Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/222
Sana06.09.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1673282
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   222
Bog'liq
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
210
Labing havosig‘a borur tuzub qator ko‘ngul, 
Chamanda qon yog‘ar o‘tsang, magar sanavbar uza
Ochar jarohati og‘zini har figor ko‘ngul. 
Tutashqan o‘t durur o‘tun aro, bukim topmas
Firoqing o‘qlari birla dame qaror ko‘ngul. 
Fatilalarni yaramdin chekib tutashturdi,
Magar g‘amingda qo‘yar dog‘i intizor ko‘ngul. 
Firoq zaxmida ochmish og‘iz ketur, soqiy,
Qadahki, istamas o‘lmog‘ni hushyor ko‘ngul. 
Ne mehr isi, ne vafo rangi topqung, ey bulbul,
Bu bog‘ gullariga berma zinhor ko‘ngul. 
Navoiy etkay aning tarkin ixtiyor, vale
Qachon berur anga bu ishda ixtiyor ko‘ngul. 
370 
Men jahondin kechtimu kechmas mening jonimdin el,
Men ilig jondin yudum, chekmas ilig qonimdin el.
To‘sh-to‘shumdin baski rasvolig‘ o‘ti lov-lov yonar,
Har taraf yo‘ldin chiqarlar o‘tsalar yonimdin el. 
Baxtim uyqusig‘a go‘yokim surudedur hazin,
Ko‘yida bukim uyumas har tun afg‘onimdin el. 
Tanimaslar bir-birin yog‘qan mazallat gardidin,
So‘rg‘ali holim kirib chiqquncha vayronimdin el. 
Menda tumori junundek pech, vahkim, bexabar,
Har taraf ko‘nglumda qonlig‘ dog‘i pinhonimdin el. 
Istaram, ey Xizr, kelgaymen qilib jon birla tavf,
Ka’bayi ko‘yin xabar topquncha borg‘animdin el. 
Ey Navoiy, qilmag‘aylar ayb agar devonamen,
Ul pariy vasfin o‘qug‘an soyi devonimdin el. 
371 
Qaro ko‘zum kelu mardumlug‘ emdi fan qilg‘il,
Ko‘zum qarosida mardum kebi vatan qilg‘il. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
211
Yuzung guliga ko‘ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il. 
Takovaringg‘a bag‘ir qonidin hino bog‘la,
Itingga g‘amzada jon rishtasin rasan qilg‘il. 
Firoq tog‘ida topilsa tufrog‘im, ey charx,
Xamir etib yana ul tog‘da ko‘hkan qilg‘il. 
Yuzung visolig‘a yetsun, desang, ko‘ngullarni,
Sochingni boshtin-ayog‘ chin ila shikan qilg‘il. 
Xazon sipohig‘a, ey bog‘bon, emas moni’,
Bu bog‘ tomida gar ignadin tikan qilg‘il. 
Yuzida terni ko‘rub o‘lsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg‘il. 
Navoiy anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshog‘lig‘ o‘qin sham’i anjuman qilg‘il. 
372 
Nomasi qo‘ynumda baskim, iztirob aylar ko‘ngul,
O‘pgali chiqmoqqa go‘yokim shitob aylar ko‘ngul. 
Toza butmish erdi ko‘ksum choki, vahkim, tolpinib
Chiqqali ul raxnani har dam xarob aylar ko‘ngul. 
O‘qi zaxmi yo‘lidin solsam ichimga nomasin,
Bir fatila marham o‘rnig‘a hisob aylar ko‘ngul. 
Chirmabon jon pardasin manshur uza volo kebi
Ko‘rmasun deb g‘ayr ani, go‘yo niqob aylar ko‘ngul. 
G‘unchadek qat-qat bo‘lub qon ul musofir shavqidin
Nomasi yanglig‘ damo-dam pechu tob aylar ko‘ngul. 
Mubham ermish ruq’asi davronning, asru yovakim,
Jong‘a bu andeshadin har dam azob aylar ko‘ngul. 
Ey Navoiy, ochti ko‘ksumning tikilgan chokini,
Nomasi qo‘ynumda baskim, iztirob aylar ko‘ngul. 
373 
Yordin kelmish manga bir turfa maktub, ey ko‘ngul
Kim, erur har satri, bal har lafzi marg‘ub, ey ko‘ngul. 


Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling