Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
237
Asru holiy ko‘rma darvesh o‘lturur vayronni ham. 
Ko‘nglum olib bordingu qolmish manga bir xasta jon,
Har qachon kelsang Navoiy topshurur qolg‘anni ham. 
423 
Ajoyib tiyradur hajrim tuni, ey mehri yo‘q mohim,
Magar sovurdi ishqing o‘rtaganlarning kulin ohim. 
Vujudum ul quyosh hajrida andoq murtafi’ bo‘ldi
Ki, mumkin yo‘q ani istarda bo‘lmoq soya hamrohim. 
Yuzumningg aksi kohiy qildi ko‘yungning ushoq toshin
Kamoli ishq ko‘rkim, qahrabo ijod etar kohim. 
Ko‘ngul har g‘amzasi o‘qinki, bordur, orzu qildi,
Bihamdillahki, yetkurdi nekim, bor erdi dilxohim. 
Yasay dard o‘qlaridin bir oq uy jon gulshani ichra
Ki, ko‘nglumda toriqsa, anda kirgay mohi xirgohim. 
Ko‘ngul afsonasin gohe desam, elni tutar uyqu,
Va lekin har zamon seskandurur afg‘oni nogohim. 
Qilib mayxona tufrog‘in vatan qon yutmog‘im ko‘rgil
Ki, bu bir bodayi ayshimdurur ul masnadi johim. 
Erur bir mug‘bacha ilgidin ichmak orzusidin 
Fano dayrida har dam bir eshikdin shay’ilillohim, 
Umid ulkim qadam sarvaqtima yetkurgan ogohe,
Navoiy gar talab yo‘lida bo‘lsa joni ogohim. 
424 
Tandin o‘qungni cheksalar, og‘rirdin ermas shevanim,
Andin qilurmen navhakim, ayru tushar jondin tanim. 
Gulxan kuli ichra nihon, jismim junundindur nishon,
To telbalik barqi ayon bo‘lg‘ach kuyuptur xirmanim. 
To ishq aro afsonamen, o‘t ichraki devonamen, 
Ul sham’ uchun parvonamenkim, bo‘lmish o‘rtanmak fanim. 
Ul sho‘x sekritti samand, ermas nasihat sudmand,
Har do‘st bersa emdi pand, uldur ulug‘roq dushmanim. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
238
May ichkali ul no‘shlab zohir qilur har dam tarab,
Bu nav’ ochilmoq ne ajab, andoq su ichkan gulshanim. 
Chun odamiyda yo‘q vafo, ko‘r ul pariy ishqi aro
Javlongahim dashti fano, vayronayi g‘am maskanim. 
Ram tig‘idin qochmoq havas qilma, Navoiy, har nafas,
Ul tiyg‘ning daf’ig‘a bas, yuz pora xirqa javshanim. 
425 
Quruq tanimg‘a tugan kuydururda bebokim
Fatila o‘ti yetishkach tutashti xoshokim. 
Tan ichra telba ko‘ngul iztirob etar asru,
Tikib ne nav’ o‘ngansun bu siynayi chokim. 
Hazin ko‘ngulni magar chok qilgasen, ey gul
Ki, g‘uncha yanglig‘ ochilg‘ay dame bu g‘amnokim. 
Havoyi ishqing aro o‘zga olamim bordur
Ki ashkim anjum erur, oh dudi aflokim. 
Dedim: boshimni chopib tu’ma elt itlaringga,
Dedi: bu yukdin uzulmish yaqinda fitrokim
Fig‘onki, ishq hadisi daqiq erur andoq
Ki, qosir o‘lmish ani anglamoqdin idrokim. 
Deding: Navoiy emish hushmand, bore degil,
Jahonda kim durur andoq xarobu rasvo kim? 
426 
Visol ichra ul oyning furqatin oson gumon qildim,
Chu bordi, voykim, ne nav’ dushvor erkanin bildim. 
Der erdim, hajrida shoyad o‘zumni asray olg‘aymen, 
Bu so‘z hashv erkanin bildim hamul soatki ayrildim. 
Fig‘onkim, dardu g‘am kirmakka xush-xush raxnalar bo‘ldi, 
Ko‘ngulkim to‘sh-to‘shidin dardu g‘am chiqsun debon tildim. 
Hamul dam ishq dashtida meni gum qildi bexudlug‘,
Agar hushu xirad sa’yi bila bir lahza topildim. 
Fano yo‘lig‘a tushtum yetkali Farhodu Majnung‘a,
Nechuk yo‘l bormayinkim, yaxshi hamrahlarg‘a qotildim. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling