Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
223 Poybo‘si davlatin zohir qilurg‘a jur’atim. Gar oyoq sunsa ko‘zumga ham ko‘ngul ne voykim, Ul zamon ko‘z rashkidin kuydurgusidur g‘ayratim. Vasl umidin qo‘y Navoiykim, xayoledur muhol, Bu muhol ummid ila har lahza berma zahmatim. 395 Chamanda munisim ne sarv erur, ne gul, ne sunbul ham, Manga sarve kerakkim, sochi sunbuldur, yuzi gul ham. Ajab yo‘q to‘lg‘anib jismim, qorarsa subhi ayshimkim, Tushub ul kokul uzra chin, yuziga tushti kokul ham. Demang ul sho‘x ila ashob bazmin qil tafarrujkim, Talaffuz aylay olman bu hikoyatni, taxayyul ham. Yuzung birla quyosh ta’rifida gar davr erur hosil, Kelur zanjiri zulfung vasfida lozim tasalsul ham. Yuzu qaddig‘a huru tubiy o‘xshar debsen, ey voiz, Yiroq ermas so‘z ayturda gahe qilsang taammul ham. Chekib ko‘hi firoqiya sabr qildim, vaslig‘a yetkach Fig‘on cheksam ajab yo‘q muncha-o‘q bo‘lg‘ay tahammul ham. Yuzung shavqida ko‘nglum ohi sham’u gulga o‘t soldi Ki, kuydi notavon parvonavu kul bo‘ldi bulbul ham. G‘animat anglasun bulbulni gul yetgachki, bo‘stondin Uchar gul yafrog‘i ham, qolmas uchmay garchi bulbul ham. Xumor o‘lturmish erdi bo‘lmasang mug‘ dayrig‘a ozim, Bu ishga, ey Navoiy, ayladi tengri seni mulham. 396 Ne tong uzorim agar sarg‘arib, qizardi yoshim Ki, yuz qoralig‘u isyon bila oqardi boshim. Quyosh kebi yuz ila tog‘dek g‘amin netayin, Meningki tog‘ boshig‘a yetibdurur quyoshim. Magarki jon talashur vaqt uchun ayon bo‘lg‘ay Muloaba yuzidin xo‘blar bila talashim. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 224 Zamon eli gar urushsunu gar yarashsunlar Ki, ne urushim alar birla boru ne yarashim. O‘qug‘an elni halok aylagay kitobasida, Ichimdagini ayon qilsa qabrim uzra toshim. Yasasalar ne ajab dayr uza mazorimni Meningki mug‘bachalardur harifi jur’akashim Navoiyo, magar idbor gardini yuzdin Yug‘ay nadomatu hasrat bila to‘kulsa yoshim. 397 Hajr toshining ko‘kumtul dog‘idin kuydi tanim, Ohkim, ko‘kurd o‘ti birla tutashti xirmanim. Tiyra kulbam ichra o‘t soldi firoqing, voykim, Yorudi kuymak o‘ti birla qorong‘u maskanim. Nildin xolu alif yuz uzra to naqsh aylading, Dog‘ kuydurmak ishim bo‘lmish, alif kesmak fanim. Ishq aro bo‘ldum g‘aniy, ko‘nglum aro paykonidin Kim, to‘luptur ul javohir birla ushbu maxzanim. Zarvaraq birla bezabdur gul yuzin, vah, turfa ko‘r Kim, bahor ichra xazon zohir qiliptur gulshanim. Emin o‘lman xonaqohu xilvat ichra ujbdin, Zohido, mayxona mulkim, kup ichidur ma’manim. Ey Navoiy, ul xat etmish ro‘zgorimni qora, Tong emas yirtuq yoqa birla qalamdek shevanim. 398 Qilg‘ali yuz til kebi ko‘nglumni chok ul qotilim, Tiyg‘i ishqi lazzatin aylar hikoyat har tilim. Har kecha g‘am tog‘i ichra jon yetib og‘zimg‘a, bor Mushfiqim bosh uzra bumu ko‘zi sham’i mahfilim. Yig‘lag‘an soyi sarig‘roqdur yuzum, toli’ ko‘rung Kim, socharmen donavu andin somondur hosilim. Halqa-halqa zulfi domi ichramen, vahkim, kelur, To‘sh-to‘shumdin nishi hajru bu zirihdur hoyilim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling