Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
220
Ul mukahhal ko‘z jafosidin agar bo‘lsam qatil,
Surma toshidin yasab qabrim qo‘yung boshida mil. 
La’li jon olg‘an dalili ulki, yo‘qtur elg‘a jon,
Buki elga jon bag‘ishlaydur, bu dag‘i bir dalil. 
Rashkdin har sari ishqing dog‘in aylarmen nihon,
Bog‘labon marham diram har yon yoshurg‘andek baxil. 
Yuzda yo‘llar shakli tutmish qon yoshimning xatlari,
Kelki, qilmish ko‘z xayoling xaylig‘a qonin sabil. 
Orazingdin xay manga tomg‘aymu deb tufrog‘ men,
Ul kishi yanglig‘ki, bo‘lg‘ay obro‘ istab zalil. 
Soqiyo, tut bir qadah maykim, eritgay toshni
Kim, g‘amu anduh g‘izosidin erur ko‘nglum saqil. 
To ani ichkach, Navoiyg‘a ochilg‘ay gulsiton, 
Gar sabuk ruhona kirsa o‘tqa andoqkim Xalil. 
390 
Qilg‘ali xil’atin ul sarvi gulandom qizil,
Qildi qon to‘kmak ila dahrni gulfom qizil. 
La’li shavqi bila gar bo‘lsa ko‘ngul qon ne ajab
Kim, qizil may bila to‘lsa ko‘runur jom qizil. 
Charx agar holima qon yig‘lamadi hajr tuni,
Nega bas bo‘ldi shafaqdin yuzi ul shom qizil. 
Qildi qonlig‘ ko‘ngul ul zulf xayolin rangin,
Raqam etkan kebi shingarf bila lom qizil. 
Gul sevarmenki, bu rang etkali xil’at ul sho‘x
Ranglar ichra berur ko‘ngluma orom qizil. 
Husn sotma shafaqing rangidin, ey zoli sipehr
Kim, ani qo‘ymag‘usi gardishi ayyom qizil. 
Komi dil garchi Navoiyg‘a mayi la’ling erur,
Bo‘lg‘usi chehrasi xunob ila nokom qizil. 
391 
Yo‘qturur olamda ahli ishqdek bechora el,
Hajr zulmi birla xonumonidin ovora el. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
221
Ishq saylobi jafosi birla hijron tiyg‘idin
Xotiri vayron jamoat, ko‘ngli yuz ming pora el. 
Chiqsang uydin telba bo‘lmoq olam ahli ne ajab
Ko‘rmamish hargiz chu sendek bir pariy ruxsora el. 
Anglakim, ovora bo‘lg‘anlardur ul oy ishqidin
Hajr sahrosida ko‘rsang tog‘u vodiy ora el. 
O‘rtab, ey hijron, meni dudumni qil ko‘yida miyg‘,
To ul oy husnig‘a aylay olmag‘ay nazzora el. 
Chun qazo tag‘yir topmas komi ozlig‘din, gila
Mahz nohamvorlig‘dur aylamak hamvora el. 
Ey Navoiy fitna yog‘dursa ul oy ishq ahlig‘a,
Osmondin harnekim kelsa ne qilg‘ay chora el? 
392 
Kecha bordi yoru andin qolmadi giryon ko‘ngul,
Ollida mash’al sog‘indim bor emish so‘zon ko‘ngul. 
Ul sifatkim, g‘unchaning tab’ida bo‘lg‘ay gul nihon,
Orazing naqshin ichinda aylamish pinhon ko‘ngul. 
Topmas erdim ko‘yida istab, agar xud zaxmidin
To‘kmasa erdi qayon azm aylagandin qon ko‘ngul. 
G‘unchayi ummid agar la’lingdin uzman, ayb emas
Kim kishiga jonidin uzmak emas oson ko‘ngul. 
Hajr aro jonlar berib chunkim qo‘shuldi yorig‘a,
Ey rafiq, ayrilmoq andin emdi ne imkon ko‘ngul. 
Bir nasihat qilg‘um, ey ishq ahli, aylang istimo’,
Solmangiz har sori ko‘z, to bo‘lmasun har yon ko‘ngul. 
Ey Navoiy, yordin tushmak yiroq imkon emas,
Ko‘yidin chun ixtiyor etmas dame hijron ko‘ngul. 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling