Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
231
Azimat etkali ul ganji husn andoqdur
Ki, chug‘z or qilur ko‘rsa emdi vayronim. 
Navoiyo, bu navolarki kecha tortarmen.
Zuhal eshituru xurshid eshitmas afg‘onim. 
411 
Ey qading sarvi ravon, ko‘yung bahori gulshanim,
Mehnatu afg‘on sening hajringda ko‘rgan-bilganim. 
Qabr toshidur bezaklik sarbasar gul bargidin,
Toza-toza dog‘ ila ko‘hi balo bo‘lg‘an tanim. 
Charx mehnat toshidin to ravzan ochti har taraf,
Men malomat bulbuli, go‘yo qafasdur maskanim. 
Mehnatu g‘am o‘qlarig‘a, vahki, yuz ming zaxmliq,
Ashki siymandud qilg‘an hay’at o‘ldi javshanim. 
Tiyg‘ekim, ko‘ksum uyin ochti, eshikdekdur anga
Ochilib yopilsa har dam choklig pirohanim. 
Do‘stlar, meni ko‘ngulsiz deb so‘rarsiz, shodmen,
Bo‘lmayinmu shodkim, daf’ o‘lmish andoq dushmanim. 
Ishq naqdi dog‘i g‘am kirmish Navoiy, ko‘ngliga, 
Vahki, bir dam ajdahodin holiy ermas maxzanim. 
412 
Mehr ko‘p ko‘rguzdum, ammo mehribone topmadim, 
Jon base qildim fido, oromi jone topmadim. 
G‘am bila jonimg‘a yettim g‘amgusore ko‘rmadim, 
Hajr ila dilxasta bo‘ldum, dilsitone topmadim. 
Ishq aro yuz ming malomat o‘qig‘a bo‘ldum nishon,
Bir kamon abruda tuzlukdin nishone topmadim. 
Ko‘nglum ichra sarv o‘qdur, g‘uncha paykon, gul tikan
Dahr bog‘i ichra mundoq gulsitone topmadim. 
Husn mulki ichra sendek shohi zolim ko‘rmadim,
Ishq ko‘yida o‘zumdek notavone topmadim. 
Ko‘p o‘qudum Vomiqu Farhodu Majnun qissasin,


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
232
O‘z ishimdin bul’ajabroq dostone topmadim. 
Ul amon ichinda bo‘lsun, ey Navoiy, garchi men
Bir zamon ishqida mehnatdin amone topmadim. 
Tab’ ganjidin maoni xurdasin, yuz qatla hayf
Kim, nisor etmakka shohi xurdadone topmadim. 
413 
Oqizdi limuyiy bo‘rkungni ko‘rgach, oncha qon ko‘nglum
Ki, za’f etti sarig‘ gul g‘unchasidek notavon ko‘nglum, 
Ko‘ngulda baski g‘unchang fikratidin xurdayi ma’no,
Yig‘ibmen g‘uncha ko‘nglidek, bo‘luptur xurdadon ko‘nglum. 
Sanavbar ko‘ngliga ko‘nglumni o‘xshatmangki, o‘rtabdur
Nihon har tuxm ummidig‘a bir dog‘i nihon ko‘nglum. 
Badan vayronida ul husn ganji hajridin gohe
Gah o‘z yolg‘uzlug‘idin chug‘zdek tortar fig‘on ko‘nglum. 
Duri ishqingni to topmish, agar chok o‘lsa sartosar
Guhar yutqan balig‘ yanglig‘ dam urmas notavon ko‘nglum. 
Aningdek topti siymin soiding yodi bila ulfat 
Ki, dastomuz qushdek onsiz ermas har zamon ko‘nglum. 
Maqomi gah balo tog‘idurur, gohe fano dashti
Ki, ishq ichra berur Farhodu Majnundin nishon ko‘nglum. 
Falak zoli g‘amu dardin chekardin o‘ldum, ey soqiy,
Keturgin raz qizin botkim, tilar bir navjuvon ko‘nglum. 
Navoiy derki, ko‘nglungni keturgil ishq ko‘yidin,
Bag‘oyat yaxshidur, gar bo‘lsa roziy ul yomon ko‘nglum 
414 
Ne ayb, agar mayi sofiy g‘amidadur ko‘nglum
Ki, changi halqayi zulfi xamidadur ko‘nglum. 
Falak haqiqati fikrida kuydi ersa ne tong
Ki, ajdahoe damonning damidadur ko‘nglum. 
Mug‘anniyo, kelu tuzgil xaroshliq unuma
Hazin taronaki, rudung bamidadur ko‘nglum. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling