Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
235
Umre tilab ish sirrini ketmak kerak oxir
Kim, shammae andin meni hayron bila bordim. 
Olamg‘a vido’ ettim, och ul yuzni damekim,
Zodi abad eltay chu bu borg‘an bila bordim. 
Dedimki Navoiydek o‘lay mehring ilan-o‘q,
Yuz shukrki, ul va’davu paymon bila bordim. 
419 
Vodiyi hajringda bir dam qon yutardin qonmadim, 
Ushbu o‘tlug‘ vodiy ichra tinmadim to yonmadim. 
O‘lganimdin so‘ngra keldi so‘rg‘ali dardimni yor,
Uyqu ko‘rkim, boshima yetib quyosh uyg‘onmadim. 
Orazim sarg‘ardi oltundek soching savdosidin,
Mundin o‘zga naqd ul savdo aro qozg‘anmadim. 
Ko‘yiga aylandurung na’shimki, hijron za’fida
O‘lturub hasrat meni bir ul taraf aylanmadim. 
Nol yanglig‘ garchi xatting shavqidin bo‘ldum zaif,
Lek javring tiyg‘i boshimg‘a kelib to‘lg‘anmadim. 
Saltanat ko‘rkim, nuhole mehrdin arz ettilar,
Juz fano mayxonasining kerpichin yostanmadim. 
Ishq aro iqror ko‘p chekma meni o‘lturgali, 
Ey Navony, chunki men hargiz bu ishtin tonmadim. 
420 
Oncha yig‘latti jafodin do‘stdur deb sevganim
Kim, kular ahvolima har qayda ko‘rsa dushmanim. 
Do‘stkim qilg‘ay meni bedodi dushman kulgusi,
Buyla dushmankomlig‘din yaxshiroqdur o‘lganim. 
Do‘st dushmandin manga ko‘prak chu tekurdi jafo,
Ne ajab gar emdi dushmando‘stlug‘ bo‘lg‘ay fanim. 
Ursa dushman zaxm erur marham tavaqqo‘‘ do‘stdin,
Ikkisi zaxm ursa tong yo‘q chok-chok o‘lmoq tanim. 
Ta’na birla buzma, ey dushman, ko‘ngul uyin dag‘i,
Ushbu baskim, do‘st zulmidin buzulmish maskanim. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
236
Do‘stqa jon berdimu dushmandur emdi, vah, ne tong
O‘rtasa ham do‘st, ham dushmanni ohu shevanim. 
Ey Navoiy, do‘st xud yo‘q, vah, ne holatdurki, bor
Boshim uzra dushman ikki diydayn tar domanim. 
421 
Xazon rangi yuziga bersa tong yo‘q shu’layi dardim
Kim, elga sham’i bazm o‘lmish bahori nozparvardim. 
Aning vasli muholu hajrida dardim fuzun har dam,
Birovni hamdami gar ko‘rsam, afzunroq bo‘lur dardim. 
Sabo birla bulut tufrog‘imen, ko‘yiga gardimni
Biri eltib, biri qo‘ymasa andin chiqqali gardim. 
Chu sursang tiyg‘i zahrolud ko‘nglum ochilur, nevchun
Kim, uldur sabzamu qonkim, bag‘irdin oqizur vardim. 
Agar hijron tunida umrum o‘tti, ey ko‘ngul, g‘am yo‘q,
Toparmen jon agar bir tun yo‘luqsa mohi shabgardim. 
Xazon birla bahorin dahrning naylay, chu yoshurdi
Birisin lolayi ashkim, birisin chehrayi zardim. 
Falakdek, ey Navoiy, bo‘lmasam bir oy firoqinda
Nedur bas charxdek tun-kun jahon girdida novardim 
422 
Aqlu jon qasdida ko‘rdum ul ko‘zu mujgonni ham,
Chektim ul mujgonu ko‘z ollida aqlu jonni ham. 
Novaking yetkach qiziq ko‘nglum yig‘ochin kuydirib
Qatrayi su yanglig‘ oshom ayladi paykonni ham. 
Ko‘z yoshimni qon qilib, bag‘rim su etting ey firoq,
Yo‘qki yolg‘uz suni qon qilding, su qilding qonni ham. 
Ishq dashtida quyundek xoksoringmen, gahe,
Istasang ushshoqni, yod et bu sargardonni ham. 
Go‘ydek boshim necha raxshing ayog‘i zarbidan.
Po‘ya qilg‘an, gah-gahe yetkur anga chavgonni ham. 
Ey tavongar, nechakim qasringni qilding zarnigor


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling