Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
239 Chu ichtim ishq jomin bexud o‘ldum tarki hush aylab, Aningdek may ichib bu nav’ usruklukdin oyildim. Firoqi mushkil ermish, bilmayin men ham Navoiydek Visol ichra ul oyning furqatin oson gumon qildim. 427 Hajr ila ko‘rma ravo jonimg‘a bepoyon o‘lum, Tiyg‘ surkim, xushturur oz og‘rig‘u oson o‘lum. Jon berib istarmen o‘lmakni, o‘lum xo‘broqki, jon, Jonim o‘lmakdur chu istaydur manga jonon o‘lum. Xalq dushvor o‘lmagim hayronidurlar, turfa ko‘r Kim, erur dushvor hajrim ollida hayron o‘lum. Hajr qolmas yoshurun ohu fig‘on chek, ey ko‘ngul Kim, yashurmoq birla hargiz qolmadi pinhon o‘lum. Dardi hijron sa’bu yetmas sharbati vasl, ey tabib, Go‘yiyokim ushbu dardimg‘a erur darmon o‘lum. Foniy o‘lmay qilg‘an izhori fano, bilkim, erur Ul gadokim rizq uchun zohir qilur yolg‘on o‘lum. Ey Navoiy, jahl ila o‘lmak qatiq ishdur, vale Chun kamoli ma’rifat kasb o‘ldi, ne nuqson o‘lum. 428 Bo‘lmasun ko‘nglung qushig‘a durru gavhar vasli kom Kim, qazo ul donalarg‘a bahr mavjin qildi dom. Gar malak tasbihi dona, hur zulfi dom erur Kim, bu domu donag‘a ziyrak qush ersang, bo‘lma rom. Dahr bog‘ining havosidur samumu suyi zahr, Anda bo‘lmas bu havovu su bila qilmoq maqom. Bog‘kim, nilufariy ko‘kurd o‘tidur anglakim, Ne muattar bo‘lg‘ay andin tarbiyat topqan mashom. May o‘ti birla dimog‘ingni qizitmakim, bu o‘t El dimog‘ida pishirmaydur bajuz savdoyi xom. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 240 To o‘zungni xascha ko‘rgungdur emassen odamiy, Gar havoda sayr qil, gar su uza ko‘rguz xirom. Kul qil ul xasni fano otashgahig‘a tashlabon, To ko‘ngul mir’oti ul kuldin jilo topqay tamom. Istaram, ko‘zguda ko‘rsam yor aksin bir nafas, Soqiyo, maykim! Erur ishq ahlining ko‘zgusi jom. 429 Menki, davron zulmidur ko‘nglumga, balkim jong‘a ham, Naylay olg‘aymen angakim, zulm etar davrong‘a ham. Ko‘r g‘amim afzunlug‘in har damki, ashkim xaylining Qatrasi bahr o‘ldi, emdi aylaniptur qong‘a ham. Yopmangiz Farhod ila Majnunnikim, mehnat to‘zi Satr uchun basdur manga ham, ul iki uryong‘a ham. To topibmen ishqi o‘ti birla tiyg‘i zahrini, Iso anfosig‘a boqman, chashmai hayvong‘a ham. Goh ko‘nglum g‘unchasin istar, gahe paykonini Kim, ko‘ngul bordur munosib g‘unchag‘a, paykong‘a ham. Nilufar naqsh aylab ayvoningg‘a mag‘rur o‘lmag‘il, Yo‘q, vafo naqshi chu bu nilufariy ayvong‘a ham. Muddaiylar chun Navoiy ishqin anglab, jonig‘a Qasd qilg‘anlar emish, bore dengiz jonong‘a ham. 430 Ul quyosh vaslida o‘zni rashkdin gum aylaram, Soyadin yonimda tebrangach tavahhum aylaram. Ul pari ko‘nglumdadurkim, so‘zlashurmen demakim, Telbalikdin o‘z-o‘zum birla takallum aylaram. Shomi hajrim tongsiz o‘lmish ne ajabkim, ajzdin Shomdek yig‘lamsinib, tongdek tabassum aylaram. Qatl hukmi aylasa o‘lturtubon ushshoqni Ishq aro, chunkim men akmalmen, taqaddum aylaram. Elga rahm etman, uqubatlar bila qatl aylasang, O‘z-o‘zumga mahzi hirmondin tarahhum aylaram. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling