Microsoft Word navoiy garoyibus sigar lotin ziyouz com doc
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher-Navoiy.Garoyibus-sigar
www.ziyouz.com kutubxonasi
203 Qadahlarkim, chekarsen, no‘shi joning. Vale vahm ayla andinkim chekib voy Damodam qon yutar bir notavoning. Ajab la’lesen, ey ashki jigargun, Ajab yo‘qkim, erur g‘am tog‘i koning. Kular, ey bog‘bon, har g‘uncha go‘yo Ki, g‘ofildur xazondin gulsitoning. Navoiy ishq vodiysig‘a kirdi, Xatarliq yo‘ldur, ey ahbob, yoning! 357 Rafiqlarni borin yoru mo‘‘tamad qilding, Aroda tek meni, mardud edimki, rad qilding. Falak jafosi, o‘lus ta’niyu firoqing o‘ti, Bas ermas erdiki, sen ham yana madad qilding. Kechib jahon ila jondin seni dedim, jono, Magarki qatlima bu jurmni sanad qilding. G‘araz chu o‘lmagim erdi, bas erdi lutfung ham, G‘azab ne erdiki, ey sho‘xi sarvqad, qilding. G‘amingni chekkali yolg‘uz ko‘ngul edi ojiz Ki, tiyg‘i furqat ila ani yuz adad qilding. Chu baxt axtari sa’d o‘lmadi ne sud, eykim, Sipehr zijini hal qilg‘ali rasad qilding. Navoiy, yor ne javr etsa, jong‘a minnat qo‘y, Azalda chunki bu da’voni to abad qilding. 358 Istab ul butni xirad belida zunnorin ko‘rung, Bir kaloba ip bila Yusuf xaridorin ko‘rung. La’lu xoli naqshi jonda, tanda qonu toza dog‘, Zohirimda botin ahvoli namudorin ko‘rung. Zor jismim chirmashur ul oyg‘a yozg‘an nomag‘a, Vasl umididin bitikka chirmag‘an torin ko‘rung. Alisher Navoiy. G‘aroyib us-sig‘ar www.ziyouz.com kutubxonasi 204 Za’flig‘ jismim egildi kasrati paykonidin, Bu yig‘ochning shoxini xam aylagan borin ko‘rung. Umr davrining baqosin bilmaganlar har taraf, Suda yomg‘ur nuqtasining davri pargorin ko‘rung. Eyki, ko‘rmaysiz bino ahli fano tufrog‘ig‘a, Soyasida men bo‘lur vayrona devorin ko‘rung. Demangiz hajr asru zaxm etmish Navoiy jismini, Jismida zaxmicha yuz jonida ozorin ko‘rung. 359 Xayoling husnig‘a ko‘nglumda ziynat bersa hijroning, Erur gulguna qon, mashshota ishqu ko‘zgu paykoning. Jafo sarlavhida qildi alif mashqi, ko‘zung yoxud Alifdek jong‘a nish urmoqqa saflar chekti mujgoni Labing xat zohir etti, Xizr umri bersalar o‘lgum, Xususankim Xizrg‘a hamdam o‘lg‘ay obi hayvoning. Tushumda vasli erdi, ey ko‘ngul, yo rab, balo ursun Sangakim, meni uyg‘atti ajab holatda afg‘oning. Dimog‘i, yo‘q mushavvash bo‘lmag‘an, go‘yoki butratmish, Jahon bog‘ida savdo sunbuli zulfi parishoning. Necha yog‘dursa g‘am toshin firoq atfoli, ey Majnun, Ne g‘am bosh uzra Laylo borgohi bo‘lsa qolqoning. Qafas qaydidadur bulbul, bukim vayrona tutmish chug‘z Vafosi yo‘q ekanni bildi go‘yo ahli dunyoning. Bu bazm ahli nifoqidin toriqmish ko‘nglum, ey soqiy Ezib behush doru tut manga yetkanda davroning. Navoiy, hajrida ne nav’ sayli ashk oqizdingkim Visoli bo‘ldi chun mumkin, o‘targa yo‘qtur imkoning. 360 Chamanda chehra furug‘i uchun qadah olding, Ne achig‘ erdiki gul xirmanig‘a o‘t solding. Ajab yo‘q ashking agar yummayin oqar, ey ko‘z Ki, yor boqmayin o‘ttiyu sen boqib qolding. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling