila. Kiyr ila aylang yuzumni chum qorakim, umr o‘tub, Do‘st ko‘yi azmi qildim yuz tuman taqsir ila. Ishqi shar’iyda Navoiy qatl ila topsang xalos, Bilki, o‘lmakdin qutulg‘andekdurur ta’zir ila. 555 Ilgin ul gulrang etibdur lola yafrog‘i bila, Kaflarin bargi bila, tirnog‘larin dog‘i bila. Rishtayi zulfi xayolidin havo qilg‘an ko‘ngul Bir qushedurkim, qochibdur go‘yiyo bog‘i bila. Reshlar ko‘ksumda ko‘r, Farhod bahsin qo‘ykim, ul Qazmadi mendek balo tog‘ini tirnog‘i bila. Sham’ hamdardimdurur hijron tunikim men kebi Hajr o‘tida qovrulur ul dag‘i o‘z yog‘i bila. Otashin la’ling shahidi qabridin gulgun g‘ubor Kim, qo‘por, o‘tdur, emas qon rangi tufrog‘i bila. Bemahal gulbong ila yolqitma bulbul elnikim, Dahr bog‘i gullari xushtur, vale chog‘i bila. Lola ermas, urdi o‘t gulshang‘a bir gul hajridin, O‘rtanib har dam Navoiy nola qilmog‘i bila. 556 Erur ko‘ngulda safo ishq toza dog‘i bila Nechukki, ko‘zda yorug‘lug‘ erur qarog‘i bila. Firoq shomi yangilmas o‘qung ko‘ngul yo‘lini Ki, borur ul sari paykonidin charog‘i bila. Erur sukutu fano, ishq lozimi bulbul, Ne voqif ancha fig‘onu ulug‘ dimog‘i bila. Ul o‘tki o‘rtadi parvonani, hamul o‘tdin Ko‘rungki, qovruladur sham’ dog‘i yog‘i bila. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling